📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Elementlar valentligi va davriy sistema

Elementlar valentligi va davriy sistema

Elementlar valentligi va davriy sistema

Bosh gruppacha elementlarining tashqi pog‘onasidagi elektronlar soni ularning gruppa tartib raqamiga teng, bu elektronlar valent elektronlar deb ataladi, shu sababli element joylashgan gruppa tartib raqami bilan elementning maksimal valentligi orasida uzviy bog'lanish bor, bu valentlik ba’zan stexiometrik valentlik deb ham ataladi.

Davriy sistemada IA—IIIA gruppacha elementlar atomlarining maksimal valentligi doimo (TI atomi uchun past bo'lgan 1 valentli holati ham ma’lum) gruppa tartib raqamiga teng, IV—VII gruppalaming bosh gruppacha elementlari uchun maksimal qiymatdan kichik bo'lgan valentliklari ham ma’lum.

Elementlar valentlik jadvali

GruppaIIIIIIIVVVIVI
Valentlik1234
2
5
3
6
4
2
7
5
3
1

elementlar valentlik jadvali

IV—VII gruppalaming elementlaridagi valentliklari bir-biridan 2 birlikka o ‘zgaradi. Bosh gruppacha elementlari atomlari kislorod bilan hosil qilgan birikmalarida maksimal valentliklarni namoyon qilsalar, bunday valentlikka vodorod bilan hosil bo'ladigan birikmalarning orasida faqat I—IV gruppaning bosh gruppacha elementlari atomlari ega bo'ladi. V—VII gruppa bosh gruppachalar elementlari atomlari uchun bunday birikmalarda valentlik 3 dan 1 gacha kamayadi (jadvalga qarang). Bu qonuniyatdan kislorod (ko‘pincha ikki valentli) va ftor (doim o bir valentli) chetlashadi. Ilgari inert gaz deb atalgan, hozirda— nodir gazlarning ba’zilari (Kr, Xe, Rn) 8, 6, 4 va 2 valentli birikmalar hosil qilishi aniqlangan.

Yonaki gruppacha elementlari ko'pincha maksimal valentlikni namoyon qilmaydi, ba’zilari esa (masalan, mis, kumush va oltin) gruppa tartib raqamidan katta bo‘lgan valentlikka ega bo‘ladi. Ko‘pchilik oraliq elementlar o ‘zlarining birikmalarida turli-tuman kimyoviy xossalarga ega bo‘ladilar, shu sababli ularning valentliklari ham xilma-xil bo‘ladi.

Gruppa tartib raqamiIIIIIIIVVVIVI
Kislorod bilan1
Na2O
2
MgO
3
Al2O3
4
CO2
5
P2O5
6
SO3
7
Cl2O7
Vodorod bilan1
NaH
2
MgH2
3
AlH3
4
SiH4
3
PH3
2
H2S
1
HCl

Atom tuzilishi va davriy qonun

Davriy qonun va uning grafik tasviri — davriy sistema elementlar atomlarining tuzilishi bilan uzviy bog'langan. Davriy sistemada tartib raqami element atom yadrosida protonlaming va elektron qobiqlarida elektronlar soni ortib borishini aks ettiradi, bu bog'lanish tartib raqamining fizik ma’nosidir.
Elementlaming davriy sistemadagi o ‘rni bilan ular atomlarining tuzilishi asosida quyidagi bog‘lanish mavjud:

— ayni davr elementlaridagi atomlarda energetik pog‘onalar soni bir xil, ularning to‘lib borishi davr boshidan oxirigacha davom etadi;
— bosh gruppacha elementlar atomlarining tashqi valent pog‘onasida elektronlar soni bir xil bo‘ladi;
— davr tartib raqami elektron pog‘ona sonini, tashqi elektron pog‘onaning tartib raqamini, energetik pog‘onalar sonini, eng yuqori energetik pog ‘onaning tartib raqamini va uning bosh kvant sonini anglatadi;
— bosh gruppacha elementlari atomlarining tartib raqami tashqi valent elektronlar sonini, boshqacha aytganda tashqi energetik pog‘onadagi elektronlar sonini ko‘rsatadi.

Yonaki gruppacha elementlari atomlari uchun gruppa tartib raqami bilan tashqi elektronlar soni orasida bunday aniq bog'lanish yo‘q, chunki bunday elementlar elektronlari ichki pog‘onalarning (n-1)d- va (n-2)f-qobiqchalarini to'ldiradi. Shu sababli, ba’zan yonaki gruppachlar elementlari atomlari eng ko‘pi bilan ikkita tashqi elektronga ega dcyiladi (bundan ba’zi chetlashish hollarida s-elektron d-pog‘onachaga o‘tadi).
Kimyoviy bog'lanish muammolarini tushuntirishda valent elektronlari katta ahamiyatga ega.

🏷️ Teglar: #Elementlar valentligi va davriy sistema #kimyoni o'rganish #valentlik haqida #valentlik jadvali