📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Temir va uning birikmalarining xossalari

Temir va uning birikmalarining  xossalari

Temirning tabiatda uchrashi. Temir yer poʻstlogʻini 5.1% ni tashkil  etadi. Fe VI-VII asrdan boshlab ma’lum, oltindan 4 va kumushdan 7 marotaba qimmat hisoblangan. Temirning asosiy birikmalari: Fe2O3 – qizil temirtosh, gematit. Fe3O4 magnitli temirtosh, 2Fe2O3*3H2O - limonit, qoʻngʻir temirtosh, FeCO3 – siderit, temir shpati, FeS2 - pirit, temir kolchedani.

Fe elementining davriy sistemadagi oʻrni.

  • Kimyoviy belgisi Fe;
  • Davr 4;
  • Qator 4;
  • Guruh 8;
  • Valentligi 2, 3;
  • Metall;
  • Tartib raqami 26;
  • Atom massasi 56;
  • Kislorodli birikmasi Feo, Fe2O3, Fe3O4;
  • H2 birikmasi yoʻq;
  • Atom tuzilishi +26 )2)8)4)2;
  • P = +26;
  • E = -26;
  • N = 30;
  • Elektron konf. 1s22s23s23p63d64s2;

Fe moddasining fizik xossalari. Toza temir – kumushsimon oq  rangli, havoda tezda xiralashuvchi, yetarlicha yumshoq va bolgʻalanuvchan, kuchli magnit xossalariga ega metall boʻlib, issiqlik va elektr tokini yaxshi oʻtkazadi, suyuqlanish xarorati 1534,83C, qaynash xarorati 2770C, zichligi 7874 kg\m3 izotop soni 16 ta.

Temir moddasining kimyoviy xossalari.

3Fe+2O2Fe3O4;    Fe+S=FeS

Fe+2HClFeCl2+H2

2Fe+6H2SO4Fe2(SO4)3+3SO2+6H2O

2Fe+3Cl22FeCl3

2Fe+N22FeN4

Fe+6H2O+3O24Fe(OH)3

Fe elementining birikmalari.

+2 oksidlanish darajasiga mansub birikmalar: FeO, Fe(OH)2, FeCl2 Aralash birikmalar  (+2 va +3) Fe3O4, FeO, Fe2O3. +3 oksidlanish darajasiga mansub birikmalar: Fe2O3, Fe(ON)3, FeCl3. Fe elementining birikmalarini aniqlash uchun ularga xos sifat reaksiyalarni bajariladi.

1-tajriba:   3FeSO4 + 2K3(Fe(CN) 6)   Fe3(Fe(CN)6)2 + 3K2SO4

2-tajriba:   4FeCl3 + 3K4(Fe(CN)6)3) Fe4(Fe(CN)6)3 + 12KCl

3-tajriba:   FeCl3  + 3NH4SCN   Fe(SCN)3 + 3NH4Cl  

1-tajribada turbunkul koʻk choʻkmasi hosil boʻladi.

2-tajribada berlin lazuri choʻkmasi hosil boʻladi.

3-tajribada toʻq tusli choʻkma hosil boʻladi.

temirning kimyoviy xossalari
Fe(II) va Fe(III) ionlaridagi reaksiyalar

FeCl3+3NaOHFe(OH)3+3NaCl;

Fe(OH)3Fe2O3+3H2O;


4Fe(OH)2+2H2O+O24Fe(OH)3;

Ishlatilishi. Temir boshqa elementlar orasida inson uchun eng katta ahamiyatga ega metaldir. Zamonaviy texnikaning barcha sohalari temir va uning qotishmalari bilan chambarchas bogʻliq. Amaliyotda toza temirdan kamroq, lekin uning qotishmalari hisoblangan - poʻlat va choʻyandan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ularning ahamiyati shu darajada kattaki, ular alohida – qora metallar deb, boshqa metallardan ajralgan. Bu toʻgʻrisida ma’lumotni keyinroq beramiz.

Biologik ahamiyati. Temir moddasi ion holida juda koʻplab oʻsimliklar, hayvonlar organizmida uchraydi va fermentlar tizimiga kiradi. U qonda kislorod va karbonat angidridni tashiydigan eritratsitlarning asosini tashkil etadi, oziq moddalarni organizmning barcha qismiga yetkazib beradi, qonni gemoglabin bilan taminlaydi, kamqonlikda dori-darmon sifatida ishlatiladi. Oʻsimliklarda fotosintez jarayonini ta’minlab beradi. Temir moddasi muskul toʻqimalarida 0,0185, ilikda 0,03-3,85, qonda 447mg/l miqdorda boʻladi.

Olinishi. Birikmalaridan elektroliz qilish yoʻli bilan olinadi. FeCl2 Fe + Cl2

🏷️ Teglar: #temir birikmalari #temir elementi haqida #temir haqida #temirga boy ovqatlar #temirning xossalari