Xrom va uning xossalari

Xrom haqida malumot
D.I.Mendeleyev davriy sistemasining qoʻshimcha gruppachalari metallari jumlasiga barcha d elementlar kiradi. 6-gruppaning qoʻshimcha gruppachasiga xrom, molibden va volfram kiradi va xrom gruppachasini tashkil etadi. Volfram bilan molibden siyrak metallar qatoriga kiradi. Xrom bilan molibdenning sirtqi qavatida 1 ta, sirtdan ikkinchi qavatida 13 ta,volframning sirtqi qavatida 2 ta sirtidan ikkinchi qavatida 12 ta elektron bor. Sirtqi qavatlarida elektronlari kam boʻlgani uchun, ular elektron berib, reaksiyaga kirishadi. Bu elementlarning valentligi 2 dan 6 gacha boʻladi. Xrom guruhchasidagi elementlar 6 valentli birikmalarida kislota xarakterdagi birikmalarni hosil qiladi. Bu elementlarning past valentliklarida metall xossalari namoyon boʻladi. Bu elementlarning kislotalik xossalari xromdan volframga tomon zaiflashadi. Xrom gruppachasidagi elementlar +5, +4, _3, +2 oksidlanish darajasini ham namoyon qiladi. Xrom gruppachasidagi elementlar vodorod bilan birikmalar hosil qilmaydi. Gruppachada tartib nomeri ortib borishi bilan metallarning suyuqlanish temperaturasi koʻtariladi. Ular qiyin suyuqlanuvchi birikmalardir. Volfram eng qiyin suyuqlanadigan metalldir. Xrom gruppachasidagi metallar odatdagi sharoitda havo va suv ta’siriga nihoyatda chidamli. Qizdirilganida kislorod, galogenlar, azot, fosfor, uglerod, kremniy bilan oʻzaro tasirlashadi. Ularning boshqa metallar bilan hosil qilgan qotishmalari hozirgi zamon texnikasida ancha qimmatli materialdir.

Tabiatda uchrashi. Xrom turli xil minerallarda birikmalar holida uchraydi. Eng koʻp tarqalgan mineral xromit yoki xromli temirtosh FeCr2O4. PbCrO4 - krokoit minerali tariqasida ham uchraydi. Xromga boy konlar Ural da, Kavkazda, Qozogʻistonda topilgan. Yer poʻstlogʻining 0,03% ni tashkil etadi. U quyoshda, yulduzlarda, metioritlar va oyning tarkibida topilgan.
Davriy sistemadagi oʻrni.
- Kimyoviy belgisi Cr
- 4 davr
- 4-qator
- 6-gruppacha
- Tartib raqami 24
- Atom ogʻirligi 52,01
- Valentligi: 2, 4, 6
- Kislorodli birikmasi: CrO, Cr2O3, CrO3
- Vodorodli birikmasi yoʻq
- Atom tuzilishi +24)2)8)8)6
- p=24, e=24, n=28
Olinishi. Xrom birikmalaridan koʻmir, aluminiy bilan qaytarish orqali va eritmalarini elektroliz qilish orqali olinadi.
FeO*Cr2O3 + 4C→ Fe + 2Cr + 4CO;
Cr2O3 + 2Al →Al2O3 + 2Cr + 131kkal
Fizik xossalari. Xrom och kul rangli, yaltiroq, metallar ichida eng qattigʻi, zichligi 7,2g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 18900C, qaynash xarorati 26800C, havo va nam ta’siriga chidamli, sababi oksid parda bilan qoplangan boʻladi, 5ta izotopi bor.
Kimyoviy xossalari. Xrom reaksiyaga kirishishi uchun avval oksid pardasini yemirish lozim, buning uchun uni qaynoq xlorid va sulfat kislotalarda eritiladi, shundagina u reaksiyaga kirishishi mumkin.
Cr + 2HCl → CrCl2 + H2; 2Cr + 3H2O → Cr2O3 + H2;
Cr + 2HF = CrF2 + H2; 2Cr + 3S = Cr2S3;
2Cr + N2 → 2CrN; Cr + Si → CrSi;
Xromning oksid va gidrooksidlari-birikmalari
Xrom 3ta oksid hosil qiladi: CrO, Cr2O3, CrO3.
CrO - asosli oksid, Cr2O3 amfoter oksid, CrO3 kislotali oksid hisoblanadi.
CrO - xrom (II) oksidi qora rangli kukun, mayda tuyilgan kukuni havoda alangalanish xususiyatiga ega. Havoda 1000C qizdirilganida xrom (III) oksidiga aylanadi. CrO+2HCl→CrCl2+H2O; 4CrO+O2→2Cr2O3
Sr(OH)2 - xrom (II) gidrooksidi. Asos xossasiga ega boʻlgan kuchli qaytaruvchi. Qattiq qizdirilganida Cr2O3 ga aylanadi. U barcha birikmalarda beqaror boʻlganligi sababli, tezda xrom (III) birikmalarini hosil qiladi.
CrCl2+NaOH→Cr(OH)2+2NaCl; 4Cr(OH)2+O2+2H2O→4Cr(OH)3 Xrom (II) gidrooksidiga xlorid kislota ta’sir ettirilsa koʻk-och havo rangli sulfat kislota ta’sir ettirilsa, toʻq havo rangli birikma hosil boʻladi.
Cr2O3 - xrom (III) oksidi uch valentli xrom oksidi barqaror, qiyin suyuqlanadigan yashil rangli kukun, qattiqligi jihatidan korundga yaqin, shuning uchun u jilvirlovchi vositalar qatoriga kiradi. Laboratoriyada ammoniy dixromatni qizdirish orqali olinadi. (NH4)2Cr2O7→Cr2O3+N2+4H2O. Cr2O3 - amfoter xususiyatli, ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi.
Cr2O3+2NaOH→2NaCrO2+H2O. U yashil boʻyoqlar tayyorlashda ishlatiladi. Shisha va chinni buyumlarni yashil rangga boʻyashda ishlatiladi.
Cr(OH)3 - xrom (III) gidrooksidi - amfoter xossali, kulrang-yashil tusli iviqsimon choʻkma, suvda oz eriydi. Ishqor, kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi.
Cr(OH)3+NaCl→NaCrO2+2H2O; Cr(OH)3+3NaOH→Na3CrO3+3H2O.
Suvdagi eritmalarida xrom kationi binafsha rangni xosil qiladi.
Cr(OH)3→Cr2O3+3H2O;
CrO3 - xrom (VI) oksidi. U toʻq qizil rangli kristall modda, suvda yaxshi eriydi, unda kuchli oksidlovchi xususiyati bor. Kuchli oksidlovchi: yod, oltingugurtni, fosforni, koʻmirni oksidlaydi.
S+CrO3→3SO2+Cr2O3 2500 C qizdirilganida parchalanadi. CrO3→Cr2O3+3O2
CrO3 - kislota xossasiga ega, suvda oson eriydi. CrO3+H2O → H2Cr2O7
Xromatlar va bixromatlar kuchli oksidlovchilardir. Ular toʻqimachilik sanoatida, teri oshlashda, kimyo laboratoriyalarida ishlatiladi. Ularning kompleks birikmalari kuchli zahar hisoblanadi.