📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Koordinatsion birikmalar ahamiyati

Koordinatsion birikmalar ahamiyati

Koordinatsion birikmalar ahamiyati

Koordinatsion birikmalarning miqdori Sizga tanish bo'lgan organik va anorganik tabiatga ega bo'lgan moddalarning soniga qaraganda bir necha ming marta ko‘proqdir, ularni yangi-yangi turlarini sintez qilish imkoniyatlari cheklanmagan. Ularning hayot uchun va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati juda katta. Temir(II) ionining tirik organizmlarda kislorod tashuvchi qizil qon tanachasi tarkibiga kirishi, yashil o'simliklardagi xlorofill tarkibini tash­kil etishda qatnashadigan magniy ionining ahamiyati sizlarga malum.

Organizmda sodir boʻladigan jarayonlarda qatnashuvchi biologik katalizatorlar (fermentlar)ning ion kofaktorlarini keltirib chiqarishda turli metall ionlarining roli juda ham katta.
Quyida koordinatsion birikmalar hosil boʻlishi yoki ularning ishtirokida amalga oshadigan jarayonlarni sanab o'tamiz:
-fotografiya jarayonida fotoplyonka va fotoqog'ozlarning jelatina qatlamidagi kumush galogenidlarini eritmaga o'tkazishda;

O'zbek kimyogar olimlari

Azizov Mannon Azizovich (1913-1987) O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ixtirochi. M. A. Azizov yaratgan ilmiy maktab olimlari yangi koordinatsion birikmalarni olish usullarini ishlab chiqish va ular orasidan yangi fiziologik faol moddalarni yaratish ustida ish olib borishdi. Hozirgi kunda Koamid, Kobalt-30, Feramid, Kupir preparatlari qon kasalligi (anemiya), sil va boshqa kasalliklarga qarshi qo'llanilmoqda.
Shu ilmiy maktab olimlari kelajakda yangi-yangi dorivor koordinatsion birikmalar hosil qilish ustida izlanishlarni davom ettirishmoqda.
Parpiyev Nusrat Ag'zamovich (1931-yilda tavallud topgan), 1995-yilda O'zRFAning haqiqiy a'zosi, mamlakatimizda anorganik kimyo fanining koordinatsion birikmalar sohasida ilmiy-tadqiqot olib boruvchi kimyogarlar maktabini yaratdi. Izdoshlari bilan birga ko'pgina oraliq metallarning ming- dan ortiq yangi koordinatsion birikmalar sintezini amalga oshirdi. Ularning tuzilishini, fizik-kimyoviy xossalarini, biologik xususiyatlarini, turli reaksiya- larda katalizator bo'lish imkoniyatlarini o'rganish kabi amaliy xossalarini aniqlash ustida izlanishlar olib bormoqda.

Koordinatsion birikmalarning ishlatilishi

— «qattiq» suvlarni yumshatish uchun kalsiy va magniy ionlarini bogʻlash maqsadida turli kompleksonlar qo'llanadi;

— alkenlarni alkanlargacha gidrogenlashda, dikarbon kislotalarni dekarboksillashda, alkenlarni polimerlashda (masalan, etilenni polimer- lashda Sigler-Natt katalizatori TiCI4 AI(CH3)3, turli metallar qoʻllanadi. Ular reaksiyaga qatnashuvchi boshlang'ich moddalar bilan oraliq aktiv komplekslar hosil qilishadi;

— atsetilenni sirka aldegidga aylantirishda, alkenlarni va alkanlarni izomerlashda, ketonlarni va vinil efirlarni olishda Ru, Rh, Co, Pt, Pd, Hg va boshqa ko'plab metallarning aktiv birikmalari qoʻllanadi;

— dorivor moddalar vitamin B12, kobaltamin, sitoxrom C, temir(III) ionining glitserofosfati, temir(II) ionining laktati, feramid, ferrotseron, koamid, oltin ionini tutgan birikma krizanol va boshqa ko'pgina birikmalarning tibbiy ahamiyati juda katta;

— analitik maqsadlarda ko'pchilik kimyoviy elementlar miqdorini kolorimetrik usulda aniqlashda;

— bo'yoq moddalar tayyorlashda;

— metallarni bir-biridan ajratishda va ularni yuqori darajada toza hoida (VIII gruppadagi nodir metallar, lantanoidlar, oltin, kumush va boshqa metallar) olishda;

— galvanoplastika va galvanostegiyada ishlatiladi.Koordinatsion birikmalarning kimyoviy xossalari oddiy birikmalarnikiga qaraganda tubdan farq qilishi quyidagilar bilan bogʻliq:

— faqat bitta metall ionining turli valentlik holatlari uchun ko'pdan- ko'p ligandlar bilan hosil qilgan birikmalarining tarkibi turli-tuman boʻlishi natijasida koordinatsion birikmalar sonini cheklab boʻlmaydi;

— oddiy moddalarnikiga qaraganda ularning geometrik tuzilishi murakkabroq bo'ladi; zarrachalar geometriyasi modda tarkibiga qarab oʻzgaradi;

koordinatsion ion turg'unligi markaziy atom va ligandlar xususiyati bilan murakkab qonuniyatlar orqali bog'langan bo'lib, ionning magnit va optik xossalari uning tarkibi va geometrik xossasiga qarab o'zgarib turadi; oddiy ionning xususiyati undan hosil qilingan koordinatsion birikmalaridan keskin farq qiladi;

koordinatsion ionlarda izomeriya hodisasi keng tarqalgan;

— markaziy atomga birikkan ligandlar erituvchi m olekulalari yoki boshqa molekulalar bilan tez (labil birikmalar) yoki sekin (inert komplekslar) almashinishi mumkin;

— markaziy atom sifatida faqat metall (s-, p-, d- va f-orbitalli) ioni bo'lib qolmasdan, ular valentligi nolga teng boʻlgan metallar (masalan, dibenzolxrom, Cr(CO)6 xromgeksakarbonil, [Ni(CO)4] nikeltet- rakarbonil va boshqalar), oksidlanish darajalari manfiy (NH4+ da-3 ga teng), musbat (SO4-2 da S+6, PF6- da P+5) qiymatlariga ega boʻlgan metallmaslar ham bo'ladi;

— ligandlar sifatida neytral molekulalar, manfiy zaryadli kislota qoldiqlar anionlari (O2, O2-2, H¯), musbat zaryadli (NH4+) yoki vodorod ionlari (H+) boʻlishi mumkin;

— koordinatsion birikma hosil qilishda faqat yagona markaziy atom emas, balki 2 ta yoki undan ham ko'proq atomlar ham qatnashgan (poliyadroli birikmalar) boʻlishi ko'p kuzatiladi.

🏷️ Teglar: #Koordinatsion birikmalar ahamiyati #Koordinatsion birikmalarning ishlatilishi #O'zbek kimyogar olimlari