📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Bog'lanish energiyasi haqida

Bog'lanish energiyasi haqida

Bog'lanish energiyasi

Bog'lanish energiyasi — atomlar orasidagi bog'ni uzish uchun talab etiladigan minimal energiya miqdori bilan o'lchanadi.

Molekulalardagi bog'larni energetik jihatdan tavsiflash uchun ulardagi elektronlar zichligining atomlar orasida taqsimlanishini va elektronlarning energetik sathi haqidagi ma’lumotlarga asoslanish kerak.

Bog'lanish energiyasi bir mol modda tarkibidagi molekulalarning  bog'larini uzish uchun sarf bo'lgan energiya (kJ/mol) miqdoriga teng.

Yuqorida atomlar oralig'idagi bog'lar soni ortib borishi bilan bog' uzunligi qisqarib borishini qayd etgan edik. Bunday vaziyatda bog' uzunligi ortib borishi tartibida bog'anish energiyasi kamayadi, atomlar oraliq masofasi uzunlashadi:

:N = N: :O = O: :F - F:

E, kJ/mol 945,3 493,6 155

l, nm 0,110 0,121 0,142

Ko'p atomli molekulalardagi kimyoviy bog'lanish energiyasi molekulaning qaysi tarzda zarrachalari uzilishi bilan bog'liq. Bu vaziyatni metan molekulasi misolida ko'rib chiqaylik:

Quyidagi jarayonni CH4 → C + 4H amalga oshirish uchun 1661 kJ/mol energiya sarf etiladi, molekuladagi to'rta bog' xam bir xil xususiyatli bo‘lgani sababli har bir bog'ni uzish uchun 415,26 kJ/mol miqdorda energiya talab etiladi.

Lekin, tajribada quyida aks ettirilgan raqamlar qatori olingan:

1-bog' uzilganda 426,77 kJ/mol

2-bog' uzilganda 368,19 kJ/mol

3-bog' uzilganda 518,81 kJ/mol

oxirgi bog' uzilganda 334,72 kJ/mol energiya sarf bo'ladi.

1-bog' uzilishidan oldin CH4 molekula sp3-gibridlangan atom orbitallaridan tashkil topgan tetraedrik ( Ð HCH = 109,5°) holatda, undan hosil bo'lgan CH'3 radikali sp2-gibridlangan piramida holatda bo'lishi, har qaysi bog' uzilishida ishtirok etayotgan zarrachalar (CH4, CH'3 va boshqalar) tabiati o'zgarishi yuqoridagi raqamlar bir xil bo'lmasligi bilan bog'liq.

Kimyoviy bog'lanish uzilish energiyasi

Kimyoviy bog'lanishning uzilish energiyasi kimyoviy bog'lanishning mustahkamligini tavsiflaydi, masalan: R−H bog‘lanishning uzilish energiyasi

Birikmalar
Bog'larning uzilish energiyasi,
kkal/mol
BirikmalarBog'larning uzilish energiyasi,
kkal/mol
H−H104,2CH3−H104
HO−H119CH3CH2−H98
CH3O−H102(CH3)2CH−H94,5
C6H5O−H85(CH3)3C−H91
F−H135,8C6H5−H103
Cl−H103,0CH2=CH−H103
Br−H87,5HC≡C−H125
I−H71,3H2N−H103
🏷️ Teglar: #bog'lanish energiyasi formulasi #Bog'lanish energiyasi haqida #kimyoni o'rganish #kimyoviy bog'lanish