May 19, 2024
Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi

Elektrolitik dissotsilanish tushunchasi

Пример HTML-страницы

Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi

Suvdagi eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalar (kislota, tuz va asoslar) elektrolitlar deb ataladi. Suvdagi eritmalari tok o‘tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deb ataladi.

Elekrolit molekulalarining suv molekulalari ta’sirida ionlarga (kationlar va anionlarga) ajralishi elektrolitik dissotsilanish deb ataladi.Eritmadagi elektrolit molekulalarining ionlarga dissotsilangan qismini elektrolitning umumiy miqdoriga nisbatini elektrolitik dissotsilanish darajasi (a) deb ataladi.

Dissotsilanish darajasi modda tabiatiga va eritm a konsentratsiyasiga bog‘liq. Konsentratsiya kamayishi bilan a qiymati ortadi. Dissotsilanish endotermik jarayon bo’lgani sababli, temperatura ortgandaa ham ortadi.

Suvda moddalarning dissatsatsiyalanish sxemasi

Kuchli va kuchsiz elektrolitlar

Molekulalari hatto suyultirilgan eritmalarda ham oz darajada dissotsilanadigan elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deb ataladi. Ularga ba’zi kislotalar (masalan, sirka, sianid, suv, karbonat, sulfid va sulfit kislota­lar), ba’zi asoslar (ammoniy gidroksid, organik tabiatli asoslar va hokazo) va ba’zi tuzlar (masalan, Hg(CN)2, HgCl2, Fe(SCN)3 FeF3 va boshqalar) kiradi.

  • Kislotalar: H2SO3, H2СO3, HF, HNO2, HClO, H2S, CH3COOH, HCN.
  • Gidroksidlar: NH4OH и ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning gidroksidlaridan tashqari barcha gidroksidlar.
Пример HTML-страницы

Har xil konsentratsiyani eritmalarda sezilarli darajada dissotsilanadigan birikmalar kuchli elektrolitlar deb ataladi va a → 1 ga, yoki 100% ga yaqinlashadi. Bunday elektrolitlarga deyarli barcha tuzlar, kuchli kislotalar (HC1, HBr, HJ, HJO4, H2SO4, HNO3 va boshq.), kuchli ishqorlar (L i- Cs qatordagi ishqoriy metallar gidroksidlari), ishqoriy-yer metallar (Ca— Ra) qatoridagi ishqorlar) gidroksidlari kiradi.

  • Kislotalar: H2SO4, HCl, HNO3, HClO4, HBr, HI, HCSN, HMnO4
  • Gidroksidlar: LiOH, KOH, NaOH, RbOH, CsOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2,

Kuchli elektrolitlar uchun a o‘z ma’nosini yo’qotadi, chunki bunday elektrolitlar eritmasida dissotsilanmay qolgan molekulalar bo’lmaydi.