Metallmaslar haqida malumot

Dаvriy sistemada bordan astatga diagonal oʻtkazilganida yuqorida turgan elementlardan: bor, uglerod, kremniy, azot, fosfor, mishyak, kislorod, oltingugurt, selen, tellur, ftor, xlor, brom, yod, astat, geliy, neon, argon, kripton, ksenon, radon kabi elementlar metallmaslar hisoblanib, barchasi p elementlar oilasiga kiradi. Bu elementlar oksidlovchi xususiyatni namoyon qiladi. Elektronlarni biriktirib olish xususiyat davrlar boʻylab tartib raqami ortishi bilan ortib boradi, guruhlar boʻyicha, tartib raqami ortishi bilan kamayib boradi. Elektronlarni biriktirib olish xususiyati quyidagi qator boʻylab oʻzgaradi, kamayib boradi.
F→O→Cl→N→S→C→P→H→Si

Fizik xossalari. Nоrmal sharoitda ba’zi metallmaslar gaz (vodorod, azot, kislorod, ftor, xlor), suyuq (brom), qattiq (oltingugurt, uglerod, yod, fosfor va b) holatda boʻladilar. Metallmaslar issiqlikni va elektr tokini yomon oʻtkazadi.
Kimyoviy xossalari. Тipik metallmaslar metallar bilan ion bogʻli birikmalar hosil qiladi. (NaCl, CaO, FeS) Меtallmaslar oʻzaro ta’sirlashganda kovalent bogʻli birikmalar hosil boʻladi. (H2O-qutbli, NH3-qutubsiz) Kislorod bilan kislotali oksidlar, vodorod bilan uchuvchi vodorodli birikmalar hosil qiladi.
Inert elementlar. VIII guruh bosh guruhcha elementlari geliy, neon, argon, kripton, ksenon, radon, metallmaslarga kirib, umumiy inert gazlar (asl gazlar) nomi bilan yuritiladi. Inert elementlar tashqi energetik pogʻonalarda 8 tadan elektron boʻlib (geliyda 2ta) juda barqaror. Shuning uchun inert elementlarning kimyoviy jihatdan faolligi kam. Ular oʻzaro birikmaydi, vodorod va metallar bilan ta’sirlashmaydi. Faqat 1962-yilda kseon tetroftorid XеF3 оlishga muvaffaq boʻlingan. Hozirgi vaqtda kripton, ksenon va radonning ftor hamda kislorod bilan bir necha birikmalari olingan. Inert elementlar molekulalari faqat bitta atomdan iborat.
