Metall bog'lanish haqida malumot

Metall bog'lanish
Metallarning tashqi valent qobig'idagi elektronlar soni deyarli 3 tadan ortmaydi va bunday elektronlar atom yadrosi bilan juda zaif bog'langan.
Metallarga xos bo'lgan asosiy xususiyatlar — issiqlikni yaxshi o'tkazish, yuqori elektr o'tkazuvchanlik, har bir metall atomi atrofida joylashadigan qo‘shnilar soni (koordinatsion son) ko‘p (8 dan 12 gacha) bo'lishi ulami boshqa turdagim oddalardan farqini va tashqi valent pog‘onasidagi elektronlarning o‘z yadrolaridan oson uzoqlashishi natijasi ekanligini aks ettiradi.
Metall bog'lanish mexanizmi
Elektronlarning juda harakatchan holatda bo'lishga qobiliyatli ekanligiga metall parchasini quyosh nuri bilan yoritilganda fotoeffekt hodisasi yuz berishi orqali ishonch hosil qilish mumkin. Elektronlari nisbatan zaif bog'langan metall atomi musbat ion holiga o‘tadi va bunday ionlar kristall panjara tugunlarida joylashadi; ular oralig'idagi elektronlar erkin elektronlar «buluti» yoki «elektron gazi» ni hosil qiladi.

Metallarning kristall panjaralari turg‘un bo'lishi, musbat zaryadli ionlar va manfiy zaryadli elektronlarning tortishuvi natijasidir. Bir elektron ko‘p miqdordagi ionga teng kuch bilan tortishuvi natijasida elektron-yadro orasidagi bog'anish energiyasi oddiy kovalent yoki elektrostatik bog'larga nisbatan ancha zaif bo'ladi.
Miqdorlari bir-biriga teng bo'lgan harakatchan elektronlar bilan musbat zaryadlangan metall ionlari orasidagi tortishuv kuchlari hisobiga paydo bo'lgan bog‘ni metall bog‘lanish deb ataladi.
Metall bog' xossalari
Metallarning elektr o'kazuvchanligi yuqori bo'lishi elektronlarning erkin harakati tufaylidir.
Metall ionlari joylashgan ayrim tekisliklar bir-biriga nisbatan siljish imkoniyati ularning cho‘ziluvchan, bolg‘alanuvchan va ishlov berishga qulayligiga sababchi bo'ladi. Ko‘pchilik metallarning suyuqlanish temperaturasi past: Hg — 40°, Cs — 29°, К — 64°, Na — 98°, Sn — 232°, Pb — 328°, Al — 660°, Ba — 727°, Ca - 842°, A g - 962°, Cu - 8950C bo'ladi (bunday metallardan kristall panjara tuzilishi bilan keskin farq qiladigan metallarning suyuqlanish temperaturalari ham keskin farq qiladi Mo - 2620°, Re -3 1 9 0 °, W - 2287°C larga yetadi).