Kalsiy va magniyning tabiatda uchrashi, davriy sistemadagi oʻrni

Kalsiy va magniyning tabiatda uchrashi. Kalsiy va magniy tabiatda juda koʻp tarqalgan elementlardandir. Yer qobigʻini magniy 3,35% ni, kalsiy 3,5% ni tashkil etadi. Kalsiy magniyga nisbatan aktiv, stronsiy, bariy, radiyga nisbatan passiv element hisoblanadi. Kalsiyning eng muhim birikmalariga: boʻr, marmar, oxaktosh - CaSO3, dolomit - CaCO3*MgCO3, gips - CaSO4*2H2O, fosfarit va apatit Ca3(PO4)2, alibastr - CaSO4*nH2O, ftorapatit - Ca5(PO4)3F, asbest - CaO*MgO*4SiO2 kabi birikmalar tariqasida uchraydi. Magniy ishqoriy yer metallar qatorida berilliydan soʻng aktiv, boshqalarga nisbatan eng passiv element hisoblanadi. Magniy esa: magnezit - MgCO3, dolomit - CaCO3*MgCO3, taxir tuz MgSO4*7H2O, 3Mg*4SiO2*H2O - talk, asbest -CaO*MgO*4SiO2 suv tarkibida Mg(HCO3)2 tariqasida uchraydi. Oʻzbekistonda 20ga yaqin marmar konlari mavjud boʻlib, hozirgi kunda Gʻozgʻon, Nurota, Zirband konlaridan qazib olinmoqda. Fosfat zahiralari esa Markaziy Qizilqumdagi Qoraqat konida va Shimoliy Jettov konlarida jamlangan.
Ca va Mg elementlarining davriy sistemadagi oʻrni. Ca va Mg elementlari davriy sistemada 2-guruhning asosiy guruh elementi hisoblanadi. Ularning eng sirtqi qavatidagi elektronlar soni 2 ta boʻlib ikkalasi ham S elementlar oilasiga kiradi. Ca va Mg elementlarini oksidlanish darajasi +2 hamda, valentligi ham 2 ga teng, kislorodli birikmasi CaO, MgO, vodorodli birikmasi bor, atom tuzilishi Ca +20)2)8)8)2; Mg +12)2)8)2 Ca ning p=+20; e=-20; n=20. Mg p=+12; e=-12; n=12. Ca ning elektron konf. 1S22S22P63S23P64S2; Mg ning electron konf. 1S22S22P63S2.
Ca va Mg ni fizik xossalari. Ca va Mg kumushsimon oq rangli, yengil. Havoda oksid parda bilan qoplanganligi sababli ichki qismini yemirilishdan saqlaydi. Kalsiy magniyga nisbatan faol va ishqoriy tabiati kuchli boʻlganligi sababli kerosin ostida saqlanadi. Zichligi: Mg=1,74, Ca=1.55 metall; Ca Ts0S= 838,Mg Tc0S= 650˚; Tq0S Ca=1480, Tq0S Mg=1090˚ Ikkalasi ham ishqoriy yer metall.
Kimyoviy hossalari. Mg havoda oksid parda bilan qoplangani sababli reaksiyaga kirishi ancha sekin. Ca esa kuchli qaytaruvchi xususiyatga ega. Lekin ikkalovi ham bir xil moddalar bilan reaksiyaga kirishadi.
Mg+Cl2→MgCl2; Mg+S→MgS; Mg+2HCl→MgCl2+H2;
Mg+H2O→MgO+H2; Mg+H2→MgH2; 2Mg+O2→2MgO
Ca+Cl2→CaCl2; Ca+S→CaS; Ca+2HCl→CaCl2+H2;
Ca+H2O→Ca(OH)2+H2; Ca+2HCl→CaCl2+H2; 2Ca+O2→2CaO
CaC12→Ca+C12; MgCl2→Mg+Cl2
Ca va Mg ning inson organizmi uchun ahamiyati. Kalsiy va magniy moddalari inson organizmi uchun juda ahamiyatli.
- Inson organizmidagi suyakning 80% qismini kalsiy tashkil etadi.
- Magniy va kalsiy hayotning barcha shakllari uchun muhim ahamiyatga ega.
- Kalsiy va magniy birikmalari harakat-tayanch sistemasining asosini tashkil etadi.
- Kalsiy disbalansi allergik kasalliklar kelib chiqishiga, suyak kasalliklariga olib keladi.
- Magniy muskul toʻqimasida 0,09%, ilikda 0,07-0,18 %, qonda 37,8 mg miqdorda boʻladi.
- Qonning ivishi, fermentlar faolligi ham kalsiy bilan bevosita bogʻliq.

| Ca | Mg |
| 1) asbest | 1) yorituvchi raketalar |
| 2) alibastr | 2) qotishmalar tayyorlashda |
| 3) gips | 3) olov signallari |
| 4) oxak | 4) dorilar |
| 5) marmar | 5) fotografiyada |
| 6) dorilar | 6) mayoqlar tayyorlashda |
| 7) rezina | |
| 8) boʻyoq | |
| 9) tish pastasi | |
| 10) optik asboblar |
Birikmalari. Kalsiy oksidi. Kalsiy oksidi kalsiyni kislorodli muhitda kuydirib yoki sanoatda oxaktoshni yuqori temperaturada parchalab olinadi.
2Ca +O2= 2CaO; CaCO3→CaO+CO2
Karbonatlarni kuydirishda olingan kalsiy oksidi oq tusli, amorf shaklidagi kukun, 25800C da suyuqlanadi. U suv bilan odatdagi sharoitda, kislotali va amorf oksidlar bilan qizdirilganida reaksiyaga kirishadi.
CaO+H2O=Ca(OH)2+Q
Bu reaksiya issiqlik hosil boʻlishi bilan boradi. U xalq xoʻjaligida eng koʻp ishlatiladigan modalardan biridir.
CaO +SiO2=CaSiO; CaO+Al2O3=Ca(AlO2)2
Kalsiy gidrooksid. Uning suvdagi eritmasini oxakli suv yoki oxak suti deb ham atashadi, gʻovaksimon tuzilishga ega, oq rangli. Uning suvdagi eritmasi kuchli ishqoriy xususiyatga ega. U kislotalar, kislotali oksidlar, tuzlar bilan reaksiyaga kirishadi.
Ca(OH)2+2HCl=CaCl2+H2O;
Ca(OH)2+CO2+H2O=Ca(HCO3)2;
Ca(OH)2+CO2=CaCO3+H2O;
Ca(OH)2+SO3=CaSO4+2H2O;
Ca(OH)2+CuCl2=CaCl2+Cu(OH)2;
Xlorli oxak. Kalsiy gidrooksid xlor bilan reaksiyaga kirishib, xlorli oxak hosil qiladi va u esa zararli mikroblarni oʻldirishda qoʻllaniladi.
Ca(OH)2+2Cl2=CaCl2+Ca(OCl)2+H2O
Gips. Tabiatda uchraydigan gips CaSO4*2H2O tarkibiga ega. Uni qizdirib, alibastr (kuydirilgan gips) olinadi.
2[CaSO4*2H2O] →CaSO4*H2O+3H2O - alibastr.
Alibastr qurilishda, tibbiyotda keng qoʻllaniladi.
Kalsiy va Magniy haqida to'liq malumotlar