📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Bog' uzunligi haqida malumot

Bog' uzunligi haqida malumot

Bog'lanish uzunligi

Bog'lanish uzunligi — ikki yadro oralig'i 1 nanometrlar (nm = 1* 10~9m) bilan o'lchanadi. Ko‘pchilik hollarda bu masofa uzunlashgani sari bog'ning uzilishi osonlashadi. Bog‘ uzunligi molekulani tashkil etuvchi atomlarning radiuslari bilan bog'iq, ular orasida ma’lum darajada proporsionallik ku­zatiladi. Masalan, bu vaziyatni galoidvodorodlar uchun quyidagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkin:

Molekulalar HF HCl HBr HJ

l, nm 0,092 < 0,128 < 0,142 <0,162

Bu qatorda bog'lanish hosil qilishda qatnashadigan atomlar — galo­genlar joylashgan davr raqami (valent pog‘onalar soni) ortib borishi tartibida ular hosil qilgan bog‘ uzunligi ham ortib boradi. Agar shu qatorda vodorod atomlari o ‘rniga boshqa elementlar olinsa ham bu qonuniyat saqlanib qoladi:

Bog'lanishlar C - F C -C l C -B r C -J

l, nm 0,138 < 0,177 < 0,194 < 0,214

Ikki atomli molekulalarda yadrolarni bog'lovchi elektron juftlar soni ortib borganda yadrolar oralig'idagi fazoda elektron bulutining zichligi ham ortib boradi.

Valentliklari o ‘zgarmas bo'lgan elementlar, masalan С —С bog'larning turli xil uglevodorodlarda yadrolar orasidagi masofa (nm) o ‘zgarishini quyidagilardan ko‘rish mumkin:

UglevodorodlarYadrolar orasidagi masofa (nm)
alkanlarda0,154—0,158
aromatik birikmalard 0,139—0,142
alkenlarda 0,134
alkinlarda0,120

Kimyoviy bog' uzunligi misollar

Bir davrda (elektron pog‘onalar soni bir xil) joylashgan atomlardan hosil bo'gan ikki atomli molekulalar ( :N = N:, :O = O: va :F — F:) da yadrolar oralig'idagi elektron juftlar soni kamaya boradi va taqsimlanmagan elektron juftlar soni esa orta boradi. Keltirilgan molekulalarda oraliqmasofaning uzunligi (tegishli tartibda) quyidagicha b'oladi: 0,10975< 0,1207 < 0,1418 nm. Bog' uzunligining o ‘zgarishi 1 : 2 : 3 tartibda bo'lmaydi, chunki molekulalarning tarkibidagi atomlar yadro zaryadlari ortib borishi natijasida atom radiusi qisman kamayishi bilan bog'langan.

Bir davr elementlarining hosil qilgan bog'lovchi elektron juftlar soni (bog'lanish tartibi) bir xil bo'lgan hollardan keltiramiz (l, nm):

L i-H B e -H B - H C - H N - H O - H H - F

0,1595> 0,1297> 0,1215> 0,1120> 0,1038> 0,096 > 0,0917

Bundan ko'rinadiki, davr bo'ylab elementlaming biri uchun atom radiusi qisqarib borishi tufayli bog' uzunligi ham qisqarib boradi.

🏷️ Teglar: #Bog&#039; uzunligi haqida malumot #Bog&#039;lanish uzunligi #kimyoni o&#039;rganish #kimyoviy bog&#039;lanish