📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Oksidlanish qaytarilish jarayonlari

Oksidlanish qaytarilish jarayonlari

Ba’zi reaksiyalarda elementlarining oksidlanish darajalari o ‘zgaradi: elektronini bergan elementlar oksidlanadi va aksincha, elektron qabul qilganlari esa qaytariladi. Reaksiyalarda shunday qarama-qarshi jarayonlar bir vaqtning o‘zida sodir bo'ladi.

Elektorn bergan elementlar qaytaruvchilar, ularni qabrti qilgan elementlar esa oksidlovchilar deb atatadi.

Masalan, 2Zn + O2 = 2ZnO. Bu reaksiyada rux elementi o‘zining tashqi valent pog‘onasidagi elektronini kislorod atomiga berishi natijasida oksidlanadi, kislorod atomi esa ikkita elektron qabul qiladi, ya’ni o ‘zi qaytariladi. Rux elementi qaytaruvchi, kislorod esa oksidlovchi vazifasini bajardi.

Moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajalari o'zgarishi bilan sodir bo'ladigan jarayonlar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deb ataladi.

Oksidlanish qaytarilish jarayonlari
Oksidlanish qaytarilish jarayonlari

Oksidlovchi va qaytaruvchilar yuqorida keltirilgan tenglamadagi kabi oddiy atomlar yoki murakkab moddalar tarkibidagi atomlar holida ham bo'lishi mumkin.

Oksidlovchi va qaytaruvchilar

Davriy sistemadagi barcha metallarning tashqi valent pog‘onasidagi elektronlar soni ko‘p bo'lmagani sababli ular faqat qaytaruvchi xusu­siyatga ega bo'ladi. Har qaysi gruppadagi asosiy gruppacha elementlari (metallar va metallmaslar)ning qaytaruvchilik xususiyati (ftordan va nodir gazlardan tashqari) yuqoridan pastga tomon kuchayib boradi, chunki elementlarning atom radiuslari shu tartibda kattalashib boradi, ya’ni ularning ionlanish potensiallari kamaya boradi.

Har bir davrni boshlagan elementlarda metallik xossa yaqqol ko'zga tashlanadi: davrda chapdan oʻngga o'tib borilganda elementlar atom radiuslari kichiklashib, ionlanish potensiali va nisbiy elektrmanfiyligi ortib boradi. Natijada chapdan o'ngga o'tib borgan sari elementlarda metallmaslik xususiyati kuchayib boradi. Shu tartibda element atomlarining qaytaruvchiligi kamayib boradi va davr oxiridan oksidlovchilik xususiyati yiiqori bo‘lgan elementlar o‘rin olgan. Davriy sistemaning I gruppasining eng pastdagi elementi fransiydan VII gruppaning eng yuqoridagi elementi ftorga o ‘tkazilgan diagonalning ikki uchida joylashgan elementlarda ikki qarama-qarshi xususiyat eng kuchli ifodalangan.

Jadvaldagi qolgan barcha elementlarda shu xususiyatlar oraliq vaziyatni egallaydi. Muhim oksidlovchi va qaytaruvchi xossasiga ega bo‘lgan moddalar quyidagi jadvalga joylashtirilgan.

Muhim oksidlovchi va qaytaruvchilarga misollar

OksidlovchilarQavlaruychilar
1. Metallmaslar -galogonlar, kislorod, ozon, oltingugurt, azot, fosfor, uglerod, vodorod va boshqalar1. Metallar
2. Metallmaslarning eng yuqori musbat oksidlanish darajasidagi birikmalari — HClO4 , KC1O3 , H2SeO3, HOCl, HNO3, oksidlar, peroksidlar va boshqalar2. Oraliq oksidlanish darajadagi metallar birikmalari: Fe+2, Mn+2, Cr +2 , Cr-3, Sn+2 va boshqalar
3. Konsentrlangan HCI+HNO3, va HNO3,+HF lar aralashmalari3. Metallmaslar gidridlari HI, HBr, HCI, H2S, NH3, CH4 , H2 va boshqalar
4. Metallarning eng yuqori oksidlanish darnjalaridagi birikmalari — KMnO4, K2Cr207, K2CrO4, CrO2, CuO, K2FeO4 va boshqalar4. Oraliq oksidlanish darajasidagi metallmaslar birikmalari: CO, H2O2, HNO2, H2SO3 va boshqalar
5. Metallar va metallmaslarning oraliq oksidlanish darajalaridagi birikmalari: SO2,. NO2, HNO2, K2MnO4, MnO2, PbO2 va boshqalar5. Organik moddalar (uglevodorodlar, spirtlar, aldegidiar, kctonlar va boshqalar)
6. Elektroliz jarayonida anod6. Elektroliz jarayonida katod
Muhim oksidlovchi va qaytaruvchilar

Metallar va metallmaslarning oraliq oksidlanish darajadagi birikmalari ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi xossalarga ega bo'ladi.

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalaridagi stexiometrik koeffitsientlarni tanlashda ikkita usul mavjud. Ularning ikkalasi ham bir xil holatga asoslanadi:

oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida qaytaruvchining bergan elek­tronlar soni oksidlovchi qabul qilgan elektronlar soniga teng.

🏷️ Teglar: #kimyoni o'rganish #Oksidlanish qaytarilish jarayonlari #Oksidlovchi va qaytaruvchilar