Bog‘ning to‘yinuvchanligi va yo‘naluvchanligi

Bog‘larning to‘yinuvchanligi
Atomlarning cheklangan miqdordagi bog'lar hosil qilish xususiyatidir. Elementlar atomlarining valent pog'onasidagi hamma elektronlari bog' hosil qilishda (toq elektronlar hisobiga kovalent yoki qutbli kovalent, taqsimlanmagan elektron juftlari donorlik, elektronlar bilan ishg'ol etilmagan orbitallar esa akseptorlik xususiyatlari amalga oshganda) qatnashgandan so'ng element o'zining to‘yinuvchanlik xususiyatini namoyish qilgan bo'ladi.
Molekulani tavsiflash maqsadida bog'lanishda qatnashgan elektronlar zichligining atomlar oralig'ida taqsimlanishi va elektronlarning energetik sathi haqidagi ma‘lumotga ega bo'lish lozim.
Haqiqatan ham H3 yoki CH5 tarkibli molekulalar hosil bo'lishi mumkin emas, chunki H3 zarrachada ikkita atom yadro oralig'ida umumiy bog'lovchi juft hosil qilgandan (ya‘ni yangi ikki yadroli va to'lgan valent pog'onali sistema hosil bo'lgandan) keyin, uchinchi vodorod atomining bitta toq elektroni uch atomli molekulani noturg'un bo'lgan radikal holatiga o'tkazadi, uch atomli sistema energiyasini yuqorilashtiradi. Shu bilan birga bunday molekula hosil bo'lishida hech qanday energetik yutuq kuzatilmaydi.
Metan molekulasi hosil bo'lishida uglerod atomining to'rta la elektroni 4 ta σ-bog' hosil qilishda qatnashib bo'ldi, uglerod atomi elektronlar bilan oktet pog'ona hosil qilib to'yingan holatda minimal energetik vaziyatga o'tgan.
Bog‘larning yo‘naluvchanligi
Ularni hosil qilishda ishtirok etadigan s-, p-, d- va f-orbitallar ishtirokida σ-, π- va δ-bog'larni fazoning ma‘lum yo'nalishida joylashganligi natijasida yuzaga kelib chiqadi. Bog' hosil qilayotgan elektron juftlar atom orbitallari va (yoki) gibridlangan orbitallarning elektron bulutlari maksimal to'plangan qismlarining o'zaro qoplashgan fazoviy qismlarida joylashgan. Bunday qoplashishda atom yoki gibridlangan orbitallarning to'lqin funksiyalari bir xil ishorali qismlari qoplashgandagina (boshqacha aytganda, orbitallarning simmetriyalari bir-biriga mos keladiganlari orasidagi qoplashish bog' hosil qilishga hissa qo'shadi) elektron bulutning quyuqlashgan qismlari ma‘lum fazoviy yo'nalishga ega bo'ladi.


Bu uslubning asosiy g'oyasi atom valent qobig‘idagi elektronlari o'zak elektronlardan iborat bo'lgan sferik sirtda joylashgan barcha (bog'lovchi, taqsimlanmagan) elektron juftlar o‘zaro bir-biriga nisbatan mumkin qadar kamroq itarishish holatni egallashga intiladi. Buning natijasida orbitallar ma’lum struktura hosil qiladigan yo‘nalishda bog‘ hosil qiladi va yadrolarni o'zaro birlashtiruvchi chiziqlar molekulalardagi valent chiziqlarini ifodalaydigan shtrix chiziqlarga mos keladi.
Sferik shakl sathida elektron juftlar vositasida bog'langan atomlar va taqsimlanmagan juftlar orasidagi itarishish natijasida paydo bo'ladigan eng qulay yoki energetik jihat-dan afzalroq bo'lgan geometriya rasmda aks ettirilgan. Bu chizmalarda A — markaziy atom, X — bog'langan atom yadrosi, E — markaziy atomning taqsimlanmagan elektron jufti. Molekula geometriyasi σ-bog'lar soniga bog'liq, π-bog'lar molekula geometriyasiga faqat bilvosita ta‘sir ko'rsatadi.