📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Suvning fizik xossalari haqida

Suvning fizik xossalari haqida

Suvning fizik xossalari

Suv molekulasida ko'pgina suyuqliklarga xos bo'lgan xossalardan chetlashish («anomaliya») hodisasi kuzatiladi. VI gruppadagi element­larning vodorodli birikmalarida qaynash temperaturasi molekular massa kamayib borishi (H2T e-»H2Se-»H2S-»H2O ) qatorida H2S gacha ortib boradi, lekin H2O da bu xususiyat kutilganga qaraganda ancha katta bo'ladi. Suvdagi bunday bug'lanish anomaliyasining sababi suv molekulasidagi vodorod bog'ning mustahkamligidan kelib chiqadi.

Suv­ning temperaturasi 0 °C dan ortib borishida suyuqlik zichligining ortib borishi undagi anomaliyaning yana bir turiga olib keladi. Suvning zichligi + 4 ° C da maksimal qiymat (p = 1,0 0 g/sm3) ga ega bo'ladi, undan pastda va yuqorida zichlik qiymati kam bo'lishi suvning zichlik anomaliyasi deb ataladi.

Bu anomaliya asosida muz eriganda undagi bo'shliqlar suv molekulala­ri bilan to'lishi va bir vaqtning o'zida molekulalar oraliq masofasi kam a­yib molekulalar harakati kuchayib borishi (ikkita qarama-qarshi vaziyat) tufayli ikkinchi vaziyat +4 °C dan keyin zichlik kamayishiga olib keladi.
Muz strukturasi o'zgarishi ko'p energiyani talab etadi, va shu sababli uning suyuqlanish issiqligi yuqori, bu esa muzning issiqlik sig'imi yuqori bo'lishiga olib keladi.

Suvning bu anomaliyalari katta ahamiyatga ega, muzning zichligi kichik bo'lishi tufayli suv havzalarining yuza qatlamigina muzlaydi, ostki qismlarida esa hayot davom etadi. Muzning erish issiqligi bilan issiqlik sig'imining katta bo'lishi qor va muzning sekin erishiga olib keladi.

Suv juda ko'p moddalarni eritish xususiyatiga ega. Ba'zi gazlar suv molekulalari bilan kimyoviy birikmalar hosil (masalan, CO2, NH3, SO2,) qiladi. Molekulalarida bog'lanish qutbli yoki ionli bo'lishi sababli tuzlar, kislotalar va asoslarning eruvchanligi ham yaxshi bo'lib, ular elektr tokini yaxshi o'tkazadi, ya’ni ionlarga yaxshi dissotsilanadi, organik moddalarning faqat ba’zilari — spirtlar, aminlar, quyi karbon kislotalar va qand moddalar yaxshi eriydi, chunki ular molekulalarida qutbli gruppalar mavjud.

Suvning agregat holati

Suv uchta asosiy agregat holatida bo'lishi mumkin: qattiq, suyuq, gazsimon.

Oddiy atmosfera bosimida (760 mmHg , 101325 Pa ) suv 0 °C da qotib muz holatiga va 100 ° C da qaynab suv bug'iga aylanadi( 0 ° C va 100 ° C qiymatlari haroratga mos ravishda tanlangan).

XususiyatlariQattiqSuyuqlikGaz
 Zarrachalar orasidagi tortishish Kuchli (shakli va hajmi bor)O'rtacha (hajmi bor, u joylashgan idish shaklini oladi) Zaif (o'z shakli va hajmiga ega emas) 
Zarrachalarning harakatchanligi Deyarli yo'q  O'rtaYuqori 
 Zarrachalar orasidagi masofaKichik Kichik Katta 
 Ichki tuzilishning tartibliligi Yuqori (kristalli tuzilishga ega) PastYo'q

Suvning solishtirma issiqlik sig'imi quydagicha:

Harorat, ° CSuvning solishtirma issiqlik sig'imi, kJ/(kg*K)
-60 (muz)1.64
-20 (muz)2.01
-10 (muz)2.22
0 (muz)2.11
0 (toza suv)4.218
104.192
204.182
404.178
604.184
804.196
1004.216
🏷️ Teglar: #kimyoni o'rganish #Suvning agregat holati #Suvning fizik xossalari haqida