Koordinatsion birikmalar haqida

Koordinatsion birikmalar
Anorganik kimyo kursida tanishib chiqqan birikmalarning tarkibini stexiometrik qonuniyatlar asosida tushunish qiyin emas.
Deyarli hamma metall ionlari ishtirokida hosil bo‘ladigan koordinatsion birikmalar sizga tanish bo'lgan birikmalarga nisbatan murakkab tarkib va turli-tuman xossalari bilan ajralib turadi. Masalan, PtCl4 ning ammiak bilan hosil qiladigan birikmalari [Pt(NH3)6]C14, [Pt(NH3)5C I ]Cl3, [Pt(NH3)4Cl2l]Cl2, [Pt(NH3)3Cl3]Cl va [Pt(NH3)2Cl4] tarkibga ega bo‘lib, ular suvda eritilganda turli miqdorda ionlar hosil bo‘ladi (keltirilgan birikmalar uchun tegishli tartibda 5, 4, 3, 2 ta ionga dissotsilanadi, oxirgi birikma ionlarga dissotsilanmaydi).
Bunday moddalar formulalarida metall ioni (Pt4+) markaziy atom va uning atrofida ligandlar deb ataladigan zarrachalar (molekula, ion yoki boshqalar) koordinatsiyalangan bo'ladi.
Markaziy atom va uning ligandlari birgalikda koordinatsion birikmaning ichki sferasida, undan tashqarida esa tashqi sfera zarrachalari (kationlar, anionlar yoki molekulalar) joylashadi.
Ligandlar soni ayni koordinatsion birikmadagi markaziy atomning koordinatsion sonini aks ettiradi. Ularning soni 2 - 1 2 chegarasida bo'ladi.
Koordinatsionson qiymatimarkaziy atomning valentligiga qarab o‘zgaradi. Markaziy atom va ligandlar hosil qilgan birikmalarning xossalari boshlang‘ich moddalarnikidan farq qiladi. Koordinatsion birikmalar stexiometriyasi murakkab bo‘lsa ham , undagi zarrachalarning oksidlanish darajalari yiglindisi nolga teng bo‘ladi. Shu bilan birga koordinatsion ion zaryadi bilan markaziy atom zaryadlari har doim ham bir xil bo‘lavermaydi.
Koordinatsion zarracha (ichki sfera) markaziy atom , ligandlar soni, ularning zaryadlari qiymatiga qarab kation, anion yoki neytral holatda bo‘lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan platina birikmalarida ammiak va xlor ionlari birik malarning ligandlari bo'lib, barcha birikmalarda markaziy atom ning oksidlanish darajas i + 4 ga, koordinatsion son qiymati hamma birikmalarda 6 ga teng. Ichki sfera (koordinatsion zarracha) zaryadi esa (yuqoridagi birikmalarda tegishli ravishda + 4 , + 3 , + 2 , +1 va 0) oddiy, sizga ma’lum bo‘lgan usulda hisoblanadi.
Ligandlarning markaziy atom atrofida joylashishi ularning simmetriyalari, koordinatsion ionning zaryad ishorasi va kattaligi ayni moddaga xos xususiyatlarni shakllantiradi. Ko‘pchilik birikmalarda geometrik tuzilishi chiziqli (koordinatsion son 2 ga teng), tetraedr yoki yassi kvadrat (koordinatsion son 4), oktaedr (koordinatsion son 6 ) yoki boshqa xillari bo'lishi mumkin.
Ligandlar turlari
Ligandlar sifatida quyidagi zarrachalar bo‘lishi mumkin:
— kislota qoldiqlari (bunday ligandli birikmalar atsidokomplekslar deb a ta l a d i ) — F -, Cl-, B r-, I-, CN- , S-2, OH-, NO2- , SO3-2, SO4-2, C2O4- 2 va boshqalar;
— neytral molekulalar: H2O(akvabirikmalar), NH3 (ammiakatlar), C6H5N, R - NH2, R2NH (aminobirikmalar), NH2—CH2- CH2-NH2 (etilendiamin qisqacha En ko‘rinishida yoziladi), CO (karbonillar)
— oz miqdordagi birikmalarda manfiy oksidlanish darajali markaziy atom atrofida musbat zaryadli ligandlar koordinatsiyalana — [NH4]+, [H2F]+, [PH4]+.
Ba’zi markaziy atom atrofida ligandlarning egallagan o‘rinlar soni (dentatligi) yoki koordinatsion sig‘imi o‘zgaruvchan (masalan, SO4-2, NO3-, R -COO- lar bir yoki ikki sig ‘imli) yoki birdan ortiq bo‘lishi mumkin : aminokislotalar, diollar, glitserin, En, S2O4-2 lar ikki dentatli bo‘lsa, NH2— CH2— CH2— NH — CH2— SH2— NH2 (di- etilentriamin), trietilen tetraminlar te gishli ravishda uch va to‘rtdentatli bo'ladi. Quyidagi etilendiamintetrasirka kislota (EDTSK ) geksadentat holatida koordinatsiyada qatnashishi mumkin.

Markaziy atom vazifasini katta davrlarning oraliq d - elementlar ionlari, ba’zan metallmaslar (ammoniy ionida N-3, H [PF6] da P+5, H[BF4] da B+3 va boshqalar) ba’zan neytral holdagi metall atomlari bajarishi mumkin.