Suvning xususiyatlari haqida

Suvning kimyoviy xossalari
Suvni elementlardan sintezi 2H2 + O2 ⇄ 2H2O natijasida katta issiqlik ΔН°29К= 241,84 kJ/mol (bug‘ holatida) 285,85 kJ/mol (suyuq holatda) ajralib chiqadi. Bunday miqdorda ajralib chiqqan issiqlik hisobiga temperatura 3000 °C dan oshib ketadi. Bu reaksiyani xona sharoitida =15% miqdorida amalga oshirish uchun 55 milliard yil kutish kerak bo'ladi. 300 °C da reaksiya juda sekin, 550 °C da esa portlash bilan amalga oshadi.
| SUV | |
|---|---|
![]() | |
| Umumiy tasnifi | |
| Tizimli nom | Vodorod oksidi |
| An'anaviy nomi | suv |
| Kimyoviy formulasi | H2O |
| Fizik xususiyatlar | suyuqlik |
| Molyar massa | 18,01528 g/ mol |
| Zichlik | 1 g/sm3 |
| Qattiqlik | 1,5 |
| Dinamik yopishqoqlik | 0,00101 Pa* s |
| Kinematik yopishqoqlik | 0,01012 sm²/s (20°C da) |
| Issiqlik xususiyatlari | |
| Harorat | |
| • erish | 273,1K (0°C) |
| • qaynash | 373,1K; 99,974 °C |
| • parchalanish | 2200 °C da molekulalarning 3% parchalanadi |
| uch nuqta | 273,2 K (0,01 ° C), 611,72 Pa |
| Kritik nuqta | 647,1 K (374 °C), 22,064 MPa |
| Mol. issiqlik sig'imi | 75,37 J/(mol K) |
| Issiqlik o'tkazuvchanligi | 0,56 Vt/(m K) |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kislota dissotsilanish konstantasi pKa | 15.74 |
| Dielektrik doimiygi | 80,4 (20°C) 78,5 (25°C) |
| Optik xususiyatlar | |
| Sinishi indeksi | 1.3945 , 1.33432 , 1.32612 , 1.39336 , 1.33298 va 1.32524 |
| Klassifikatsiya | |
| Reg. CAS raqami | 7732-18-5 |
| PubChem | 962 |
| Reg. EINECS raqami | 231-791-2 |
| TABASS | [ko'rsatish] |
| InChI | [ko'rsatish] |
| RTECS | ZC0110000 |
| CHEBI | 15377 |
| ChemSpider | 937 |
Temperatura ortishi bilan suv molekulalarining dissotsilanishi ham osonlashib boradi. 5000 C da suv molekulalari vodorodga va kislorodga to'la parchalanadi.
Suyuq holdagi suv oz miqdorda ionlarga dissotsilanadi:
2H2O ⇄ H3O+ + HO-
Bu moddaning elektrolitik dissotsilanish o'lchami sifatida suvning ion kо‘paytmasi qabul qilingan:
KH2O ⇄ [H3O+][HO-]
1l suvdagi har bir ionning konsentratsiyalari ko‘paytmasi 1*10-14 mol2/l2 ga teng (22 °C) va temperaturaortishi bilan 1 ,14*10-15(0 °C )dan 5,9 *10-13(100 °C) gacha, ya’ni 517,5 marta ortadi.
Suv molekulalari radioaktiv zarrachalar ta’sirida radioliz jarayoniga duchor bo'ladi va unda H2, H2O2, H-, HO- va HO- zarrachalar paydo bo'ladi.
Suv molekulasining ikkita taqsimlanmagan elektronlar juftiga ega bo'lishi uning reaksion aktiv bo'lishiga sabab bo'ladi.
Suv nodir gazlar bilan past temperaturalarda turg‘un bo'lgan gidratlarni X ⬝6H2O (X = Ar, Xe, Kr) hosil qiladi.
Aktiv holdagi atomar kislorod suvni oksidlab H2O2 ni, ftor ta ’sirida HF , O2, O3, H2O2 va F2O larni hosil qiladi. Xlor bilan reaksiyasi natijasida HC1 va HOC1 hosil bo'ladi (bunda eritilgan xlorning yarmi shu mahsulotlarga aylansa, qolgan qismi gidratlangan holda bo'ladi).
Suv bug'ni cho'g'langan ko‘mir ustidan o'tkazilganda CO va H, aralashmasi (suv gazi) hosil bo'ladi. 1200C dan yuqorida yoki 700—800 °C da Ni katalizatori ishtirokida H2O + CH4 ⇄ CO + 3H2 reaksiyaga kirishadi.
Ko‘pchilik aktiv metallar (Mg dan tashqari) bilan gidroksidlar va vodorod hosil qiladi. Magniy va nix kukunlari bilan 100 °C dagina reaksiyaga kirishadi. Temir qizil tus olguncha qizdirilgan holda suv bug'ni parchalaydi:
2Na + 2H2O = H2 + 2NaOH
2K + 2H2O = H2 + 2KOH
3Fe + 4H2O = 4H2 + Fe3O4
Nodir metallar bilan reaksiyaga kirishmaydi.
Suv ishtirokida, unda erigan kislorod, vodorod sulfid, uglerod(IV) oksid va boshqa moddalar tufayli metallarning korroziyasi (yemirilishi, zanglashi) yuzaga keladi.
Ko‘pgina tuzlar suv molekulalari ta’sirida gidrolizga uchraydi, bunda tuz ionlari bilan suv ionlari orasida almashinish jarayoni yuz beradi.Moddalar suvda eriganda ular ionlari yoki molekulalarining suv molekulalari bilan birikishi — gidratlanish jarayoni sodir bo'ladi, bunday hollarda, ko‘pincha, ko‘p miqdorda issiqlik energiyasi ajralib chiqadi: 1 mol KOH eriganda 54,4 kJ, 1 mol Na2CO3 eriganda Na2CO3 x 10H2O hosil bo'ladi va 92,05 kJ/mol energiya ajralib chiqadi.
Bunday moddalar suvdan quruq holda ajratib olinganda kristallogidratlar — suv molekulalari bilan metall ioni orasida koordinatsion birikmalar hosil bo'ladi, masalan, CuSO4 + 5 H2O CuSO4•5H2O reaksiyasida mis ioniga 4 molekula suv donor-akseptor bog‘ orqali tetraakvamis(II) ionini va tashqi sferasida SO4-2 • H2O mavjud bo'lgan [Cu(H2O)4]SO4• H2O mustahkam birikma hosil bo'ladi.
Suvda erigan moddalar kationlari radiusi kichiklashgan va zaryadi origan sari mustahkamligi yuqorilashadigan gidratlar hosil bo'ladi. Masalan, H+ + H2O ⇄ H3O+ (gidroksoniy kationi), Cu2+ + nH2O ⇄ [Cu(H2O)n]2+ va boshqalar.
Suv molekulalari ko‘pchilik reaksiyalarda faol qatnashadi, masalan, suv molekulasi metallarning xlor bilan reaksiyasida katalizatorlik vazifasini bajaradi, ba’zan esa katalitik jarayonlarning borishini susaytiradi (katalitik zahar), masalan, vodorod va azotdan ammiak sintez qilish reaksiyasida temirning katalitik aktivligi suv ishtirokida keskin pasayadi.
