Kovalent bog‘lanish haqida

Qutbsiz kovalent bog'lanish
Bu turdagi bog'lanish hosil qilishda qatnashgan atomlar orasida valent pog‘onasidagi toq elektronlarning hammasi qatnashib atomlar orasida umumlashgan elektron juftlar hosil qiladi. Agar shunday bog'lanish hosil qilishda qatnashgan atomlar bir xil nisbiy elektromanfiylik qiymatiga ega bo'salar, bunday molekulalar (H2, O2, Cl2, N2 va h.) da hosil bo'lgan elektron juftlar ikkala atom yadrosiga teng darajada taalluqli bo'ladi. Bunday molekulalarni hosil qilgan zarrachalarda ortiqcha zaryad bo'lmaydi, ularni ko‘pincha qutbsiz kovalent bog'li molekulalar deb yuritiladi.
Kovalent bog‘ faqat yuqorida keltirilgan elektrmanfiy elementlar orasidagina hosil bo'lib qolmasdan, elektrmanfiyligi kichik bo'lgan atomlar orasida ham hosil bo'adi, ularga misol tariqasida ishqoriy metallarning atomlari orasida hosil bo'adigan ikki atomli molekulalarni keltirish mumkin (Li, Na va h.k.). Bunday molekulalardagi kimyoviy bog‘ energiyasi odatda katta bo'lmaydi (Li uchun 112,97 kJ/mol, Na uchun 72,38 kJ/mol).
Nisbiy elektrmanfiyligi bir xil bo‘lgan atomlar oralig‘ida ikkala yadro uchun umumiy bo'lgan bog'lovchi elektron juftlar hosil bo'lishi hisobiga vujudga kelgan bog'lanish qutbsiz kovalent bog'lanish deb ataladi.
Kovalent bog'lanish misollar
Atomlar orasida hosil bo'gan kovalent bog'larni molekulaning elektron formulasi ko‘rinishida ifodalash maqsadida ikkita yadroni bog'ashda qatnashgan elektronlar atomlar atrofida nuqta vositasida, ba’zan molekulaning struktura formulasini ifodalashda bog‘ hosil qilishda qatnashayotgan umumiy elektronlar juftini chiziqcha — valent chizigi orqali ham ifodalanadi:
F:F:, :F — F: yoki F - F , :O : :O: yoki O= O
Kovalent bog'larning boshqa turdagi bog'lardan tubdan farq qiladigan ikkita muhim xossalari bor. Ulardan biri — kovalent bog'larning fazoviy yo'nalishga ega bo'lishidir. Har qanday kovalent bog'lanishli molekula uchun o ‘ziga xos struktura — tuzilish mavjuddir.
Yuqorida qayd qilinganiga ko‘ra, bir xil elementlardan kovalent bog'anish orqali hosil bo'gan gazlar (H2, N2, O2, Cl2, F2 va h.), turli elementlar atomlaridan hosil bo'lgan oddiy sharoitda gaz holidagi moddalar (HC1, H2O , NH3, CO2), deyarli hamma uglevodorodlar molekulalari molekular tuzilishga ega.
Kovalent bog'larning xossalari
Bunday moddalar molekulalari elektroneytral xususiyatga ega bo‘lib,ular elektr tokini o'tkazmaydi, kimyoviy reaksiyalarga kirishishi uchun molekuladagi kimyoviy bog‘larni hammasi bo‘lmasa ham, ma'lum qismiuzilishi lozim. Shu sababli bunday molekulalardan hosil bo‘lgan moddalar reaksiyaga kirishishi uchun ma'lum vaqt davomida yetarli energiyani sarf etish talab qilinadi.
Buning natijasida reaksion sustlik kuzatiladi, reaksiyalarning borish jadalligi kam bo‘ladi, boshqacha aytganda,
ularning reaksion faoliyati ion tabiatli molekulalar orasidagi reaksiyalardagiga nisbatan kam bo‘ladi.