Izotoplar. Izobarlar. Izotonlar haqida

Izotoplar nima
XX asming boshlarida kimyo va fizika fanlari ning rivojlanishi natijasida ayni bir elementning yadro zaryadlari bir xil, lekin atomlarining massalari har xil ekanligi aniqlandi. Atomlar yadro zaryadlarining bir xil bo'lishi ular yagona element atomlari ekanligini ko'rsatadi. Masalan, tabiatda argon elementining quyidagi uchta shakli — 1836Ar, 1838Ar va 1840Ar uchraydi, qo‘rg‘oshin elementi 82204Pb, 82206Pb, va 82208Pb atomlar ko'rinishida bo'ladi.
Yadro zaryadlari bir xil, lekin atom massalari turlicha bo‘lgan kimyoviy elementlar turkumi izotoplar deb ataladi.
Elementlaming izotoplari turli miqdorda bo'lishi mumkin, masalan, simob va qalay yettitadan, ksenon — to'qqizta, vodorod va kislorod uchtadan izotopga ega. Yagona izotopdan iborat bo'lgan elementlar juda kam, masalan, ftor shunday elementlar jumlasidandir. Juft tartib raqamli elementlarning izotoplari toq tartib raqamli elementlarnikidan ko'proq bo'lishi aniqlangan. Izotoplarning atom massalari yetarli darajada aniqlik bilan o'lchanganda ularning massalari deyarli butun son bo'ladi. D. I. Mendeleyev jadvalida keltirilgan elementlaming atom massalari ularning tabiiy izotoplarining bir xil miqdorda bo'lmasligi natijasidir, bunday butun bo'lmagan atom massalar aralash izotoplar massalarining o'rtacha qiymatidir.
Mavzuga doir maqolalar
Masalan, tabiiy xlor tarkibida massa sonlari 35 va 37 bo'lgan izotoplardan tegishlicha 75 va 25% dan aralashgan bo'ladi. Elementning o'rtacha atom massasi 35,46 ga teng bo'lishini hisoblash oson. Ayni element izotoplarining kimyoviy xossalari bir xil bo'lganligi sababli, ularni bir-biridan farq qilish qiyin.
Izobarlar nima
Tabiiy elementlar orasida massa sonlari o ‘zaro teng, lekin yadro zaryadlari har xil bo ‘Igan elementlar — izobarlar deb ataladi.
Bunday zarrachalarga misol tariqasida nisbiy atom massalari 40 ga teng bo'lgan kaliy va argonni, nisbiy atom massalari 54 teng bo'lgan xrom va temimi, nisbiy atom massalari 123 ga teng bolgan surma va tellurlarni keltirish mumkin. Izotoplar bilan izobarlardagi yadro zarrachalar tarkibi har xil bo'lgan yana bir guruh zarrachalar — izotonlar ham ma’lum.
Izotonlar nima
Atomlar yadrosida neytronlar soni bir xil bo'lgan zarrachalarni izotonlar deb ataladi.
Yuqorida aytilgan ayni element izotoplari kimyoviy jihatdan bir-biridan farq qilmaydi degan tushuncha vodorod izotoplari uchun amal qilmaydi, chunki vodorod elementining izotopi protiy (massa soni 1 ga teng) bilan og‘ir izotop — deyteriy (massa soni 2 ga teng) bir-biridan farq qiladi. Reaksiya tezligi unda qatnashuvchi zarrachalar harakat tezligi bilan bog‘liq bo'lishi sababli «og'ir suv» (D2O ) oddiy suvga nisbatan kimyoviy reaksiyalarda sustroq qatnashadi. Biologik jarayonlar bunday suv ishtirok etganda sustlashadi, fermentlar faoliyati keskin pasayadi. Massa soni 3 ga teng bo‘lgan vodorod elementining izotopi — tritiy (T2O — o‘ta og‘ir suv) kislorodli birikmasining bunday xossalari yanada katta farq qiladi.