Neon haqida malumot

Neon ( Ne , lot. neon ) - davriy jadvalning ikkinchi davri – (eski jadval boʻyicha sakkizinchi guruhning asosiy elementi hisoblanadi) 18 guruh, o'rninchi tartib raqamda joylashgan.
Koinotda vodorod , geliy , kislorod va ugleroddan keyin eng keng tarqalgan beshinchi element . U oddiy modda sifatida inert, bir atomli, rangsiz va hidsiz gaz. 1898-yilda (Xenon va Kripton bilan birga) suyuq havodan vodorod, kislorod, argon va karbonat angidridni chiqarib tashlash orqali aniqlangan.
| Neon |
|---|
| ← Geliy | Alyuminiy → |
| Oddiy moddaning ko’rinishi Inert gaz holda rang , ta'mi va hidga ega emas |
| Atom xossalari |
| Nomi, belgi, raqami ——————-→ Neon (Ne), 10 |
| Atom massasi ——————-→ 20,1797 m.a.b. (g/mol); |
| Elektron konfiguratsiyasi ——————-→[Ne] 3s 2 3p6 |
| Atom radiusi ——————-→? (38) pm |
| Kimyoviy xossalari |
| Kovalent radius ——————-→ 58 pm |
| Ion radiusi ——————-→ 112 pm |
| Elektrmanfiyligi ——————-→ 4.4 (poling shkalasi bo‘yicha) |
| Oksidlanish darajasi ——————-→ 0 |
| Ionlanish energiyasi ——————-→ 2079,4 kJ/mol; (21.55 eV) |
| Oddiy moddaning termodinamik xususiyatlari |
| Termodinamik faza ——————-→ Gaz |
| Zichlik ( n.sh. da ) ——————-→ 0,90035 кг/м³ |
| Erish harorati ——————-→ 24,55 К; −248,6 °C |
| Qaynatish harorati ——————-→ 27,1 К; −246,05 °C |
| Solishtirma erish issiqligi ——————-→ 1.74 kJ/mol; |
| Molyar issiqlikgi ——————-→ 20.79 kJ/(K∙mol) |
| Molyar hajmi ——————-→ 16.8 mol/sm3 |
| Oddiy moddaning kristall panjarasi |
| Panjara tuzilishi ——————-→ kubik yuzga yo'naltirilgan |
| Panjara parametrlari ——————-→ 4.430 Å |
| Debay harorati ——————-→ 63,00 K |
| Boshqa xususiyatlar |
| Issiqlik o’tkazuvchanligi ——————-→(300 K) (0,0493) Vt / (m K) |
| CAS raqami ——————-→ 7440-01-9 |
Ishlatilish
Suyuq neon kriogen qurilmalarida sovutgich sifatida ishlatiladi. Neon ilgari sanoatda inert muhit sifatida ishlatilgan, ammo arzonroq argon bilan almashtirildi. Neon gazi lampalarini, radiotexnik uskunalardagi signal chiroqlarini, fotoelementlatni, rektifikatorlarni to'ldirishda ishlatiladi. Neon va geliy aralashmasi gaz lazerlarida (geliy-neon lazer) ish muhiti sifatida ishlatiladi.
Neon va azot aralashmasi bilan turbalarni to'ldiriladi, ular orqali elektr tokini o'tgazganda qizil-to'q sariq rangli yorug'lik beradi, shuning uchun ular reklama uchun keng qo'llaniladi. An'anaga ko'ra, boshqa rangdagi naychalari ko'pincha «neon» deb nomlanadi, ammo aslida ular boshqa gazlarning aralashmasi yoki lyuminestsent qoplamadan foydalanilgan bo'ladi.
Qizil rangdan tashqari barcha ranglarni argonda elektr zaryadini o'tkazib va ozroq miqdordagi simob bug'ini qo'shib olishi mumkin.
Neon lampalar dengiz chiroqlari va aerodromlarda signal berish uchun ishlatiladi, chunki ularning qizil rangi tuman va tuman bilan juda zaif tarqaladi.
Tarqalganligi
Borliqda neon bir tekis taqsimlangan deb bo‘lmaydi. Lekin, shunga qaramay, Koinotdagi umumiy materiya ulushida neon elementi hissasi 0,013% atrofida bo‘lib, bu – kimyoviy element orasida keng tarqalganlik bo‘yicha beshinchi ko‘rsatkichdir. Neon asosan yulduzlarda ko‘p to‘plangan bo‘ladi. Shuningdek, Koinotdagi gaz tumanliklarida, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun singari, gaz giganti bilan yirik sayyoralarning tashqi atmosfera qatlamlarida mavjud bo‘ladi. Yirik yulduzlarning atmosferasida neon vodorod va geliydan keyingi eng ko‘p uchraydigan uchinchi element bo‘ladi.
Yer qobig‘ida ikkinchi davr elementlari ichida eng kam uchraydigani aynan neondir. Yer sharoitida neon asosan atmosferada to‘plangan bo‘ladi. Yer atmosferasi hajmiga nisbatan neon ulushi 1,82∙10−3% ni, umumiy miqdori esa, 7,8∙1014 m3 ni tashkil qiladi. 1 m3 havo tarkibida 18,2 sm3 neon mavjud bo‘ladi. Yer qobig‘ida neonning o‘rtacha miqdori massaga nisbatan 7∙10−9 % deb baholangan. Sayyoramizdagi umumiy neon miqdori esa taxminan 6,6∙1010 tonna atrofida deb olinadi. Qobiqdagi asosiy neon miqdori vulqon cho‘kmalaridan aniqlangan.
Kimyoviy xossalari
Barcha nodir gazlar singari, neon ham tashqi elektron qavati to‘liq egallanganligi bilan ajralib turadi. Shu sababli ham, bu guruh gazlari kimyoviy jihatdan inertdir. Shu sababli ham, neonning birorta valent birikmasi hali olinmagan. Va hattoki neonning suv bilan (Ne∙6H2O) ko‘rinishidagi Klatrat birikmalarini gidroxinon yoki boshqa moddalar bilan olish va ushlab turish juda mushkuldir. Lekin, optik spektroskopiya va mass-spektrometriya vositasida, neonning Ne+, (NaAr)+ va (HeNe)+ ko‘rinishidagi ionlari mavjudligi aniqlangan.
Olinishi
Sanoatda neonni geliy bilan birgalikda, havo ajratish uskunalari orqali, suyuqlantirish va sovitish jarayonlari natijasida olinadi. Neon-geliy aralashmasini adsorbsiya va o‘ta past haroratli kondensatsiya natijasida ajratib olinadi. Neon suyuq azot bilan sovutilgan boyitilgan ko‘mirga adsorbsiyalanadi. Shuningdek, neonni suyuq havodan ikki marta rektifikatsiyalash usuli bilan ham olinadi. Bunda, gaz holatidagi neon va geliy, yuqori bosimli kolonnaning tepa qismida yig‘iladi. Bu joydan 0,55 MPa bosim ostida deflagmator orqali gazgolderlarga haydab, yig‘ib olinadi. Bunday usulda neon olish so‘nggi o‘n yil ichida neon ishlab chiqarishning eng asosiy texnologiyasiga aylangan. Neon ishlab chiqaruvchi asosiy yirik korxonalar Ukrainaning Mariupol va Odessa shaharlarida joylashgan.
Fizik xossalari
Neon – rangsiz va hidsiz, ta’msiz gaz. Inert gazlar turkumidan bo‘lganligi sababli, nisbatan yuqori elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Neondan tok o‘tganda, yorqin nur chiqaradi. Odatda, neon elektr toki ta’sirida qizil tangda nur tarqatadi.
Izotoplari
Neonning uch xil barqaror izotoplari mavjud. Ular orasida 20Ne izotoplarning 90,48 % miqdorini tashkil qiladi. Qolgan ikki izotop - 21Ne – atiga 0,27% miqdorda bo‘lsa, yana 9,25 izotop tarkibini 22Ne tashkil qiladi. Shuningdek, neonning 16 xil beqaror izotoplari ham aniqlangan. Tabiatda, asosan 20Ne uchraydi (chunki, u umumiy neon miqdoridan 90% ekanini yuqorida aytdik). 21Ne va 22Ne izotoplari asosan alfa-faol minerallar tarkibida uchraydi. Chunki, bu izotoplar asosan, yadro reaksiyalari mahsuli sifatida paydo bo‘ladi.
Biologik ahamiyati
Inert gazlarning organizmga narkologik ta’sir qilishi xususiyati mavjud. Lekin, me’yoriy bosim sharoitlarida neon odam organizmiga hech qanday narkologik ta’sir ko‘rsatmaydi. Shu sababli ham, o‘ta chuqur suv ostiga sho‘ng‘ish ishlarini bajaruvchi g‘avvoslar o‘zlari bilan olib yuradigan havo ballonlarida neon-geliy aralashmasini ham olib yuradilar. Bunda, neonning toza geliydan ko‘ra issiqlik o‘tkazish xususiyati pastroqligi qo‘l keladi va organizm keskin sovib ketmaydi. Yengil neon-geliyli havodan nafas yuborish orqali, nafas olish bilan bog‘liq patologiyaga uchragan bemorlarga yengilroq nafas olish imkoni beriladi. Havo muhitida neon miqdori ko‘payib ketsa, odamda, bosh aylanishi, qayt qilish, ko‘ngil aynishi va hatto hushdan ketishgacha olib kelishi mumkin.
Kashf etilish tarixi va nomining kelib chiqishi
Neonni 1898-yilda ingliz kimyogarlari Uilyam Ramzay va Moris Travers kashf qilishgan. Ular havo tarkibidan kislorod, azot va boshqa nisbatan og‘irroq elementlar chiqarib yuborilgandan keyingi qolgan moddalarni o‘rganish yo‘li bilan neonni ajratib olishgan. Element nomi yunon tilida «yangi» degan ma’noni bildiradigan so‘zdan olingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu nomni, Uilyam Ramzayning 13 yoshli o‘smir o‘g‘li taklif qilgan emish.