Ion almashinish reaksiyasilar

Elektrolitlar eritmalarida sodir bo'ladigan reaksiyalarda faqat ionlargina qatnashgan holatda hosil bo'lgan modda gaz, cho'kma yoki yomon dissotsilanadigan moddalar turkumiga taalluqli bo'lgandagina boshlang'ich ionlar kamayadi, ya’ni reaksiya sodir bo'ladi. Bunday reaksiyalarni 5 gruppachaga bo'lish mumkin.
Neytrallanish reaksiyasi
Neytrallanish reaksiyalari kislota va asoslar orasida sodir bo'ladi:
KOH+HCl = KCl+H2O
Boshlang‘ich KOH eritmasiga qo‘shilgan fenolftalein indikatori to‘q qizil-binafsha tusdan xlorid kislota yetarli miqdorda qo‘shilganda rang yo‘qoladi. Bu reaksiya ionli ko‘rinishda:
K+ + OH-+H+ + Cl- = K+ + Cl-+H2O
Ikkala tomondagi K+ va Cl- ionlari reaksiyada o‘z holatini o ‘zgartirmadi, ya’ni reaksiyada qatnashmadi. Shu sababli bu reaksiyada faqat quyidagi ionlar qatnashadi:
OH- + H+ = H2O

Demak, neytrallanish reaksiyasining mohiyati-vodorod va gidroksid ionlari birikib, suv hosil bo'lishidan iborat.
Cho‘kma hosil bo'Iadigan reaksiyalar
Cho‘kma hosil botIadigan reaksiyalar oxirigacha boradigan reaksiyalardir:
AgNO3 + NaCl → AgCl↓ + NaNO3
qisqartirilgan ion reaksiyasi
Ag+ + Cl- → AgCl↓
Shu ionli ko‘rinishdagi reaksiya tarkibida kumush ioni va xlor ioni bo'lgan boshqa birikmalar uchun ham shu holda boiadi; yuqoridagi natriy va nitrat ionlari reaksiyada qatnashmaydi, shu oq rangli cho‘kma hosil bo'lishi uchun faqar kumush va xlor ionlarini tutgan ionli birikmalargina bo'lishi yetarli.
Gaz modda hosil bo'ladigan reaksiyalar
Gaz modda hosil bo'ladigan reaksiyalar doimo oxirigacha boradigan toifaga kiradi. Masalan, ammoniy sulfat bilan kuchli ishqor eritmalari aralashganda gaz holdagi mahsulot hosil bo'ladi:
(NH4)2SO4 + 2NaOH → Na2SO4 + 2NH3 ↑ + 2H2O
qisqartirilgan ion tenglamasi:
NH4- + OH- → NH3 ↑ + H2O
Bu tenglama ammoniy tuzining anioni (sulfat ion) va gidroksidning kationi qanday bo'lmasin, reaksiyada faqat ammoniy ioni va gidroksid gruppasi qatnashadi.
Koordinatsion birikmalar hosil bo'ladigan reaksiyalar
Koordinatsion birikmalar hosil bo'ladigan reaksiyalar. Shunday turdagi reaksiyalarda ionlar orasida ta’sirlashuv natijasida ham oxirigacha boradigan reaksiyalar amalga oshishi mumkin. Bunday vaziyatda hosil bo'ladigan koordinatsion birikma juda katta turg‘unlikka ega bo'lishi kutiladi.
Masalan, simob(II) nitrat bilan kaliy yodid tegishli miqdorda reaksiyaga kirishganda:
Hg(NO3)2 + 2KI → HgI2 ↓+ 2KNO3
Shu cho‘kma ortiqcha miqdorda yod ionlari tutgan modda qo‘shilganda eritmaga o‘tadi:
HgI2+2NaI → Na2[HgI4]
Qaytar reaksiylar
Qaytar reaksiylar ko‘p holda ionli birikmalar orasida sodir bo'ladi.
Masalan, kaliy xlorid bilan natriy sulfat eritmalari aralashtirilganda reaksiya sodir bo'lishini anglatadigan biror tashqi o‘zgarishlar sodir bo'lmaydigan vaziyat yuz beradi:
Na2SO4 + 2KCl ⇆ K2SO4 + 2NaCl
To‘la ionli tenglamada barcha boshlang‘ich moddalar ionlari mahsulot moddalar ionlari bilan bir xil bo'ladi:
2Na+ + SO4-2 + 2K+ + 2Cl- ⇆ 2K+ + SO4-2 + 2Na+ + 2Cl-
Bunday reaksiyalarda suvda yomon eriydigan, gaz holdagi yoki yomon dissotsilanadigan mahsulot hosil bo'lmaganligi tufayli reaksiya oxirigacha sodir bo'lmaydi, ya’ni jarayon qaytar xususiyatga ega bo'ladi. Shunday eritma bug'latilgandan keyin qattiq holda molekular tenglamaning ikkala tomonidagi to‘rtta tuz mavjud bo'ladi