Davriy sistemaning tuzilishi haqida

Davriy sistemaning tuzilishi
D. I. Mendeleyev xossalari o‘xshash elementlarni gruppalarga, xossalari tipik metalldan to tipik metallmas elementgacha o‘zgaradigan elementlar qatorini davrlarga birlashtirdi.
Hozir davriy sistemaning bir necha yuzlab shakllari bo‘lib, ular orasida faqat bizga tanish bo‘lgan turli-tuman jadval ko‘rinishidan tashqari geometrik shakllar va egriliklar bilan ifodalangan sistemalar ham mavjud.
Biz keng qo‘llab keladigan jadvalda 7 ta davr bo‘lib, har bir davr (1- davr faqat ikkita — H va He elementdan tashkil topgan) ishqoriy metalldan boshlanib nodir gaz bilan tugallanadi. 2- va 3-davrlarda (kichik davrlar) 8 tadan element joylashgan, 4-, 5- va 6-davrlar katta davrlar deb ataladi, 4- va 5-davrlarda 18 tadan element, 6-davrda 32 ta element joylashgan. Oxirgi 7-davr tugallanmagan davr bo‘lib, unda hozir 19 ta element mavjud, bu davrning tugallanishi uchun yana 13 ta element yetishmaydi.
Davriy sistema 8 ta gruppaga bolinib, ularning har biri ikkita — bosh (A) va qo'shimcha (B) yoki yonaki gruppachadan iborat. Har bir gruppachada kimyoviy jihatdan o'xshash elementlar joylashgan. Ko‘pchilik bosh va yonaki gruppacha elementlari orasida kimyoviy o ‘xshashlik mavjud, chunonchi, ularning maksimal oksidlanish darajalari gruppaning tartib raqamiga teng. Shu sababli ular orasida o'xshashlik kuzatiladi.
Kimyoviy elementlarning davriy sistema jadvali

Vodorod elementining kimyoviy xossalari o ‘ziga xos bo‘lganligi (metallar bilan hosil qilgan birikmalarda galogenlarga o‘xshash bo‘lsa, metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalarda ishqoriy metallarga o ‘xshaydi) uchun u qat’iy bir gruppaga joylashtirilmaydi.
VIII gruppaning yonaki gruppasidagi 9 ta elementning jadvalda joylashish strukturasi boshqa gruppalaming qo‘shimcha gruppalari strukturasidan farq qiladi. Bu elementlar 2 ta: temir (temir, kobalt va nikel) hamda platina (ruteniy, rodiy, palladiy, osmiy, iridiy va platina) oilalariga bo‘linadi.
Mavzuga doir maqolalar
Kimyoviy elementlar davriy jadvalining yaratilish tarixi
D. I. Mendeleyevning davriy qonuni va elementlar davriy jadvali
Elementlar davriy sistemasining fizik ma’nosi asosida va elementlarning tartib raqami ortib borishi tartibida, ulaming elektron konfiguratsiyalarining tuzilishidagi davriylik yotadi.
Har qaysi A gruppacha (I va II) (VIII gruppada bitta geliy elementi) elementlar s-oila elementlaridan, qolgan III—VIII gruppalarda esa p-oila elementlaridan tashkil topgan. Bu elementlarda davr tartib raqamiga teng bo‘lgan bosh kvant son (n) uchun orbital kvant son l= 0 va 1 ga teng bo‘Igan pog‘onachalari elektronlar bilan to‘lib boradi.
Yonaki gruppa elementlari atomlarida bosh kvant son n, davr tartib raqamidan bittaga kichik bo‘lgan pog‘onalarning orbital kvant soni l=2 va 3 bo‘lgan (n-1)d- va (n-2)f- pog‘onachalari elektronlar bilan to ‘lib boradi. Shu sababli 1 - 3 - davrlarda yonaki gruppa elementlari yo‘q.
Davriy sistema va uning xossalari
Davriy sistemadagi s-elementlar (H va He dan tashqari) metall (IA gruppachada ishqoriy metallar, IIA gruppachada ishqoriy-yer metallar) xossasiga ega bo‘lsa, p -elementlar (III—VIII gruppalaming bosh gruppacha elementlari)ning ko‘pchiligi metallmas (ular orasida Al, Ga, In, Ge, Sn, Pb, Se, Bi va Ro lar metalldir). Davrlar bo‘yicha s- va p-elementlarda tashqi pog‘onada elektronlar soni ortib borishi tufayli bir elementdan ikkinchi elementga o‘tgan sayin kimyoviy xossalarda o ‘zgarish sezilarli bo‘ladi.
d-elementlar katta davr a ’zolari, ular har bir gruppaning yonaki gruppachasini tashkil etadi, ularda (n-1) bo'lgan pog‘onaning d-pog‘onachalari to‘lib boradi. Bu elementlarda tashqi valent pog‘onasi ko‘pincha ns1 bo'ladi, shu sababli ularning hammasi metallardir. Elektronlar soni faqat ichki pog‘onada o‘zgarganligi sababli ulaming xossalari keskin o‘zgarmaydi.
Jadvaldagi hamma f-elementlarda yadro zaryadi ortib borishi bilan tashqi energetik pog‘onadan 2 taga kichik bo'lgan ichki pog‘onalarning f- pog‘onachalari elektronlar bilan to'lib boradi (lantanoid va aktinoidlar), lekin tashqi valent pog‘onasining konfigurtasiyasi ns2 bo'ladi, ular birbiriga o ‘xshash, ko‘pchilik elementlarning oksidlanish darajasi +3 bo'ladi (lantanoidlar lantanga o‘xshash, lantan esa III gruppa elementidir).
Aktinoidlarning lantanoidlardan farqi ancha katta (ayniqsa Np, Pu, Am larning oksidlanish darajasi 7 gacha yetadi, Z>96 boMgan elementlarda oksidlanish darajasi ko‘pincha 3 ga teng). Aktinoidlar kimyosi ham to‘la o ‘rganilmagan.
Yuqorida qayd qilingan davriylik hozircha chuqur o ‘rganilgan emas, chunki davriy sistemadagi elementlar maksimal soni bizga ma’lum emas, bu muammoning hal etilishi Z qiymati katta bo'lgan elementlarning yadro reaksiyalari asosida sun’iy usulda olish bilan bog'liq, lekin ularning yashash davrlari juda ham qisqa bo'lishi ularni o ‘rganishni keskin qiyinlashtiradi.