📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Vodorod peroksid haqida

Vodorod peroksid haqida

Tarkibida (-O-O-) - peroksid gruppasi bo'lgan moddalar peroksidlar deyiladi.
Ularda kislorod atomlari ikki valentli bo'lsalar-da, -1 oksidlanish darajasiga ega. Shu sababli bu birikmalar o'ziga xos tuzilishli va xossali moddalardir. Eng keng tarqalgan peroksid vodorod peroksiddir (H₂O₂).

Fizikaviy xossasi

Rangsiz, mazasiz, suvga nisbatan quyuqroq (PH2O2=1,44 g/sm³) suyuqlik. -0,43°C da muzlaydi. 150,2°C da qaynaydi. Vodorod peroksidning tuzilishi 1-rasmda keltirilgan.
E-O-O-=210 kJ/mol; EH-O=468 kJ/mol

Suvda yaxshi eriydi. 30% li eritmasi "pergidrol" deyiladi. Ko'pchilik hollarda uning suyultirilgan 3% li eritmasi ishlatiladi.

Olinishi

Hozirgi vaqtda sanoatda asosan persulfat kislota yoki uning tuzlariga suv ta'sir ettirib olinadi.

  • H2S2O8 + 2H2O = 2H2SO4 + H₂O₂
  • Na2S2O4 +2H2O = 2NaHSO4 + H₂O₂

Dipol momenti u=2,1 D boʻlgani uchun kuchli qutblangan molekula. Dipol momenti suvnikiga nisbatan kattaroq bo'lganligi uchun molekulalar oʻrtasida oriyentatsion ta'sir va vodorod bog'lari kuchliroq boʻladi va shu sababdan u suvga nisbatan yuqori temperaturada qaynaydi.

Vodorod peroksidning tuzilish formulasi H-O-O-H dir. Kislorod atomlari -O-O- ko'prik orqali birikadi. Kislorod koʻprigining uzilishi natijasida, sharoitga qarab, vodorod peroksid oksidlovchilik yoki qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi.

O22- + 2ē → 2O2- oksidlovchi
O22- - 2ē → O20 qaytaruvchi
2KI + H₂O2 + 2H₂SO₄ =I2 + 2K₂SO₄ + 3H2О
Bu reaksiyada H₂O, oksidlovchi sifatida ishtirok etadi:
2I- - 2ē →I20 qaytaruvchi
H₂O2 + 2ē + 2H+→ 2H₂O oksidlovchi

2KMnO4 + 5H2O2 + 3H2SO4 = 2MnSO4 + 5O₂ + K₂SO₄+8H₂O
Bu reaksiyada H₂O, qaytaruvchi vazifasini bajaradi:
2MnO4- + 8H+ + 5ē → Mn2+ + 4H2O
2H2O2-1 - 2ē → 2H2O + O0

Oksidlanish potensialning qiymatiga qarab, peroksidlarning oksidlovchi xossalari qaytaruvchi xossalariga nisbatan kuchliroq ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin:
H2O2 + 2H+ + 2ē =2H₂O, E0298= +1,78 B
Kuchsiz kislota xossasiga ega:
H₂O₂ → HO₂- + H+

(Kdiss= 2,24 • 10-12). Shu sababli metallarning peroksidlari Na2O2, K2O2 ni O2-2 - ionining tuzlari deyish mumkin. Vodorod peroksid beqaror modda bo'lib, yorug'lik ta'sirida o'zidan kislorod chiqarib (disproporsiyalanib), suvga aylanadi.

2H₂O₂ → 2H2O + O2
O2-2 - 2ē → O2 oksidlanish, O2-2 + 2ē → 2O-2 qaytarilish

Shu sababli uning eritmasi yorug'lik tushmaydigan (qora) idishlarda, salqin joyda saqlanishi kerak.
Vodorod peroksid tibbiyotda, dezinfeksiya maqsadlarida, yoqilg'ilarning yonishini kuchaytirishda, raketa yonilg'isida, to'qimachilik va qog'oz sanoatida oqartirishda ishlatiladi. Peroksobirikmalar kuchli oksidlovchilar sifatida ishlatiladi.

🏷️ Teglar: #vodorod peroksid 3 eritma #vodorod peroksid formulasi #vodorod peroksid ishlatilishi #vodorod peroksid strukturasi #vodorod peroksid tibbiyotda ishlatilishi