Akkumulyatorlar haqida malumot

Akkumulyatorlar
Qaytar xususiyatga ega bo‘lgan va ko‘p marta qayta tiklanadigan galvanik elementlarni akkumulatorlar deb ataladi. Bunday qurilmalarda jamg‘arilgan kimyoviy energiyani elektr energiyaga va aksincha, tashqi energiya manbaiga ulanganda zaryadlanishi davomida kimyoviy energiyani jamg‘aradigan xususiyat faqat akkumulatorlarga xos.
Qo'rg'oshin akkumulatori
Qo‘rg‘oshin akkumulator hozirgacha ko‘p miqyosda ishlatib kelinadi.
Eng oddiy qo‘rg‘oshin akkumulatori ikkita qo‘rg‘oshindan yasalgan plastinadan tashkil topadi.
Ular odatda ko‘p tuynukchalardan iborat bo‘lib, bu tuynukchalarda g‘ovakli aktiv qo‘rg‘oshin (manfiy qutb), ikkinchisida qo‘rg‘oshin(IV) oksid bilan to'ldirilgan bo‘ladi (musbat qutb). Ikkala plastinka 25—30% li sulfat kislota eritmasiga tushirib qo‘yiladi. Har bir elektrod tuynukchalariga Pb va PbO2 larni mustahkam ushlab turadigan organik bog'lovchi va PbO lar aralashmasi bilan to‘ldirilgan bo‘ladi.
Shunday holdagi akkumulatorlar doimiy tok manbaiga aylanadi va razryadlanish davomida elektrodlarda PbSO4 hosil bo‘ladi; bunda sulfat kislota konsentratsiyasi qisman kamayadi.
katodda: Pb + SO42- = PbSO4 + 2e yoki Рb - 2e = Pb+2
anodda: PbO2 + 2H2SO4 = Pb(SO4)2+ 2H2O
Pb(SO4)2 + 2e = PbSO4 + SO2 yoki Pb+4 + 2e = Pb+2
Akkumulatorni yana tiklash maqsadida uni doimiy tok manbaiga ulab, zaryadlanadi. Bunda elektrodlardan biri elektronlarini beradi va PbSO4 qo‘rg‘oshin(IV) oksidga aylanadi.
PbSO 4 + 2H+— 2e = PbO2 + H2SO4+ 2H+
Ikkinchi elektroddagi PbSO4 elektronlarni biriktirib erkin qo‘rg‘oshingacha qaytariladi:
PbSO4+ 2H++ 2e = H2SO4 + Pb
endi akkumulator yana ishlashga tayyor bo'ldi.
Pb + PbO2 + 2H2SO4 = 2PbSO4+ 2H2O
Zaryad jarayonida manfiy elektrodda vodorod gaz holda ajralib chiqadi, lekin bu reaksiyaning unumi elektrodda vodorod ionlarining o‘ta qutblanishi tufayli past, qo‘rg‘oshin hosil bo‘lish reaksiyasining unumi esa yuqori bo‘ladi.
Bu turdagi akkumulatorning EYUK qiymati
E°PbO2+4H+ + E°Pb +H2SO4 = 1 ,6 8 - ( -0 ,3 6 ) = 2 ,0 4 V bo'ladi.
Xalq xo‘jaligida akkumulatorlarning boshqa turlari — temir-nikelli, kadmiy-nikelli, kumush-rux elektrodlilari ham ishlatiladi.