📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Oksidlanish-qaytarilish potensiallar

Oksidlanish-qaytarilish potensiallar

Oksidlanish-qaytarilish potensiallar

Oksidlanish-qaytarilish jarayonini neytral elektrodlar yordamida elek­trolitik naycha bilan ulangan yacheykalarda olib borilsa, katod va anod oralig‘ida potensiallar farqi paydo bo'ladi.

Misol tariqasida KMnO4 ning sulfat kislotali eritmada K2SO3 bilan reaksiyasi sodir bo'lsin:

MnO4- + SO3-2 + 8H+→ 4 H2O + Mn+2 + SO4-2

Oksidlovchining xususiy elektron sxemasi

MnO4- + 8H+ + 5ē → Mn2+ + 4H2O

ga binoan, oksidlovchi elektronlarni inert elektrod(grafit) dan oladi, qaytaruvchi SO3-2 ionlari esa boshqa yacheykada inert elektrodga o‘zining elektronlarini beradi:

SO3-2 + H2O - 2ē → SO4-2 + 2H+

Bu elektronlar oqimi manfiy zaryadlangan elektroddan musbat zaryad­langan elektrod tomon tashqi zanjir — sim orqali oksidlovchi yacheykasiga uzatiladi. Bu yacheykada elektronlarni qabul qilib olgan MnO4- ning to ‘q pushti rangi yo‘qolib, deyarli, rangsiz Mn2+ ionlariga aylanadi. Ikkala elektrod chegarasida SO3-2 ning oksidlanishi va MnO4- ning qaytarilishi sodir bo'ladi. Moddalarning oksidlangan va qaytarilgan ionlarini tutgan eritmalar bilan neytral elektrod chegarasida paydo bo'lgan potensialni ok­sidlanish-qaytarilish muvozanatining potensiali deb ataladi.

Oksidlanish-qaytarilish potensiali modda tabiati bilan, uning eritmada­gi oksidlangan va qaytarilgan shakllarining konsentratsiyalari, eritmaning pH qiymati, temperaturasi va boshqa omillar bilan bog'langan bo'ladi. 1-jadvalda ba’zi sistemalar uchun standart vodorod elektrodga nis­batan o'lchangan oksidlanish-qaytarilish potensiallari qiymati keltirilgan.

Oksidlanish-qaytarilish potensiallari moddalarning oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalarini tavsiflaydi.

Oksidlanish-qaytarilish potensiallar jadvali

Jadvalning birinchi qatoridagi yarim reaksiya uchun potensial qiymati MnO4- ning kislotali sharoitdagi ok­sidlovchilik xususiyati va Mn2+ ning qaytaruvchilik xususiyatini tavsiflaydi.

Oksidlanish-qaytarilish potensialining musbat qiymati qancha katta bo'lsa, oksidlangan holatning oksidlovchilik xususiyati shuncha katta ekan­ligini bildiradi. Jadvaldan ko‘rinishicha, E0F2/2F- — oksidlovchilar orasida eng kuchlisi bo'ladi. F- — ionini hech qaysi modda oksidlay olmaydi, bu jarayonni faqat ftoridlarning suyuqlanmasini elektroliz qilish orqali amalga oshirish mumkin.

Oksidlangan shaklPotensialni aniqlovchi
reaksiya tenglamasi
E, V
MnO4- + 4H+MnO4- +4H + +3ē = MnO2 + 2H2O+ 1,69
MnO4-MnO4- + ē = MnO4-2+0,56
Mn+3Mn+3 + ē = Mn+2+ 1,51
CrO4-2 + 4H2OCrO4-2 + 4H2O + 3ē = [Cr(OH)6 ]-3 + 2HO--0.13
NO3- + 4H+NO3- + 4H+ + 3ē = NO + 2H2O+0,96
NO3- + 2H+NO3- + 2H+ + ē = NO2 + H2O+0,81
HNO3 + 3H+HNO3 + 3H+ + 2ē = HNO2 + H2O+0,94
SS+2ē = S-2-0,48
F2F2+2ē = 2F-+2,85
Cl2Cl2+2ē =2Cl-+ 1,36
Br2Br2 +2ē =2Br-+ 1,08
I2I2 +2ē = 2I-+0,53
Fe+3Fe +3 + ē = Fe+2+0,77
25 °C da suvdagi eritmalar uchun standart oksidlanish-qaytarilish potensiallari

 

🏷️ Teglar: #Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi #kimyo #kimyoni o'rganish #Oksidlanish-qaytarilish potensiallar #uzbek tilida