📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Disaxaridlar – Saxaroza haqida

Disaxaridlar – Saxaroza haqida

Suvli eritmada gidrolizlanganda bir molekulasidan ikki molekula monosaxarid hosil bo ‘ladigan saxaridlar disaxaridlar deyiladi.
Tabiiy disaxaridlar lavlagi yoki shakarqamish shakari — saxaroza, solod shakari — maltoza, sut shakari — laktoza va sellobioza hisoblanadi. Bu disaxaridlaming umumiy formulasi — C12H20O11 bo'lib, bulardan eng ahamiyatlisi saxarozadir.

Saxaroza

Saxaroza (shakarqamish yoki lavlagi shakari) — oddiy monosaxaridlar glyukoza va fruktoza qoldiqlarining birikishi­ dan hosil bo‘lgan. Buning isboti sifatida saxarozaning suvli eritmasi kislotalar ishtirokida qizdirilsa, ikki xil moddaga aylanadi. Ulardan biri Cu(OH)2 va Ag2O ning ammiakli eritmasi bilan ta’sirlashadi, ya’ni aldegid gruppaga ega bo’lgan modda.
Ikkinchisi bunday xususiyatni namoyon etmaydi. Ko'rinib turibdiki, saxaroza suvli eritmada gidrolizlanib, glyukoza va fruktozani hosil qiladi:

Disaxaridlar – Saxaroza haqida

Saxaroza qand lavlagi (16—20%), shakarqamish (14—26%), mevalar va qovun tarkibida bo'ladi.
Saxaroza oq shaffof kristall modda bo'lib, 160°C da suyuqlanadi. Saxaroza gidrolizlanganda teng miqdordagi glyukoza va fruktoza aralashmalariga aylanadi. Bu aralashma qutblangan burning qutblanish tekisligini chapga buradi. Saxarozaning
gidrolizlanishi shakar inversiyasi deyiladi. Shakarning gidrolizi (inversiyasi) natijasida hosil bo ‘Igan teng miqdordagi glyukoza va fruktoza aralashmasi “inversiyalangan shakar” deyiladi:

 C12H22O11(saxaroza) + H2O (H+, t) kkm C6H12O6 (α-glyukoza) + C6H12O6 (β-fruktoza)

Tabiiy inversiyalangan shakarga “asal” misol bo'ladi. Asalda bir vaqtning o'zida glyukoza va fruktoza birgalikda 80% mavjud bo'lib, saxaroza oziq-ovqat mahsuloti sifatida katta ahamiyatga ega.

Sanoatda saxaroza ishlab chiqarish

Saxaroza — shakar sanoatida qand lavlagi va shakar qamishdan toza holda ajratib olinadi. Bu jarayon quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:

  1. Tozalangan qand lavlagi maxsus kesgich(pichoq) moslama yordamida maydalanadi va diffuzor — qayta ishlash moslamasiga solinib qaynagan suv bilan ishlanadi. Qand lavlagi tarkibidagi shakar va boshqa moddalar (rang beruvchi, oqsil, kislotalar) suvli eritmaga o'tadi.

2. Turli qo‘shimchalar va keraksiz moddalardan tozalash uchun diffuzordagi eritma “ohak suti” — Ca(OH)2 eritmasi bilan aralashtirilsa kam eruvchan moddalar hosii bo'lib, cho'kmaga tushadi, shakar esa eritmada ancha tozalanib, Ca ning saxarati (Ca ioni spirt gruppalari hisobiga birikadi) CaC12H20O11 2H2O holida bo'ladi.

3. Eritmadan ortiqcha Ca(OH)2 va shakar tarkibidagi Ca+2 — ionlarini chiqarib yuborish maqsadida eritma orqali CO2 — gazi o'tkaziladi, CaCO3 hosil bo'lib cho'kmaga tushadi:

CaC12H20O11 • 2H2O + CO2 kkm C12H22O11 + CaCO3 + H2O

4. Hosil bo'lgan cho'kma filtrlab ajratib olinadi. Eritma vakuum moslamasida bug'latiladi. Hosil bo'lgan shakar kristallari sentrifugalash usuli bilan ajratib olinadi.

5. Lekin bunda barcha saxarozani to'liq ajratib olib bo'lmaydi. Uning 50% qismi eritmada qolib ketadi. Bu eritma “melassa” deb aytiladi. Uni .qayta ishlab turli moddalar (limon kislota) olinadi.

  1. Ajratib olingan shakar moddasi sarg'ish rangli bo'ladi.
    Chunki uning tarkibida rang beruvchi qo'shimchalar qisman qolgan bo'ladi. Bu moddalardan shakami tozalash uchun qay- tadan eritiladi va eritma aktivlashtirilgan ko'mir (adsorbent) bilan qayta ishlanadi. Eritma qaytadan bug'latiladi va qayta kristallash usuli bilan toza shakar olinadi.
🏷️ Teglar: #Disaxaridlar – Saxaroza haqida #disaxaridlar formulasi #disaxaridlar misollar #disaxaridlar olinishi va xossalari #disaxaridlar tuzilishi #disaxaridlar xossalari