📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Kation bo'yicha gidrolizga uchraydigan moddalar

Kation bo'yicha gidrolizga uchraydigan moddalar

Kation bo'yicha gidrolizga uchraydigan moddalar

Har qanday metall ioni suvli eritmada gidratlangan bo'ladi. Kationda zaryad zichligi (kation zaryadining uning radiusiga bo'lgan nisbati z/r ) ortib borish tartibida Men+…OH2 da Men+…O bog‘ga nisbatan О —H bog‘ning dissotsilanishi va gidratlangan suv molekulasidan proton ajralishi osonlashadi:

Men+…OH2…OH2 ⇄ [Me—ОН](n-1)+ + H3O+

Metall ionining zaryadi kattalashib, radiusi kamayib borgan sari uning suv molekulasini qutblashi kuchaya boradi va yuqorida keltirilgan muvo­zanat o‘ng tomonga siljishi osonlashadi.

Malum bo'lgan kationlar shu nuqtayi nazardan ikki guruhga bo'linadi:

a) kation va suv molekulasi orasidagi jarayonda suv molekulasi o ‘zgarmay qoladi. Bunday hol dissotsilanish darajasi a→ 1 bo'lgan kuchli asoslar — ishqorlar uchun xos bo'lib, ishqoriy va ishqoriy-yer metallar kationlari gidroliz jarayonida qatnashmaydi.

b) kationning zaryadi ortib borishi va radiusi kichiklashib borishi bilan yuqoridagi muvozanat o‘ng tomonga siljishi kuzatiladi va eritmada H+ konsentratsiyasi ortib boradi. Bunday kationlar, odatda, kuchsiz asoslar hosil qiladi va ularning tuzlari gidrolitik jarayonda qatnashadi. Masalan, MgCI2 ning gidrolizini quyidagicha ifodalanadi:

MgCl2  + 2 H2O   Mg(OH)2  + 2 HCl 

yoki jarayonning ionli tenglamasi:

Mg+ + 2Cl +  H2O    Mg(OH)+  +  H+ + 2Cl- 

yoki uning qisqartirilgan ifodasi:

Mg+ +   H2O    Mg(OH)+  +  H+

bo‘ladi.

Tuz hosil qilgan asos qanchalik kuchsiz bo‘lsa, gidroliz shunchalik chuqurlashadi, ya’ni muvozanat o ‘ng tomonga shuncha siljigan bo‘ladi. Suvda erigan tuzlarning kationlari gidratlangan holatini hisobga olib tuzilgan tenglamaning ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi kerak:

[Mg(H2O)6]2++ 2C1- + H2O [Mg(OH)(H2O)5]+ + Cl - + H3O+ + Cl-

yoki

[Mg(H2O)6]2++ H2O [Mg(OH)(H2O)5]+ + H3O+

Ko‘rsatilgan xususiyatga ega bo'lgan kationlarning gidroksidlari kuchsiz asos bo‘lib, ular deyarli suvda yomon eriydi.
Xulosa qilib aytganda, Cu2+, Be2+, Al3+, Fe3+, Fe2+, Cr3+ lar kuchsiz asos kationlari bo‘lishi sababli ularning tuzlari eritmada kation bo‘yicha gidrolizga uchraydi va natijada gidroksotuzlar hosil qiladilar, eritma muhiti kislotali xususiyatga ega bo‘ladi.

Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlarning gidrolizi natijasida eritmada kislotali sharoit hosil bo‘ladi.

https://cheminfo.uz/anion-boyicha-gidrolizga-uchraydigan-moddalar/
🏷️ Teglar: #anion bo'yicha gidrolizga uchraydigan moddalar #gidroliz haqida #Kation bo'yicha gidrolizga uchraydigan moddalar #tuzlar gidrolizi