📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Anion bo'yicha gidrolizga uchraydigan moddalar

Anion bo'yicha gidrolizga uchraydigan moddalar

Anion bo'yicha gidrolizga uchraydigan moddalar

Kuchsiz kislota qoldiqlari suvning protonini biriktirib olishida qoldiqning kislorod atomlari bilan vodorod ioni bog‘lanishi asosiy rolni bajaradi. Anion hosil qiluvchi element radiusi kichik va zaryadi katta bo'lib borishi bilan kuchsiz kislota hosil bo‘lish imkoniyati osonlashadi. Buning natijasi­da kislota qoldig‘iga proton birikadi, eritmada esa erkin gidroksil ionlari paydo bo'ladi:

Anion bo'yicha gidrolizga uchraydigan moddalar

yoki СО3-2 + H2O ⇄ HCO3- + HO-

Tuz hosil qilgan kislota qancha kuchsiz bo‘Isa, gidroliz jarayoni shuncha chuqurlashadi, ya'ni reaksiya muvozanati o‘ng tomonga kuchliroq siljiydi. Xulosa qilib aytganda, shunday vaziyatda eritmada ishqoriy muhit kuchayib boradi.

Agar kislota qoldig‘ining suv molekulalarini qutblash xususiyati kuch­siz bo‘lsa, gidroliz reaksiyasi sodir bolmasligi mumkin. Masalan, barcha kuchli kislotalar anioni (Cl-, Br-, J-, NO3- kabilar) gidroliz jarayonida qatnashmaydi.

Ham kation, ham anion bo‘yicha gidrolizga uchraydigan moddalar

Bunday holda kation va anionlar suv molekulalarini qutblashi natija­sida ularga suvning HO- va H+ zarrachalari birikadi, bu holda chuqur gidroliz sodir bo‘ladi.

Masalan, CH3COONH4 tuzining har bir ioni suvning ionlarini biriktiradi va muvozanat yomon dissotsilanadigan mahsulot (CH3COOH va NH4OH ) lar hosil bo‘lish tomoniga (o‘ng tomonga) siljigan bo‘ladi:

CH3COO- +NH4+ + H2O ⇄ CH3COOH + NH4OH

Metallmas elementlaming o‘zaro hosil qilgan birikmalarida kovalent bog‘li birikmalarining suv molekulalari bilan reaksiyalari tuzlarnikiga qaraganda batamom boshqacha kechadi, masalan:

PCl5 + 4 H2O → H3PO4 + 5 HCl

SiCl4 + 3H2O →  H2SiO3 + 4HCl

Organik moddalardan murakkab efirlar, galogenalkillar, galogenangidridlar, sulfokislotalarning ishqoriy sharoitda sodir bo'ladigan gidrolizi ham qaytmas reaksiyalarda qatnashadi.

Gidroliz jarayonida hosil bollgan kuchsiz kislota va kuchsiz asoslarning dissotsilanish darajasi kichik bo'lishi tufayli eritmada erkin holdagi H+ va HO- ionlari sezilarli miqdorda bo‘lmaydi va eritmaning muhiti deyarli neytral holatda bo‘ladi.

Gidroliz darajasi

Umuman, ko‘pchilik hollarda suvda eritilgan tuz kationi va anioni 100% gidroliz jarayoniga jalb etilmaydi, ya’ni eritmada muvozanat holati yuzaga keladi. Gidrolizda qatnashgan molekulalar ulushi gidroliz darajasi (h) — shu jarayonning muvozanat konstantasi, eritmaning temperaturasi va erigan tuz konsentratsiyasi bilan bog‘liq.

Gidroliz darajasi tuz tabiati, uning eritmadagi konsentratsiyasi va temperaturaga bog‘liq. Har qaysi neytrallanish jarayoni ekzotermik xossaga ega bo‘lganligi sababli, gidroliz reaksiyasi endotermik xususiyatga ega bo'ladi. Shu sababli, gidroliz jarayoni temperatura ortishi bilan tezlashadi (Le Shatelye prinsipiga binoan).

Bundan tashqari, suv molekulalarining elektrolitik dissotsilanishi temperatura ortishi bilan keskin kattalashadi:

'C051015202.5-303540 455055657075...100
h0,120,190.290,450.681,01,472.12.94,05,57,39,6...74

Agar tuz hosil qilgan kislota va asos kuchsiz bo‘lishidan tashqari ulardan bin suvda yomon eriydigan bo'lsa, ikkinchisi esa parchalanib gaz holdagi mahsulot hosil qilsa, gidroliz jarayoni qaytmas xususiyatga ega boladi, ya’ni tuz batamom parchalanadi:

2AICI3 +3Na2CO3 +3H2O → 2AI(OH3 ↓ + 3CO2† + 6NaCl

qisqartirilgan ionli tenglamasi:

2A13+ + 3CO-2+ 3H2O→ 2AI(OH)3 ↓ +3CO2

Shu tarzda gidrolizda qatnashadigan tuzlarga misollar sifatida Al2S3, Al2(SO3)3, Cr2S3 va boshqalami keltirish mumkin.

Gidroliz jarayoni tirik organizmlar hayotida katta rol o‘ynaydi, bu jarayondan kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda, ko‘plab oziq moddalami tayyorlashda keng miqyosda foydalaniladi.

https://cheminfo.uz/kation-boyicha-gidrolizga-uchraydigan-moddalar/
🏷️ Teglar: #anion bo'yicha gidrolizga uchraydigan moddalar #ha kation ham anion bo‘yicha gidrolizga uchraydigan moddalar #Kation bo'yicha gidrolizga uchraydigan moddalar #kimyoni o'rganish #tuzlar gidrolizi