📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Eruvchanlik tushunchasi haqida

Eruvchanlik tushunchasi haqida

Moddalarning suvda eruvchanligi

Moddalarning eritmalarini hosil qilishda qatnashgan miqdoriga qarab ularni to‘yinmagan, to‘yingan va o‘ta to‘yingan turlarga bo'inadi. Moddaning suvda eruvchanligi eriyotgan moddaning tabiatiga, ular kristallarini yemirib, zarrachalarini bir-biridan ajratish uchun talab etiladigan energiya ortgan sari osonlashadi, temperatura ortganda emvchanlik ham ortadi. Gaz moddalarning eruvchanligi temperaturaga teskari proporsional holda bo'ladi.

Erigan modda zarrachalari suv molekulasining teskari zaryadli qutblarini o ‘ziga tortish natijasida kimyoviy jarayon-gidratlanish sodir bo‘lib, bunda ma’lum miqdorda energiya ajralib chiqadi. Agar kristall panjara parchalanish energiyasi (Ekg) gidratlanish energiyasidan katta bo‘lsa, erish davomida eritma soviydi, teskari holatda, erish jarayoni eritma qizishi bilan amalga oshadi. Birinchi hol ammiakli selitra eriganda, ikkinchi hol esa natriy gidroksid eriganda kuzatiladi.

Eritmaning to'yinganligi

To‘yinmagan eritmalarda temperatura o ‘zgarmas bo‘lganda ayni moddaning qo‘shimcha miqdori erishi mumkin, bunda eritmatagida erimay qolgan tuz kristallari bo'lmaydi. Shunday eritmaga tegishli miqdorda yana shu modda kristallari qo‘shilib aralashtirib turilgan eritmada erimay qolgan kristallar ortib qolgan sharoit, ya’ni eritmadagi modda va kristall moddalar orasida muvozanat holat yuzaga kelib chiqadi. Bunday eritmalarni to‘yingan eritmalar deb ataladi.

Agar shu sistema temperaturasini ohista ko‘tarib borilsa, qolgan kristallar eritmaga o ‘tadi.
Eritma sovutilsa, oldingi temperaturaga yetganda idish tagiga ortiqcha erigan kristallar qaytib tushadi. Ba’zi moddalar (masalan, natriy atsetat, shakar va boshqalar) temperatura pasayganda kristall hosil qilmasdan o‘ta to‘yingan holatda bo‘lib turishlari mumkin. Bu vaziyat turg‘un emas, tashqi ta’sir natijasida ortiqcha erigan tuz idish tagiga tushishi mumkin.

Eruvchanlik koeffitsiyenti

Ayni moddaning ma’lum temperaturada 100 g erituvchida erib, to‘yingan eritma hosil qiladigan massasi uning eruvchanlik koeffitsiyenti (yoki eruvchanligi) deb ataladi.

Suvda erigan modda taqsimlanishi kabi, eritmadan qattiq holda ajratilib olinadigan modda tarkibida ham, suv yoki birikma tarkibida — konstitutsion suv holida, yoki suv molekulalari kimyoviy birikma tarkibida ma’lum stexiometrik nisbatda birikkan holda bo'lishi mumkin. Birinchi holda magniy gidrokarbonat Mg( HCO3)2 moddasi tarkibi parchalanganda magniy karbonat, uglerod(IV) oksid va suv hosil bo'ladi:

Mg(HCO3)2 → MgCO3 + CO2 + H2O

Ikkinchi holda suv molekulalari bilan modda molekulalari o‘zaro ko‘pincha butun sonlar nisbati kabi bo'ladi: CuSO4 * 5H2O , MgSO4 * 7H2O.
Bunday moddalar kristallogidratlar, suv esa kristallizatsion suv deb ataladi

Ba’zi moddalar havodagi namlikni yutadi va o‘zining girroskopik xususiyatini namoyon qiladi, suvning miqdori o ‘zgaruvchan bo'lishi mumkin: xona temperaturasi ortganda gigroskopik suv miqdori kamayishi ham mumkin.

Eruvchanlik jadvali

IonH+Li+K+Na+NH4+Mg2+Ca2+Ba2+Sr2+Al3+Cr3+Fe2+Fe3+Zn2+Ag+Pb2+Cu2+Hg+Hg2+Mn2+Sn2+Ni2+Со2+
OH РPРРНМРМНННННМНННМН
FРМРРРМНМММРММРРМРГГРРРР
ClРРРРРРРРРРМРРРНМРНРРГРР
BrРРРРРРРРРРРРРРНМРНМРГРР
IРРРРРРРРРРРРРНМНМРМРР
S2–РРРРРГГРНГГНГНННННМННМ
SO32–РРРРРННННГННННННН
SO42–РРРРРРМНМРРРРРММРМГРГРР
PO43–РМРРГНННННННННННМНННННН
CO32–РРРРРМННМННМНГНННН
SiO32–ННРРГНННГГГГГГГГГГГ
NO3РРРРРРРРРРРРРРРРРГРРРРР
AcOРРРРРРРРРГРРГРРРРМРРРРР
CrO42–РРРРРРМНМГГГГНННННННГНН
ClO4РРРРРРРРРРРРРРРРРРРРРРР

Bu yerda:

  • Р – modda suvda juda yaxshi eriydi (>1 g 100 g suvda), 
  • М – modda suvda oz eriydi (0,001–1 g 100 g suvda),
  • Н – modda amalda suvda erimaydi (<0,001 g 100 g suvda),
  •  Г – modda kuchli gidrolizga uchraydi, 
  • –  – bunday modda mavjud emas,
  • АсО –astat-ioni СН3СОО.
🏷️ Teglar: #Eruvchanlik jadvali #Eruvchanlik koeffitsiyenti #Eruvchanlik tushunchasi haqida #Moddalarning suvda eruvchanligi