📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Kimyoviy bog‘lanish haqida

Kimyoviy bog‘lanish haqida

ODDIY VA MURAKKAB MODDALARDA KIMYOVIY BOG'LANISH

Molekulalar tarkibidagi zarrachalar orasidagi tortishuv kuchlari kimyoviy bog‘lanish natijasidir. Atomlar orasida elektrostatik tortishuv natijasida molekulalar, ular ishtirokida kristall panjaralar hosil bo‘lishi elektronlar tufayli vujudga keladi.

Kimyoviy bog‘lanish natijasida hosil bo‘ladigan moddalarning umumiy (kinetik va potensial) energiyalarining yig‘indisi boshlang‘ich moddalarning umumiy energiyasidan kichik bo‘lgandagina yangi moddalar hosil bo‘ladi.

Har qanday sistema o ‘zining energiya jamg‘armasini kamaytirishga intiladi. Bu vaziyat oddiy moddalardan murakkab sistemalarga o‘tishga zamin bo‘ladi. Kimyoviy bog'lanish hosil qilish uchun tashqi valent pog‘onasidagi elektronlarning yadro bilan bog‘lanish energiyasi o‘zak elektronlarnikiga nisbatan zaifroq bo‘lishi, valent elektronlar bir yadro maydonida bo‘lganidan ko‘ra ikki (aslida molekuladagi barcha) yadro oralig‘ida juftlashgan holatda bo‘lishi shu sistemani energetik afzal holatga olib keladi.

Kimyoviy bog‘lanish nazariyasi

Kimyo fanining hozirgi rivojlanish bosqichida kimyoviy elementlar atomlari orasidagi bog‘lanish tabiatini talqin etishda ikkita nazariya hukm surib keladi.
Ularning birini valent bog'lanish nazariyasi (VBN) deb ataladi. XX asming o‘rtalarida paydo bo‘lib, molekulalardagi kimyoviy bog‘ hosil bo'lishini tu­shuntiruvchi ikkinchi nazariya — molekular orbitallar (MO) nazariyasi VBN dan ustun turadi.

O‘quvchilar VBN ning (u lokallashgan elektron juftlar uslubi deb ham ataladi) asosiy holati molekulada kimyoviy bog‘lanishni hosil qilishda ikki yadro oralig‘ida yangi elektron juft qatnashadi, degan tezis bilan 8 - 9 - sinf hajmida tanishganlar. Yadrolar oralig‘ida zarrachalami o‘zaro bog'lab turuvchi yangi elektron juftlar yangi moddaning deyarli hamma xususiyatlarini tushuntirishga imkon beradi. Bu holat VBN yutuqlaridan eng muhimidir.

Mavzuga doir maqolalar

Kimyoviy bog’ning asosiy tavsiflari

Kovalent bog’lanish: atomlarning hamkorligi

Molekulalararo ta’sir turlari

Vodorod bog’lanish nima

Atom orbitallarining gibridlanishi

Ion bog’lanish: qarama-qarshi elektrostatik tortishish

Metall bog’lanish nima va uning xususiyatlar

1915-yilda Kossel tuzsimon moddalarda ionli bog'lanish mohiyatini, 1916-yilda Lyuis kovalent bog'lanish hosil bo'lishini talqin etdilar.

Quyidagi jadvalda atomlar orasida hosil bo‘ladigan kimyoviy bog'lanishning asosiy turlari (1—3 holatlar) va ularning xususiyatlari (4 va 5 holatlarda) keltirilgan. Unda molekulalar yoki ion va molekulalar orasida hosil bo'ladigan bog‘lanishlar haqidagi ma’lumotlar ham aks ettirilgan.

Bog'­lanish turlariBog'lanish hosii qiluvchi atomlar xususiyadariElementlar xossalariValent pog'ona elektronlari holatiHosil bo'lgan zarrachalar turlariElektr o'tka- zuvchanlikModdalatga xos xususiyatiarMolekulalarga xos xususiyatiarMisoliar
Kovalent bog'­lanishMetallmas va metallmasKuchli elektr- manfiyUmumlashgan elektron juftlar hosil bo'ladiMolekulalarDielektrikSuvda yomon, organik erituvchilarda yaxshi eriydiKimyoviy bog' yo'naluvchan va to'yinuvchanH2, Cl2 , CO2. kraxmal va boshqalar
Metall va metallElektr- musbatUmumlashgan elektron juftlarMolekulalarYaxshiSuvda yaxshi eriydiAsosan ikki atomli molekulalar hosii qiladilarLi2, Na2, K2, va boshqalar
AtomlarO‘rtacha elektr- manfiyUmumlashgan elektron juftlarAtomlarDielek- trik yoki yarim o'tkazgichJuda qattiq, suyuqlanish temperaturasi yuqori, suvda erimaydiPolimer xususiyadiOlmos, kremniy, SiO2, В va boshqalar
Donor-akseptor bog‘lanishBog'lanishda taqsimlanma- gan elektron jufti va vakant orbitalli zarracha (ion, molekula)lar Donor atom- ning taqsim- lanmagan elektron jufti umumiashadi, zarrachalararo qo'shimcha bog'lanish paydo bo'ladiKovalent bog' xususiyadi murakkab molekulalar - - -(BeF4)2-. [BF4)-, [NH4)+, CO, H3O koordinatsion birikmalar
lonli bog'- lanishMetal va metallmasEleklr musbat va eleklr- manfiyValent elek- tronlar metall- dan metall- masga o‘ladikation va anionSuyuqlanma holatidi tok o'tka- zadiTuzsimon, suvda yaxshi eriydi, yaxshi dissotsilanadiBog'ga yo'naluvchanlik va to'yinuvchanlik xos emasNaCI, KOH, CaO, K2O va hokazo
Vodorod bog‘- lanishElektmianfiyligi katta ho'lgan p-elcment (E) va shunday element bilan bog'Iangan vodorodE--- H+ (molekulalararo yangi bog') E--- H+ orasida qo'shimcha qutbli bog' hosil bo'ladi Shunday bog' hosil qilgan molekulalar assotsilanadi (H2O)n,(HF)n, kislotalaming diamerlari va boshqa assotsilangan mahsulotlar
Melall bog‘- lanishMetallar atomlariElcklr- musbatValent pog'ona elektronlarining umumlashishiMusbat zaryadli metall ionlari va nisbatan erkin „elektron gaz“Yaxshi o‘tkazadiMelallarga xos fizik xususiyatlar Metallar va qotishmalar
🏷️ Teglar: #kimyoni o'rganish #Kimyoviy bog‘lanish haqida #Kimyoviy bog‘lanish nazariyasi #ODDIY VA MURAKKAB MODDALARDA KIMYOVIY BOG'LANISH