May 19, 2024
Eritmalar konsentratsiyasi haqida

Eritmalar konsentratsiyasi haqida

Пример HTML-страницы

Eritmalar 

Ikki yoki bir necha tarkibiy qismlardan tashkil topgan suyuq yoki qattiq gomogen sistema eritma deb ataladi.

Moddalar qaysi birining massa ulushi katta bo‘lsa, shu modda erituvchi hisoblanadi. Eritma mehanik aralashma bilan kimyoviy birikmalarning oraliq holatini egallaydi. Eritma tarkibiy qismlari orasida kimyoviy jarayon amalga oshganda hajmiy va energetik o‘zgarishlar kuzatiladi.

Eritmalar tipik va jonsiz tabiatda, fan va texnikada muhim rolni baja­radi. Hayvon va o ‘simlik organizmidagi fiziologik jarayonlar, tabiatda cho‘kindi jinslarning hosil bo‘lishi, ko‘pchilik sanoat jarayonlari eritmalardagina sodir bo’ladi.

Eritmalar konsentratsiyasi

Eritmaning ma’lum massa miqdorida yoki hajmida erigan modda massasi yoki modda miqdori eritma konsentratsiyasi deb ataladi.
Ular bir necha usullarda ifodalanishi mumkin.

  1. Erigan modda massasini eritmaning umumiy massasiga nisbati erigan moddaning massa ulushini tashkil etadi:
\[{w(x)} = {{m(x)}\over {m(x) + m(erituvchi)}}\]
Пример HTML-страницы

(bu formulada m(x)—erigan modda massasi).
Massa ulushi o’lchamsiz qiymat, uni 100%ga ko‘paytirilsa, massa ulushi foizlar bilan ifodalangan bo’ladi. Masalan, 70 g suvda 15 g Na2CO3 eritilsa, eritmaning massa ulushi:

 massa ulushini

yoki foizlarda w(Na2CO3)% =0,176*100%= 17,6% bo’ladi.

2. Erigan moddaning 1 litr eritmada erigan modda miqdori — mollar soni bilan ham ifodalanadi.

Agar 1 I eritmada 0,75 mol modda erigan bo‘Isa, bunday eritmaning konsentratsiyasi 0,75 molyar bo‘ladi va uni 0 ,75M yoki 0,75 mol\l orqali belgilanadi.

\[{C_M (x)} = {{n(x)}\over {V}}{({mol\over l})}\]


3. Eritma konsentratsiyasi 1 I eritmada erigan moddaning ekvivalentlar soni bilan ifodalansa, bunday eritmalar normal konsentratsiyali bo‘ladi.

\[{C_N} = {{m}\over {E * V}}\]

bunda CN-eritmaning normal konsentratsiyasi, m -erigan modda massasi, E -erigan moddaning ekvivalent massasi (g/mol), V -eritmaning hajmi (l hisobida).

Misol. Yarim litr eritmada 42 g ortofosfat kislota erigan bo‘lsa, eritma­ning normal konsentratsiyasini hisoblang.

Yechish. H3PO4 uch asosli kislota bo‘lishi tufayli, uning ekvivalenti molekular massasining uchdan biriga teng: EH3PO4 = 98:3=32,7 g/mol.
Unda

CN = 42/(32*0.5) = 2.57 N

Reaksiyada qatnashayotgan moddalarning normal konsentratsiyalari bir xil bo‘lib, ular hajmi teng miqdorda bo‘lsa moddalar qoldiqsiz reaksiyaga kirishadi:

\[{{V_1}\over V_2} = {N_2\over N_1}\]

Bu nisbat titrlash tenglamasi deb ataladi va kimyoda keng qo‘llanadi. Titr so‘zi eritmaning 1 millilitrida erigan modda massasiga (g) teng qiymatni anglatadi. Titr bilan normal konsentratsiya qiyidagicha bog‘lanishga ega:

\[Titr={{E•N}\over 1000}\]