Ammiakning formulasi

Ammiak (vodorod nitridi , ammiak) - azot va vodoroddan tashkil topgan kimyoviy birikmadir. Ammiakning formulalsi quydagicha yoziladi NH3. U normal sharoitda o'tkir hidli va rangsiz gaz hisoblanadi.
| Ammiak |
|---|
| ← Magniy | Fosfor → |
| o'tkir xarakterli hid bilan rangsiz gaz hisoblanadi |
| Kimyoviy formulasi——————-→ NH3 |
| Moylar massasi ——————-→ 17.0306 (g/mol) |
| Ionlanish energiyasi ——————-→10.18 ± 0.01 eV |
| Termodinamik faza ——————-→ gaz |
| Zichlik ( n.sh. da ) ——————-→ 0.7723 g / sm³ |
| Erish harorati ——————-→ -77,73 °C |
| Qaynatish harorati ——————-→ -33,34 °C |
H
: N: H
H
Ko'rinib turibdiki, azotdagi to'rtla elektronlar juftidan uchtasi umumiy (bog'lovchi) va bittasi bo'linmagan (bog'lovchi emas). NH3 molekulasining tuzilishi piramida shaklida bo'ladi. Kimyoviy bog'lanish qutbli: musbat zaryad vodorod atomlarida, manfiy zaryad - azot atomida to'plangan. Shu tufayli ammiak molekulalari orasida vodorod bog'lanish hosil bo'ladi.
Bosim oshirilganda yoki ammiak sovitilganda u osonlik bilan rangsiz suyuqlikka aylanadi (qaynash temperaturasi −33,4 °C). Ammiak suvda juda yaxshi eriydi (20 °C da 1 hajm suvda 700 hajm NH3 eriydi).
Ammiakning suvdagi eritmasi ammiakli suv yoki navshadil spirit deyiladi. Qaynatilganda erigan ammiak eritmadan uchib chiqib ketadi.
Ammiak kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlaridan biri bo'lib , uning yillik global ishlab chiqarish hajmi 180 million tonnadan oshadi.
Ammiak kimyoviy xossalari
Ammiakning suvda ko'p eruvchanligiga sabab uning molekulalari orasida vodorod bog'lanishlar hosil bo'lishidir:
Lekin ammiakning bunday gidratlari bilan bir qatorda qisman ammoniy ionlari va gidroksid-ionlar ham hosil bo'ladi
Gidroksid ionlar boriigi sababli ammiakli suv kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo'ladi. Gidroksid-ionlar NH4+ ionlari bilan o'zaro ta'sirlashganida yana vodorod bog'lanish bilan bog'langan NH3 va H20 molekulalari hosil bo'ladi, ya'ni reaksiya teskari yo'nalishda ketadi. Ammiakli suvda ammoniy ionlari va gidroksid-ionlar hosil bo'lishini ushbu tenglama bilan ifodalash mumkin:
NH3+H2O→NH3·H2↑NH4++OH-
Ammiakli suvda ammiakning eng ko'p qismi NH3 molekulalari holida bo'ladi, muvozanat ammiak hosil bo'lish tomoniga siljigan shu sababli bu suvdan ammiak hidi keladi. Shunga qaramay, ammiakning suvdagi eritmasini NH4OH formula bilan ifodalash odat bo'lib qolgan va u ammoniv gidroksid deyiladi, ammiaik eritmasining ishqoriy muhiti esa NH4OH molekulalarining dissotsilanish natijasi deb qaraladi:
NH4OH = NH4++OH-
Ammiakning suvdagi entmasida gidroksid-ionlarnmg konsentratsiyasi kichik bo'lganligi sababli ammoniy gidroksid kuchsiz asoslar qatoriga kiritiladi.
Shunday qilib, ammiakning suv bilan o'zaro ta'sir reaksiyasida ammiak molekulasiga suvdan proton birikadi, natijada amn kationi NH4+ va gidroksid ion OH- hosil bo'ladi. Ammoniy kationida to'rtta kovalent bog'lanish bor, ulardan bittasi donor-akseptorli mexanizm bo'yicha hosil bo'lgan .
Ammiakning muhim kimyoviy xossasi uning kislotalar bilan o'zaro ta'sirlaslnb. ammoniy tuzlarini hosil qilishidir. Bu holda ammiak molekulasiga kislolaning vodorod ioni birikib, tuz tarkibiga kiradigan ammoniy ionini hosil qiladi:
NH3+HCI=NH4CI, NH3+H3PO=NH4H2PO,
Keltirilgan misollardan ammiak uchun protonlar biriktirib olish rcaksiyalari xosdir. dcgan xulosa kclib chiqadi.
Ammiak kislorodda va oldindan qizdinlgan havoda yonib, azot hamda suv hosil qiladi:
4NH3+3O2=2N2+6H2O
Katalizator (masalan, platina, xrom (III) oksid) ishtirokida reaksiya azot (II) oksid va suv hosil bo'lisln bilan boradi:
4NH3+5O2=4NO+6H2O
Bu reaksiya ammiakning katalitik oksidlanishi deyiladi Ammiak - kuchli oksidlovchi.