📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Suvning ion ko'paytmasi – pH haqida

Suvning ion ko'paytmasi – pH haqida

Suvning ion ko'paytmasi

Suv juda kuchsiz elektrolit bo'lsa ham oz miqdorda dissotsilanadi. Bu jarayon qaytar xususiyatga ega bo'ladi:

2H2O ⇄ H3O+ + OH-

yoki sodda ko‘rinishda H2O ⇄ H+ + OH- ", shu sababli bu jarayon uchun muvozanat konstantasi

\[K_{H_2O}={[H^+][OH^-]\over [H_2O]}\]

KH2O qiymati 22 °C da 1,8*10-16 ga teng ekanligi tajribalarda aniqlangan.

1000 ml suvdagi dissotsilanmagan suv molekulalarining modda miqdori [H2O] = 1000/18=55,56 mol kat­taligini yuqoridagi formulaga qo‘ysak

\[K_{H_2O}={[H^+][OH^-]\over [55.56]}=1.8*10^{-16}\]

yoki K =[H+][OH-] =1,8 •10-16 • 55,56= 1 •10-14 ni olamiz.

[H+][OH-] ni suv­ning ion ko'paytmasi deb ataladi va uning qiymati faqat temperaturaga bog'liq: 0°C da 1,14*10-15 dan 100 °C da 5,9*10-13 gacha (518 marta) ortadi. Suvga kislota qo‘shilganda [H+] ionlar konsentratsiyasi ortadi, (HO-] ion­lari miqdori kamayadi, lekin ular ko‘paytmasi uchun toza suvdagi qiymati saqlanib qoladi.

Masalan, eritmada [H+]=1* 10-3 mol/l bo‘lsa, unda [HO-] konsentratsiyasi

\[{[OH^-]}={1*10^{-14}\over 1*10^{-3}}=1 *10^{-11}\]

Vodorod ko‘rsatkich pH

Manfiy darajali qiymatlar bilan hisoblar olib borish noqulay bo‘lganligi sababli [H+] konsentratsiyasini manfiy logarifmi orqali vodorod ko‘rsatkich (pH)ni qo'lashga kelishilgan:

-lg [H+] = pH

[HO-] konsentratsiyasi uchun pOH ishlatiladi. Har doim pH +pOH= 14 ga teng bo'ladi.

Turli eritmalarning pH va pOH qiymatlarini quyidagi jadval yordamida aks ettirish qulay:

H+ ning
konsentratsiyasi
pH OH ning
konsentratsiyasi
pOH
100010−1414
10−1110−1313
10−2210−1212
10−3310−1111
10−4410−1010
10−5510−99
10−6610−88
10−7710−77
10−8810−66
10−9910−55
10−101010−44
10−111110−33
10−121210−22
10−131310−11
10−14141000
🏷️ Teglar: #kimyoni o'rganish #Suvning ion ko'paytmasi #Suvning ion ko'paytmasi – pH haqida #Vodorod ko‘rsatkich pH