Inert gazlar haqida
Inert gazlar tabiiy ravishda uchraydigan gazlardir. Atrofimiz inert gazlar bilan o'ralgan. Biz nafas olayotgan havoning tarkibita uchraydi. Bular sun'iy yoki qazilma gazlar emas.
Umumiy ta'riflari
Inert muhit : bu atmosferadagi muhitning kislorod nisbati hajmi bo'yicha 8% dan past bo'lgan holat.
Inert gaz : bu chiqindi gaz yoki uning aralashmalari kabi gazdan tashkil topgan va yonishini qo'llab-quvvatlamaydigan darajada kislorod o'z ichiga olgan gazga shunday deyiladi.
Inert gaz inshooti : Qurilmaning umumiy nomi, etkazib berish, sovutish, tozalash, bosim va nazorat birliklaridan iborat.
Inert gaz tizimi : bu inert gaz inshooti va inert gazni taqsimlashdan iborat bo'lib, bu inert gazni dvigatel xonasiga qaytishini oldini oladi.
Inerting : Bu idish ichida inert muhitga ega bo'lish uchun inert gazni idishga joylashdir.
Gazsiz: Bu zaharli, tez yonuvchi va inert gazni toza havo bilan almashtirish jarayoni, bu erda kislorod nisbati hajmi bo'yicha 21% ni tashkil qiladi.
Inert gazlar nima
Inert gazlar (lot. iners — faoliyatsiz), asl gazlar, nodir gazlar — Mendeleyev davriy sistemasining O guruhiga mansub kimyoviy elementlar: geliy Ne (at. raqami 2), neon Ne (10), argon Ag (18), kripton Kg (36), ksenon Xe (54) va radon Rn (86). Bulardan fakat radon radiofaol element, barqaror izotopi yoʻq. Inert gazlar atomlarining tashki elektron kavati (geliyda 2 ta, qolgan Inert gazlar da 8 ta elektron bor) mustahkamligidan ular kimyoviy jihatdan nihoyatda sust ( Inert gazlar nomi shundan olingan). 1868 yilda fransuz J. Jansen va ingliz N. Lokyer kuyosh spektridan birinchi inert gaz — geliyni topishgan. 1892—1908 yilda boshqa Inert gazlar kashf qilindi.
Inert gazlarning fizik va kimyoviy xosslari
Inert gazlarning molekulalari bir atomli. Barcha Inert gazlar rangsiz va xidsiz boʻladi. Inert gazlar havoda (1 m3 havoda 9,4 l), suvda, baʼzi mineral va tof jinslarida bor. Geliy yer osti gazlari va mineral manbalar gazlari tarkibida uchraydi. Radon uran va radiyning radioaktiv preparatlaridan, boshqa Inert gazlar esa havodan ajratib olinadi. Tashki elektron qavati toʻla (8 ta elektron) boʻlgani uchun I. g . ni qattiq yoki suyuk holatda olish juda qiyin. Uzoq vaqtgacha Inert gazlarning birikmalarini olish mumkin boʻlmagan. 1962 yilda kanadalik olim N. Barlett Xe bilan PtF3 birikmasini sintez qshtib, Inert gazlar kimyoviy reaksiyalarga mutlaqo kirishmaydi, degan fikrlarga chek qoʻydi. Hoz. vaqtda inert gazlarning juda koʻp kimyoviy birikmalari olingan. Birikmalardagi inert gazlarning oksidlanish darajalari +1, +2, +4, +6 va +8 ga teng . Inert gazlar ftor, ftorli birikmalar bilan birika oladi. Ularning oksidlari (XeO3, XeO4), oksigalogenidlari olingan. Geliydan tash-kari barcha I. g . suv va fenol bilan birikmalar hosil kila oladi. Radio va elektronika sanoatida, shuningdek, lyuminessent va axborot lampalarini, havo sharlarini toʻldirishda ishlatiladi
Hozirda ksenon, kripton va radonning 150 dan ortiq kimyoviy birikmalari, ya'ni ftorid, xlorid, oksid, kislota, tuz va hatto nitridlari ham ma'lum. Bunday birikmalarning kg‘pligi shunga olib keldiki, endilikda zamonaviy davriy jadvallardan nolinchi guruh qisqartirildi. Barcha inert gazlar VIII guruhning bosh guruhchasiga joylashtirildi. Lekin hanuzgacha bu boradagi qarorga barcha kimyogarlar ham hayrihoh emaslar. Chunki masalan argonning kimyoviy birikmalarini olish muammo bo‘lib turgan bo‘lsa, geliy va neonning birikmalarini olish esa juda-juda qiyin.
"Inert" degan tushuncha o‘zining oldingi ma'nosini yo‘qotdi. Ko‘pincha geliy va unga o‘xshashlar kimyo fanida nodir gazlar deyiladi. Chunki, yuqorida hikoya qilganimizdek, ular avvallari oltin kabi kimyoviy reaksiyalarga kirishmaydi deb hisoblanar edi. Bir vaqtlar bu gazlar uchun U.Ramzayning o‘zi yana bir boshqa nom - "siyrak" degan atamani ham taklif etgan edi. U o‘z asarlarida "ksenonning havodagi miqdori oltindan ham kam" deb yozgan edi. Bu uning ilmiy haqiqatga to‘g‘ri yondoshganligini ko‘rsatadi. Inert gazlar darhaqiqat, yerda eng kam tarqalgan elementlar sirasiga kiradi. Yer atmosferasi argonga ancha boy. Argonnig atmosferadagi miqdori barcha boshqa inert gazlarning umumiy miqdoridan ham ko‘p. Shu sababli ham argon birinchi bo‘lib kashf etilgan edi.
Inert gazlar ilm-fanda, amaliyotda keng qo‘llaniladi. Masalan suyuq geliyning xossalarini o‘rganish fizikada ajoyib kashfiyotlar qilinishiga olib keldi. o‘ta oquvchanlik, o‘ta o‘tkazuvchanlik kabilar shular jumlasidandir. Gaz holatidagi geliy ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun zarurdir. Xonalarni yoritish, reklama chiroqlari va boshqa lampalarning ichi inert gazlar bilan to‘ldiriladi. Kuchli oksidlanuvchi moddalarni ishlab chiqarishda ham inert gazlar keng qo‘llaniladi. Ularning kimyoviy birikmalari faqat nazariyotchilar uchun emas, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Ular kuchli oksidlovchi bo‘lganligi uchun avvallari g‘ayritabiiy hisoblangan ba'zi kimyoviy reaksiyalarni olib borishga, masalan besh valenti oltin birikmalarini olishga imkon berdi.
