📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Koordinatsion birikmalar turlari

Koordinatsion birikmalar turlari

Koordinatsion birikmalar turlari

Koordinatsion birikmalar turlari kislota, asos, tuz , ba’zilari esa neytral (noelektrolit) va boshqa xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin.
Quyida bir necha misollar keltiramiz:

  • kislotalar: H4[Fe(CN)6], H2[BeF4], H[BF4], H[PF6], H₂[SiF6];
  • asoslar: [Cu(NH3)4](OH)2, [Ag(NH3)2]OH, [Ni(NH3)6](OH)2
  • tuzlar: K3[AIF6], Na4[PICI6], K3[Fe(CN)6], K4[Fe(CN)6;
  • noelektrolitlar: [Pt(NH3)2CI2], [Pt(NH3)2CI4], [Ni(CO)4];
  • gidroksibirikmalar: Na[Be(OH)4], K3[AI(OH)6], Na2[Sn(OH)6] va boshqalar;
  • aralash turlar: [Pt(NH3)4CI2]SO4, [Co(NH3)2CI]NO3, [Pt(NH3)2(H2O)2]CI4, va hokazo.
  • ko'p yadroli birikmalar:

π-komplekslar ligandlarning qo‘sh bog‘i bilan markaziy atomning d-orbitallari orqali birikishi natijasida yuzaga kelib chiqadi. Oksidlanish darajasi +2 bo‘lgan oraliq metallar ionlari siklopentadiyenil ionlari (C5H5-) bilan «sendvich» strukturasiga ega bo'lgan birikma — metall- otsenlarni hosil qiladi. Metallotsenlar ravshan rangli birikmalar bo‘lib, metall ionining elektron konfiguratsiyasi nodir gaznikidek bo'lganda (1-rasm ) turg'un bo‘lib, 400 °C gacha parchalanmaydi. Bunday birikma­larda aromatik xususiyat, masalan, vodorod atomi elektrofil reagentlar (sulfolash, Fridel-Krafts reaksiyasi bo‘yicha atsillash reaksiyalar) bilan o‘rin almashinadi;

Ba’zi ditsiklopentadiyenilmetal(II) larning fazoviy tuzilishi.
Ba’zi ditsiklopentadiyenilmetal(II) larning fazoviy tuzilishi.

dativ bog‘li koordinatsion birikmalarda markaziy atomning bog‘ hosil qilishda qatnashmagan d-orbitali bilan ligandning π -orbitali orasidagi qoplashishi natijasida markaziy atom dagi elektron bulutining zichligi ligandning π -orbitaliga siljiydi va shu vaziyat tufayli mustah kam π- dativ bog‘ hosil bo‘ladi. Aniqlanishicha , erkin holdagi C ≡ O molekulasida va uning karbonillarida ligandning atomlari oralig‘idagi masofa (r) va bog‘ning kuch konstantasi (k) quyidagicha bo‘lar ekan:

r qiymati kamayib, k qiymati ortganda atomlar orasidagi bog' mustahkamlanadi. Nikel atomining elektron buluti zichligi C≡ O tomon siljiganidagina yuqorida keltirilgan vaziyatni tushuntirish mumkin;

izopolikislotalar VB va V IВ gruppachasidagi elem entlarning yuqori oksidlanish darajadagi oksidlariga shu kislota angidridlari bilan hosil qilgan birikmalari sifatida qarash mumkin

Xromat kislotaning (a) izopolikislotalari- dixromat (b) ionlarining fazoviy tuzilishi.
Xromat kislotaning (a) izopolikislotalari- dixromat (b) ionlarining fazoviy tuzilishi.

Shunday birikmalarni hosil qilishda xromdan tashqari volfram, molibden (V IВ gruppacha elementlari), vanadiy, niobiy ham tantal (VB gruppacha elementlari) kabi eng yuqori oksidlanish darajasiga ega bo'lgan ba’zi elementlargina ishtirok eta oladi.

geteropolikislotalar ba’zi kislorodli kislotalarda kislorod atomlarining barchasi yoki ma’lum qismi boshqa kislorodli kislotalarining qoldiqlari bi­lan almashganda hosil bo'ladi: H3PO4 ning digidrati H7[PO6] da 6 ta O2- 6 ta H2Mo2O7 (dimolibdat kislota) qoldig'i bilan almashsa, H7(P(Mo2O7)6] 5 ta O-2 almashsa H7[PO(Mo2O7)5], boshqa vaziyatda H7[ PO3(Mo2O7)3] geteropolikislotalar hosil bo'ladi;

— xelat koordinatsion birikmalarda ko‘p dentatli ligand markaziy atomga ikkita yoki undan ko‘proq funksional gruppalar orqali bog'lanib, 5 yoki 6 a’zoli yopiq zanjir hosil qiladi. Masalan, mis (II) gidroksid glikol yoki glitserin bilan ravshan ko‘k rangli, turg‘un bo'lgan birikma eritmasini hosil qiladi.

Markaziy atomning valen tligi (yoki oksidlanish darajasi) bilan uning koordinatsion soni orasida ko‘pincha quyidagi munosabatlar kuzatiladi:

Markaziy atomning oksidlanish darajasi1234
Koordinatsion son (qavslar ichida kamroq uchraydigan qaymatlar)24(6)6(8)8
Markaziy atom bilan ligandlaming fazoviy geometriyasichiziqlitetracdr. yassi kvadrat (oktaedr)oktaedr(kub)kub yoki boshqa holatlar
🏷️ Teglar: #kimyoni o'rganish #koordinatsion birikmalar kimyosi #koordinatsion birikmalar turlari #koordinatsion birikmalarning turlari