Ion almashinish reaksiyasi turlari

Elektolit eritmalarda sodir boʻladigan barcha reaksiyalar ionlar orasidagi reaksiyalar hisoblanadi, tenglamalari esa ionli tenglamalar deyiladi. Ionlar orasida boradigan kimyoviy reaksiyalarning tenglamalarini tuzishda kuchli elekrolit moddani dissotsiatsiyalangan holda, kuchsiz elektrolitlarni, suvda erimaydigan koʻchma moddalar, gaz holatga oʻtib reksiya muhitidan chiqib ketadigan moddalarning molekulyar formulasini yozamiz. Ion almashinish reaksiya tenglamalari oʻz ichiga 3 xil tenglamani oladi: toʻliq tenglama, ion tenglama, qisqartirilgan tenglama. Elektrolitlarning eritmalar orasida sodir boʻladigan reaksiyalarni quyidagi guruhlarga ajratiladi.

- Neytrallanish reaksiyasi. Tuz vа suv hosil boʻlishi bilan boradigan kimyoviy reaksiya neytrallanish reaksiyasi deyiladi.
HCl+KOH → KCl+H2O; toʻliq tenglama
H++Cl-+K++OH- → K++Cl-+H2O; ionli tenglama
Suv elektrolit boʻlmaganligi sababli ionlarga ajralmaydi.
ClH + NaOH → NaCl + H2O

- Choʻkma hosil boʻlishi bilan boradigan reaksiyalar.
BaCl2+H2SO4 → BaSO4↓+2HCl toʻliq tenglama
Ba+2+2Cl-+2H++SO4-2 → =2H++2Cl-+BaSO4↓ ionli tenglama
Ba+2+SO4-2 → BaSO4↓ qisqartirilgan tenglama Bariy va sulfat ionlaridan choʻkma hosil boʻladi.
- Gaz modda hosil boʻlishi bilan boradigan reaksiyalar.
Na2S+2HCl → 2NaCl+H2S↑
2Na++S-2+2H++ 2Cl- → 2Na++2Cl-+H2S↑
S-2+2H+- → H2S↑
Bu reaksiyada vadorod va sulfat ionlari oʻzaro birikib gaz holdagi moddani hosil qildi.
