📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Koordinatsion birikmalarda izomeriya hodisasi

Koordinatsion birikmalarda izomeriya hodisasi

Koordinatsion birikmalarda izomeriya hodisasi

Bu xususiyat organik birikmalardagi kabi keng tarqalgan. Izomerlar xossalarining tadqiqoti birikmalarning geometrik tuzilishini aniqlashga imkon beradi.

Izomeriya turlari o‘ndan ortiq, biz ularning ba’zilariga to‘xtalamiz.

1. Geometrik izomeriya tekis kvadrat yoki oktaedr shakliga ega bo'lgan koordinatsion birikmalarda uchraydi. Koordinatsion soni 4 ga teng bo'lgan birikmalarda 4 ta ligand ikki xil tabiatli bo'lganda yuzaga kelib chiqadi, ular kvadrat tekislikda ikki xil sis- va trans-izomerlar holida joylashadi (1-rasm).

Bu izomerlar bir-biridan fizik va kimyoviy xossalari bilan farq qiladi.
Tetraedr tuzilishiga ega bo'lgan koordinatsion birikmalar bunday izomeriyaga ega bo'lmaydi.

Dixlorodiammin platina(II) ning sis-(a) va trans(b) izomerlari.

2. Ko‘zgu izomeriya eng kamida ikkita bidentat ligandga (masalan, En, oksalat kislota anioni, aminokislotalar va shularga o‘xshashlar) ega bo'lgan oktaedrik va tetraedrik birikmalarga xos bo'ladi.

Misol tariqasida [Co(En)2Cl2]Cl (dixlorobisetilendiamin) kobalt(III) xloridni ko‘rib chiqamiz.

2-rasmda keltirilgan ko‘zgu izomerlar biri ikkinchisiga ko‘zgudagi aksi kabi bo'ladi:

Dixloro(bis)etilen- diaminkobalt(III) ionining optik izomerlari (formulalar orasidagi uzlukli vertikal chiziq ko'zgu tekisligini bildiradi). Molekulalarning ikkita optik izomerlari bir-biri ustiga tushmaydigan koʻzgudagi aksi boʻladi.
Dixloro(bis)etilen- diaminkobalt(III) ionining optik izomerlari (formulalar orasidagi uzlukli vertikal chiziq ko'zgu tekisligini bildiradi). Molekulalarning ikkita optik izomerlari bir-biri ustiga tushmaydigan koʻzgudagi aksi boʻladi.

Bu rasmdagi En yoyi bidentat ligand.

Bunday izomerlarda kimyoviy farq yo‘q, ular faqat qutblangan nur oqimining tebranish tekisligini turli tomonga buradi, bunday moddalar ikki xil asimmetrik kristallar hosil qilib kristallanadi, ular kristallarini bir- biridan mexanik usulda ajratish mumkin.

3. Ionlanish izomeriyasi birikmadagi ichki va tashqi sferadagi ionlar o‘zaro o‘rin almashinishi natijasida yuzaga kelib chiqadi.

Masalan, [Co(NH3)5Br]SO4 va [Co(NH3)5SO4]Br larni birinchisining eritmasi Ba2+ ioni tutgan modda eritmasi bilan aralashtirilganda BaSO4 cho ‘kmasi, ikkinchisi esa kumush nitrat bilan oq cho‘kma hosil qiladi. Bu moddalarning eruvchanligi, ular kristallarining rangi va kimyoviy xossalarida farq kuzatiladi.

4. Koordinatsion izomeriya kation va anion tabiatli ichki sferalardan tashkil topgan birikmalarda kuzatiladi. Masalan, tarkibi [Cu(NH3)4]SO4 va K2[P tC l4] bo'lgan to‘yingan eritmalami aralashtirilganda [Cu(NH3)4][PtCl4] tarkibli birikmani cho‘kma holida (uning eruvchanligi boshlang'ich mod ­dalarnikidan kichik bo'lishi sababli) ajratib olish mumkin. Unga izomer bo'lgan [CuCl4]Pt[NH3)4] birikma mavjud.

5. Gidrat izomeriya ichki va tashqi sferada suv molekulalarining turlicha taqsimlanishi natijasida yuzaga kelib chiqadi. Masalan, ko‘k-binafsha rangli (Cr(H2O)6]Cl3 dan to‘q-yashil rangli [Cr(H2O)5Cl]Cl2• H2O va undan och-yashil rangli [Cr(H2O)4Cl2]Cl • 2H2O ga o‘tishda moddalarning faqat ranglarigina emas, ular dissotsilanganda hosil bo'ladigan koordinatsion ionlar zaryadi va dissotsilangan xlor ionlari miqdori turlicha bo'ladi.

  1. Koordinatsion polimeriyaga misol sifatida sis- va trans-izomerlarga ega bo'lgan [Pt(NH3)2Cl2] uchun uning dimerlari [Pt(NH3)3Cl][Pt(NH3)Cl3] va trimer [Pt(NH3)3Cl]2 • [PtCl4] larni keltirish mumkin.
  1. Tuz izomeriyasi ichki sferadagi murakkab ligandlar bir-biridan farq qiluvchi donor atomlari orqali markaziy atom bilan koordinatsiyalangan hollarda kuzatiladi.
    Masalan, [Co(NH3)5NO2]( NO3)2 (ksantotuz) va [Co(NH3)5ONO](NO3)2 (izoksantotuz)larda ligand markaziy atom ga ONO- dagi kislorod atomi orqali, yoki NO2-da azot atomi orqali birikkan bo'lishi natijasida xossalari turlicha bo'lgan birikmalar hosil bo'lishi aniqlangan.
  1. Elektron izomeriya tarkibi bir xil bo'lgan birikmalarda markaziy atomning oksidlanish darajasi farq qilishi natijasida moddalar xossasi ham turlicha bo'ladi. Tarkibi [Co(NH3)5NO]Cl2 bo'lgan ikkita birikma — biri paramagnit xususiyatga ega bo'lib, rangi qora tusli, ikkinchisi esa qizil rangli diamagnit xususiyatga ega.
🏷️ Teglar: #koordinatsion birikmalar izomeriyasi #koordinatsion birikmalar kimyosi #koordinatsion birikmalar turlari #Koordinatsion birikmalarda izomeriya hodisasi #koordinatsion birikmalarda izomeriya turlari