Donor-akseptor bog'lanish haqida

Donor-akseptor bog'lanish
Bir atomning elektron jufti hisobiga hosil bo'adigan ikkinchi tur bog‘lanishning donor-akseptor mexanizmi amalga oshganda o‘zaro bog‘lanuvchi atomlar bog‘ hosil qilishda bir xil hissa qo'shmaydi, atomlardan biri (donor) bog‘ hosil qilish uchun o‘zining taqsimlanmagan elektron juftini ikkinchi atomning bo‘sh orbitaliga uzatadi va buning natijasida, birinchi holdagi kabi, elektron jufti ikki yadroni bog‘lab turuvchi vositaga aylanadi.
Bir atomning taqsimlanmagan elektron jufti va boshqa atomning valant (bo‘sh) elektron orbitali hisobiga hosil bo‘lgan bog'lanish donor-akseptor bog' deb ataladi.
Bunday bog‘lar hosil bo‘lishida akseptor vazifasini bajaradigan atomlaming tashqi valent elektronlarining soni orbitallar sonidan kam bo‘lishi (2-davr elementlari uchun I—III guppa elementlari atomlarida), donor xossasiga ega bo'ladigan atomlarda valent elektronlar soni orbitallar sonidan ko‘proq (VA— VIIA gruppachadagi elementlar atomlari) bo‘lganda kuzatiladi. Shu bilan birga, bog‘larni hosil qilishda qatnashadigan atomlar yoki molekulalar zaryadlangan (ionlar) yoki neytral holda bo‘lishi mumkin.
Donor akseptor bog'lanish misollar
Masalan, H2 molekulasini hosil bo'lishini ikkala mexanizm asosida tushuntirish mumkin:
1) ikkita vodorod atomi teng hissa qo‘shgan holda (har bir atom bittadan elektron berib) molekula kovalent mexanizm orqali hosil bo‘ladi:
H' + 'H = H:H
2) donor-akseptor mexanizm amalga oshishda H+ (masalan, suv molekulasidagi vodorod atomi) va H- (metall gidridlardagi vodorod anioni) zarrachalari orasida hosil boladigan bog‘ni:
H+ + :H = H:H
(bu holat NaH + H2O = NaOH + H2 reaksiyasida kuzatiladi) tarzda aks ettirish mumkin;
3) SO2 molekulasi o ‘zining erkin elektron jufti hisobiga donor vazifasini bajarib, uning bilan reaksiyaga kirishadigan kislorod atomining tashqarisidagi valent qobig‘ida oktet qobiqcha hosil qilish uchun ikkita elektron yetmagani uchun, bu atom akseptor vazifasini o‘ynayoladi va SO2 molekulasi SO3 ga o ‘tadi. Bu holatni ham donor-akseptor mexanizm asosida tushuntirish mumkin;
4) ammiak molekulasida azot atomi taqsimlanmagan elektron juftiga ega va uning hisobiga molekula donor bo‘ladi, vodorod xloriddagi vodorod atomining qisman bo‘shagan 1s-orbitali hisobiga bu atom akseptorlik vazifasini bajaradi: H+ + :NH3= NH+4 .
Yangi hosil bo‘lgan ammoniy ionidagi to‘rtala N —H bog'lar bir-biridan hech qanday farq qilmaydi, sp3-gibrid orbitaldagi elektron jufti ham oldingi ammiakdagi uchta N —H bog‘idagi atomlarning teng hissa qo'shib hosil qilgan bog‘dagi elektron juftlari ham ikki yadro (N va H) oralig‘ida bir xil vaziyatda bo‘ladi.
Ammiak molekulasining geometriyasi uchburchakli piramida holidan muntazam tetraedr shaklli ammoniy ioniga o‘tadi.
Ko‘rib chiqqan kovalent bog' hosil bo‘lish mexanizmi ikki xil bo‘lsa ham, undan bog‘larning kelib chiqishini aks ettirish maqsadida foydalanish o ‘rinli, lekin bog' tabiatini bir-biridin farq qilish uchun hech qanday asos yo‘q.