📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Koordinatsion birikmalarning nomlanishi

Koordinatsion birikmalarning nomlanishi

Koordinatsion birikmalar nomenklaturasi

Koordinatsion birikmalar nomenklaturasining asosi oddiy moddalarnikiga o‘xshash. Nazariy va amaliy kimyoning xalqaro birlashmasi (IYUPAK) tavsiya etgan qoidalari qisqacha quyidagilardan iborat:

  1. Oldin kation, oxirida anion nomi aytiladi.
  2. Ligandlarni nomlash tartibi quyidagicha bo'ladi: oldin manfiy zaryadlisi, keyin neytral holdagisi, oxirida esa musbat zaryadli ligandlar nomlanadi (ularni har birining chegarasida oldin soddalari, keyin murakkablariga o'tiladi).
  3. Kislota qoldig'i nomiga «O» harfi qo'shiladi.
  4. Markaziy atomning oksidlanish darajasini uning nomidan keyin qavs ichida rim raqami bilan yoziladi.
  5. Ligandlar sonini yunoncha raqamlar orqali ifodalanadi. Kompleks ion nomi bitta so'z holida yoziladi.

Koordinatsion birikmalarning nomlanishiga misollar

Quyida bir necha misollar keltiramiz:

[Ag(NH3)2]Cl-diamminkumush (1) xlorid;

K2[CuCI4] - kaliy tetraxloromis(II);

[Cr(NH3)6]Cl3 - geksaamminxrom(III) xlorid;

K₂[Pt(NO2)2CI2] - kaliy dixlorodinitroplatina(II);

[Pt(NH3)4NO2Br](NO3)2 -bromonitrotetraamminplatina(IV) nitrat;

K4[Ni(CN)4] - kaliy tetratsianonikel (0);

K2[Be(OH)4] — kaliy tetragidroksoberillat (II).

🏷️ Teglar: #kimyoni o'rganish #Koordinatsion birikmalar nomenklaturasi #koordinatsion birikmalar sinflanishi #Koordinatsion birikmalarning nomlanishi #koordinatsion birikmalarning sinflanishi