📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Suv va uning xossalari haqida

Suv va uning xossalari haqida

Suvning formulasi

Vodorodning oksidi — suv, kislorod va vodorodning eng mustahkam birikmasidir. Uning tarkibida 88,91% kislorod va 11,11% vodorod bor. Ki­myoviy atamalar orasida uning lotincha nomi akva (aqua) va ko'proq yunoncha nomi gidro ham ishlatiladi.

Suvning formulasi: H2O

Toza holdagi suv shaffof, hidsiz, mazasiz va rangsiz (faqat 2 m va undan qalin qavati kuchsiz zangori rangga ega bo'ladi) suyuqlik. Uning tarkibiga kirishi mumkin bo'lgan vodorodning turg'un bo'lgan ikkita izotopi (protiy — 1Н, deyteriy 2D) va uchta kislorod izotopi ( 16O , 17O va 18O) ishtirokida hosil qilgan birikmalari soni 9 ta — H216O , H217O, H218O, HD16O , HD17O , HD17O, D216O , D217O va D218O lar tabiiy suvda sanab o'tilgan tartibda kamayib boradi.

Suv tabiatda eng keng tarqalgan birikma bo'lib, gidrosferaning deyarli hammasini bog'langan holda, turli minerallar va tog' jinslari (tuproq, gips va boshqalar) tarkibida, o'simlik va hayvonlar massasining 50—99% ni tashkil etadi, tuproqda, atmosfera qatlamida mavjuddir.

Suv o'zining barcha birikmalari orasida turli jarayonlardagi ishtiroki, tirik va jonsiz tabiat hodisalarida va odamzod hayotida tutgan o'rnining muhimligi jihatidan alohida ahamiyatga ega.

Suvning xususiyatlari

Suv molekulasidagi uchta yadro teng tomonli uchburchak shakliga ega bo'lgan geometriyani tashkil etadi, uning asosida ikkita vodorod atomi, cho‘qqisida kislorod atomi joylashgan. Bug‘ holatda valent burchagi 104,5°, О—H bog‘ uzunligi 0,096 nm, H—H oralig'i 0,15 nm (1-rasm)

Suv molekulasida bog‘lovchi va taqsimlanmagan elektron juftlarning fazoviy holatlari.
Suv molekulasida bog‘lovchi va taqsimlanmagan elektron juftlarning fazoviy holatlari.

Molekula tuzilishida 8 ta elektron 4 ta juftni hosil qilib qatnashgan, ulardan ikkitasi kislorod atomida taqsimlanmagan elektronlar jufti holatida, yana to‘rtta elektron esa yadrolami bog'lovchi ikki juftni hosil qiladi. Oxirgi juftlar joylashgan tekislik oldingi juftlar joylashgan tekislikka perpendikulaг holatda bo'ladi. Keyingi juft kislorod atomining nisbiy elektrmanfiyligi (x=3,5) vodo­rod atominiki (x= 2,1) dan katta bo'lishi tufayli bog‘dagi elektron buluti zichligi vodoroddan kislorod atomi tomon siljigan, shu sababli kimyoviy bog‘ qutbli, uning dipol momenti 0,62*10-27 Kl m ga teng bo'lishi natijasida suv eng qutbli suyuqlik hisoblanadi.

Muz kristall pajarasining tuzilishi

Taqsimlanmagan elektron juftlar yo‘nalishida manfiy qutb, vodorod atomlari tomonida musbat qutb zaryadlari joylashgan nuqtalar geometri­yasini tetraedr cho‘qqilariga o‘xshatadi. Suyuq va qattiq (muz) holatdagi suv molekulasi atrofida vodorod bog‘ orqali bog'langan 4 ta suv moleku­lasi eng yaqin qo‘shnilari sifatida koordinatsiyalangan bo'ladi.

Muz kristall pajarasining tuzilishi
Muz kristall pajarasining tuzilishi.

Shu sababli, muz holatida H—О bog‘ uzunligi bug' holatidagiga qaraganda biroz (0,1 nm li H—H masofasi 0,17 nm gacha, HOH burchagi — 109,5° gacha) kattalashadi. Shunday tetraedr tuzilishga ega bo'lgan strukturada suv mo­lekulasi suyuq suvnikiga nisbatan tarqoqroq joylashgan bo'adi, unda molekulalar oralig‘idagi masofa 0,276 nm, molekulaning radiusi esa 0,138 nm ga teng.

Bunday vaziyat muz erib suyuq holga o ‘tganda ham saqlanib qoladi, lekin molekulalararo masofa 0,290 nm gacha kattalashadi. Lekin, temperatura ortib borishi bilan molekula atrofida koordinatsiyalangan mo­lekulalar soni biroz ortadi, buning natijasida tarqoqlik kamayadi, muz strukturasiga xos bo‘lgan bo‘shliqlar kamayadi, suyuq holga o ‘tgan suvning zichligi +4 °C da muznikidan katta bo'ladi.

🏷️ Teglar: #kimyoni o'rganish #Suv va uning xossalari haqida #Suvning formulasi #Suvning xususiyatlari