Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining sinflashtirilish

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining sinflashtirilish
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini 4 sinfga bo‘linadi:
- Atomlararo yoki molekulalararo oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari:
O2+S→ SO2
3 Cu + 8 HNO3 → 3 Cu(NO3)2 + 4 H2O + 2 NO
MnO2 + 4HCl → MnCl2 + Cl2 + 2H2O
Bu reaksiya tenglamalarida oksidlovchi moddalar birinchi holatda yozilgan, ikkinchi moddalar esa qaytaruvchilardir. Bunday reaksiyalarda elektron almashinish jarayoni ikkita modda (atom, molekula) orasida sodir bo'ladi.
Oksidlovchining oksidlanish darajasi pasayadi, qaytaruvchiniki esa ortadi.
2. Ichki molekular oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Bunday reaksiyalarda yagona modda tarkibida ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi modda bo'lib, reaksiya shu zarrachalar orasida sodir bo'ladi. Masalan:
2KMnO4
K2MnO4 + MnO2 + O2
Bunday reaksiyalarda elektron almashinish jarayoni bir molekulaning o ‘zidagi zarrachalar orasida sodir bo'ladi.
3. Disproporsiyalanish reaksiyalari
Bunday jarayonlarda bir element o ‘zining oraliq oksidlanish darajasidan ikki xil—biri yuqori roq, ikkinchisi kichikroq oksidlanish darajasi holatiga o'lishi kuzatiladi. Masalan:
2 H2O2 → 2 H2O-2 + O2 0
Vodorod peroksid tarkibidagi kislorod atomi oksidlanish darajasi — 1 holatdan nolga qadar ko'tarildi (qaytarildi), ikkinchisida esa, oksidlanish darajasi —2 ga qadar pasaydi (oksidlandi). Bunday reaksiyalarda qatnashadigan moddalardagi elementning oksidlanish darajasi shu elementga xos bo'lgan oksidlanish darajalarning oraliq holatidan birida bo'lishi kerak.
Disproporsiyalanish reaksiyalari misollar
Masalan, azot oksidi (IV) ning suv bilan o'zaro ta'siri reaktsiyasi:
2NO2 + H2O → HNO3 + HNO2
yoki kaliy xloratning parchalanish reaktsiyasi:
4KClO3
KCl + 3KClO4
Ayrim disproporsiyalanish reaktsiyalari faqat muhitning ma'lum pH darajasida sodir bo'ladi. Masalan, yod, oltingugurt faqat ishqoriy muhitda disproporsiyalanish reaktsiyalariga ega:
3I2 + 6NaOH
5NaI + NaIO3 + 3H2O