Moddalarning agregat holatlari

Moddalarning agregat holatlari
Har qanday modda tashqi sharoitga qarab uchta agregat holatda bo‘lishi (gaz, suyuq va qattiq) mumkin. Qattiq holdagi moddalar bir necha bir-biriga chegaradosh bo'lgan turlarga — amorf (shishasimon, yuqori elastik, polimer tabiatli) va qattiq kristall holatlarda bo'lishi mumkin.
Tashqi sharoit ta ’sirida bir moddaning o ‘zi ham bir necha xil kristall holatlarga — polimorf (allotropik) shakllarga ega bo‘lishi mumkin (olmos va grafitni eslang).
Moddalarning turli xil agregat holatlarda bo‘lishi ular zarrachalari orasidagi ta’sirlashuv darajasi turlicha bo'lishi natijasida yuzaga kelib chiqadi.
Past temperaturalarda zarrachalar ma’lum darajadagi muntazamlik bilan joylashgan bo‘lib, ular orasidagi tortishuv kuchlari tebranma harakat energiyasidan yuqori bo'lishi sababli qattiq holatda bo'ladi.
Amorf tuzilishga ega bo'lgan moddalar zarrachalari tartibsiz joylashgan agregatlardan tashkil topgan bo'lib, ular aniq suyuqlanish temperaturasiga ega bo'lmaydi, qizdirilganda asta-sekin yumshaydi, oldingi shaklini yo'qotadi va nihoyat, qizdirish davomida suyuq holga o'tishi mumkin.
Sunday tuzilishga ega bo'lgan qattiq moddalarni tashkil etuvchi zarrachalar doimiy tuzilishga ega bo'lmaydi, ular zarba ta ’sirida shakllari turlicha ko'rinishga ega bo'lgan bo'lakchalarga maydalanadi (shisha, smola, kesak va g'isht bo'lakchalari).
Kristall holat
Kristall holatdagi moddalar zarrachalari bir-biriga nisbatan muntazam takrorlanadigan zarrachalar (molekula, atom, ion) dan tashkil topadi, ma’lum fazoviy tuzilishga ega bo'ladi. Sunday moddalar mexanik ta’sir natijasida muntazam va turli ko'rinishga ega bo'lgan mayda kristallar hosil qiladi.

Temperatura yuqorilashganda tebranma harakat energiyasi zarrachalar orasidagi tortishuv energiyasidan ortib ketishi sababli zarrachalar tebranma va aylanma harakatdan tashqari, suyuq agregat holatga o'tishiga olib keladigan ilgarilama harakatda ham qatnashadigan bo'ladi.

Yuqori temperaturalarda gaz holatdagi moddalar zarrachalari orasidagi masofa keskin kattalashadi, modda zarrachalari bir-biridan ajralgan holatda erkin harakatda qatnashadi.
Juda yuqori temperatura (105— 107 gradus)larda gaz holdagi modda zarrachalarining ayrim atomlari, ionlar, elektronlar, hatto elektronlami yo'qotgan yadrolardan tashkil topgan plazma holati yuzaga keladi.