📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Moddalar tarkibining doimiylik qonuni

Moddalar tarkibining doimiylik qonuni

Moddalar tarkibining doimiylik qonuni

Ilmiy izlanishlarda kimyoviy moddalarni ularning tuzilishiga ko'ra, molekular va nomolekular turlarga bo'lingan edi. Anorganik tabiatga ega boʻlgan moddalarning taxminan 5% nigina molekular tuzilishga ega. Ular qatoriga oddiy gazlar (nodir gazlar, H₂, N2, O2, galogenlar), oddiy sharoitda gaz holidagi yoki qaynash temperaturasi unchalik yuqori bo'lmagan molekular tuzilishga ega bo'lgan moddalar (suv, ammiak, uglerod (II) va uglerod (IV) oksidlar) va bosh qalarni kiritish mumkin. Bunday moddalar molekulalari tarkibidagi atomlar soni ko'p bo'lmaydi, ular molekulalari orasidagi bog'lanish juda zaif; boshqacha aytganda, molekulalar orasidagi bog' atomlar orasidagi kovalent bog' energiyasidan 10 martalar zaif bo'ladi. Bunday turkumdagi moddalarning tarkibi ularning olinish usuliga bog'liq emas, ularning tarkibi doimiydir.

Anorganik moddalarning deyarli 95% miqdori nomolekular turga taalluqli. Ko'pincha kristall holatdagi anorganik moddalar atom yoki ionlardan tuzilgan bo'lib, ularning tarkibi doimiy bo'lmaydigan holatlar ko'p uchraydi. Bunga kristall tuzilishning defekti (kamchiligi) sabab boʻladi.

Ko'pincha defekt ikki xil bo'ladi. Misol tariqasida tarkibida ikki xil atom (yoki ion) boʻlgan AB moddani olaylik. Struktura elementlari kristall hosil qilishda uch xil holatda bo'lishi mumkin.

Mavzuga doir maqolalar:

Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari

Moddalar massasining saqlanish qonuni

Tarkibning doimiylik qonuni

Avogadro qonuni haqida

Ekvivalentlar qonuni haqida

Ideal holatdagi kristall panjara tugunlarida atom (yoki ion)lar muntazam tartibda joylashadi (a-holat). Real kristallarda esa ular tugunidagi zarrachalardan tashqari tugunlar oralig'ida qo'shimcha atomlar (ularning xili ahamiyatga ega emas) joylashgan (b-holat) yoki tugunlar atom yoki ionlar bilan ishg'ol etilmay qolgan holat (d-holat) yuzaga kelishi mumkin.

Tarkibi AB boʻlgan moddani kristall panjara tuzilishida buzilish turlari:

a-ideal tuzilishga ega bo'lgan modda panjarasi; b-stexiometriyaga nisbatan A zarrachani ko'proq tutgan modda panjarasi, d-stexiometriyaga nisbatan B zarrachani koʻproq tutgan modda panjarasi.

Bertollidlar va Daltonidlar

Stexiometrik qonuniyatdan chetlashishdagi miqdoriy farqlar katta bo'lmasligi sababli, kimyoviy tahlil natijalarini aniqlashda yo'l qo'yiladigan amaliy xatolar tufayli, uzoq vaqtlar davomida bunday birikmalar mavjud ekanligini aniqlashning iloji bo'lmagan.

Zamonaviy tekshirishlar asosida titan(II) oksidning tarkibi Ti0.8O, dan Ti1.2O gacha, mis(I) oksidning tarkibi Cu1.8O dan Cu2O gacha, titan(IV) oksidniki esa TiO1,46 dan TiO1.56 gacha, temir(ll) oksidniki Fe0.95O gacha, uning sulfidiniki Fe1.1S gacha boʻlishi aniqlangan.

Shunday o'zgaruvchan tarkibli qattiq holatdagi moddalarning mavjudligi ularning xossalari, masalan, magnit xossalari, rangi, elektr tokining o'tkazuvchanligini tekshirish natijalari asosida aniqlandi. Bunday birik malar d-elementlarning oksidlari, gidridlari, karbidlari, nitridlari va sulfidlari orasida keng tarqalgan. Ular ko'pincha ravshan rangli, yarim o'tkazuvchan xossaga ega, ularda reaksion va katalitik xususiyatlar doimiy tarkibga ega boʻlgan moddalarnikiga qaraganda ustun ekanligi aniqlangan.

O'zgaruvchan tarkibli moddalarni molekular moddalardan farq qilish uchun N.S. Kurnakov taklifiga ko'ra bertollidlar deb, molekular tabiatli (ya'ni turg'un tarkibli) moddalar daltonidlar deb ataladigan boʻldi.

🏷️ Teglar: #Kimyo fanining asosiy qonunlari #Kimyogar olimlar haqida #kimyoni o'rganish #Massa saqlanish qonuni #Moddalar tarkibining doimiylik qonuni