Atom yadrosining tarkibi haqida

Proton va neytronning massasi
Hozirgi zamon tushunchalariga binoan musbat zaryadli yadro neytronlar (n) va musbat zaryadli protonlar (p) dan tashkil topgan. Neytronning massasi uglerod birligida (massa soni 12 bo‘lgan uglerod izotopi massasining 1/12 qismi) deyarli 1 ga (aniqrogi 1,00867 m.a.b, proton massasi 1,00728 m.a.b.ga) teng.
Nuklonlar nima
Yadro zarrachalar umumiy nom bilan nuklonlar deb ataladi. Yadro zarrachalar o ‘zaro maxsus yadro kuchlari vositasida boglangan. Bu kuchlar juda qisqa masofa (~10-¹³ sm) dagina namoyon bo'ladi. Yadro kuchlari bir-biriga yaqin joylashgan ikkita neytron, ikkita proton yoki proton va neytron orasida sodir bo'ladi. Yadro kuchlarining manbayi nuklonlarning
π-mezon deb atalgan zarracha bilan almashinishi natijasidir. Bunday holatda proton neytronga aylanadi: p=n+π+ yoki neytron protonga aylanadi n=p+π- (π+ va π- — musbat va manfiy zaryadli π -mezonlar). Bitta nuklon π-mezon chiqarsa, ikkinchisi uni qabul qiladi, ya’ni π-mezon yadro nuklonlari oralig'ida ularni birlashtirib turuvchi zarracha xususiyatiga ega.
Elementlar yadrosi tarkibini turli miqdordagi proton va neytronlar tashkil etadi (faqat massasi 1 m.a.b. ga teng bo'lgan vodorod atomining yadrosidagina neytron yo'q).
Masalan, xrom atomining yadrosida 24 ta proton va 28 ta neytron bor, ular har birining massasi 1 ga teng bo'lgani sababli, xrom yadrosida 52 ta nuklon bor. Atomning umumiy massasi uning yadrosida to'plangani sababli, xrom atomining massasi ham 52 u.b. ga teng bo'ladi.
Proton va neytron massalari yig'indisiga teng bo'lgan butun son yadroning massa soni deb ataladi. Ya’ni, aluminiy elementining nisbiy atom massasi 26,98154 ga, uning massa soni 27 ga teng, bu qiymat aluminiy yadrosidagi nuklonlar yig'indisiga tengdir.
Bu qiymatlar asosida aluminiy elementining yadrosida 13 ta proton (tartib raqamiga teng qiymat), 14 ta neytron va yadrodan ma’lum masofada 13 ta elektron bor ekanligini hisoblash oson.
Struktur simvoli
Elementlaming atom yadrolarini ifodalashda struktur simvoli qo'llanadi, unga binoan element belgisi chap tomonining yuqori qismida massa soni, pastki qismida tartib raqami (protonlar soni) ko'rsatiladi.
Masalan, 1327Al, 919F , 2452Cr va hokazo.
Yadrolar ishtirokida bo'ladigan jarayonlar yadro reaksiyasi tenglamalari ko'rinishida yoziladi. Yadro reaksiyalar tenglamalarida boshlang'ich yadrolarning massa sonlari reaksiya mahsulotlarining massa sonlari yig'indisiga teng va boshlang'ich yadrolar zaryadlarining yig'indisi ham mahsulotlardagi zaryadlarning yig'indisiga teng bo'lishi
kerak.
1327Al + 24a → 1430Si + 11H
88226Ra → 24a + 86222Rn
Bu yadro reaksiyalarining tenglamalarini qisqa holda quyidagicha
yozish ham mumkin:
1327Al(a, p) → 1430Si
88226Ra(-, a) 86222Rn
(oxirgi tenglamadagi qavs ichidagi chiziqcha — boshlang‘ich yadro o‘z-zidan parchalanishini anglatadi).