📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Metallarning kuchlanish qatori

Metallarning kuchlanish qatori

Metallarning kuchlanish qatori jadvali

Metallarning kuchlanish qatori standart elektrod potensialini ortib borish tartibidan kelib chiqadi.

1-jadvalda bu kattaliklar 25 °C da suvli eritmalar uchun berilgan.

ElektrodReaktsiyaE0, V
Li+, Li Li+ + e → Li-3.045
K+, K+ + e → K-2.925
Rb+, RbRb+ + e → Rb-2.925
Cs+, Cs Cs+ + e → Cs-2.923
Ra2+, Ra Ra2+ + 2e → Ra-2.916
Ba2+, Ba Ba2+ + 2e → Ba-2.906
Fr+, Fr Fe+ + e → Fr-2.9
Sr2+, Sr Sr2+ + 2e → Sr-2.888
Ca2+, Ca Ca2+ + 2e → Ca-2.866
Na+, Na Na+ + e → Na-2.714
La3+, La La3+ + 3e → La-2.522
Y3+, YY3+ + 3e → Y-2.372
Mg2+, Mg Mg2+ + 2e → Mg-2.363
H+, H H+ + e → H-2.106
Th4+, Th Th4+ + 4e → Th-1.899
Be2+, Be Be2+ + 2e → Be-1.847
U3+, U U3+ + 3e → U-1.789
Al3+, Al Al3+ + 3e → Al-1.662
Ti2+, Ti Ti2+ + 2e → Ti-1.630
Hf4+, Hf Hf4+ + 4e → Hf-1.55
Zr4+, Zr Zr4+ + 4e → Zr-1.45
Ti3+, Ti Ti3+ + 3e → Ti-1.37
Mn2+, Mn Mn2+ + 2e → Mn-1.180
V2+, V V2+ + 2e → V-1.175
Cr2+, Cr Cr2+ + 2e → Cr-0.913
Zn2+, Zn Zn2+ + 2e → Zn-0.763
Cr3+, Cr Cr3+ + 3e → Cr-0.744
Ta3+, Ta Ta3+ + 3e → Ta-0.6
Ga3+, Ga Ga3+ + 3e → Ga-0.549
Fe2+, Fe Fe2+ + 2e → Fe-0.440
Cd2+, Cd Cd2+ + 2e → Cd-0.403
In3+, In In3+ + 3e → In-0.343
Tl+, Tl Tl+ + e → Tl-0.336
Co2+, Co Co2+ + e → Co-0.227
Ni2+, Ni Ni2+ + 2e → Ni-0.250
Mo3+, Mo Mo3+ +2e = Mo-0.200
Sn2+, Sn Sn2+ + 2e → Sn-0.136
Pb2+, PbPb2+ + 2e → Pb-0.126
Fe3+, Fe Fe3+ + 3e → Fe-0.036
2H+ ,H2 2H+ + 2e → H20.00000
Ge4+, Ge Ge4+ + 4e → Ge+0.124

Metallarning aktivlik qatori

Elementlaming elektrod potensiali (elektrkimyoviy qator) dan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:

— jadvalning yuqoriroq qismida joylashgan elementlar osonroq ok­sidlanadi (elektronlarini beradi), ularning ionlari qiyinroq elektronlar qa­bul qiladi (kuchsiz oksidlovchi bo‘ladi);

— har bir metall o‘zidan pastroqda joylashgan elementlar ionini erit­madan siqib chiqaradi. Magniydan yuqoriroqda joylashgan elementlar bu qonuniyatdan istisno, chunki ular birinchi galda suv bilan aktivroq reak­siyaga kirishadi;

vodoroddan yuqoridagi (E° manfiy qiymatga ega bo'lgan) metallar oksidlovchi xususiyatga ega bo'lmagan kislotalar (HCI, CH3COOH, suyuq H2SO4 va boshqalar) eritmalaridan vodorodni siqib chiqaradi;

— vodoroddan pastroqda joylashgan (E° musbat qiymatga ega bo'lgan) metallar oksidlovchi xususiyatga ega bo'lmagan kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi;

— elektrod potensiali neytral sharoitda vodorodnikidan ancha kichik bo'lgan metallar (ishqoriy va ishqoriy-yer metallari) suvdan vodorodni siqib chiqaradi.

Magniy vodorodni issiq suvdangina siqib chiqara oladi.

🏷️ Teglar: #kimyoni o'rganish #metallarning Aktivlik qatori #metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori #Metallarning kuchlanish qatori jadvali