📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Kimyoviy formulalar haqida

Kimyoviy formulalar haqida

Kimyoviy formulalar

Kimyoviy moddalarning xossalarini tavsiflash maqsadida ularning for mulalaridan keng foydalaniladi. Kimyoda ko'p uchraydigan formulalar turlarini eslatib o'tamiz.

Empirik formula

1. Empirik formulalar moddaning element analizi natijasi asosida olingan ma'lumotlardan hisoblab topiladi. Bunday formuladagi atomlar soni, ularning o'zaro nisbatlari umumiy ko'paytuvchisi bo'lmagan butun sonlar orqali ifodalanadi. Masalan, eng sodda empirik formula C2H2, asetilen va benzolga mos keladi. Lekin, analiz qilingan moddaning xossalari va molekular massasi asosida uning molekular formulasini keltirib chiqarish mumkin.

Molekular formula

2. Molekular (kimyoviy) formula molekuladagi atomlar sonini aks ettiradi, lekin uning atomlari orasidagi bog'lanishni aks ettirmaydi. Masalan, H2SO4, C2H4O2, NaCl va boshqalar. Osh tuzi tarkibidagi natriy ioni o'zining atrofidagi 6 ta xlordan birortasi bilan bevosita bog'lanmagan. Uning formulasini NaCl ko'rinishida yozish moddaning molekular massasiga to'g'ri keladi, kristaldagi kation va anionlar miqdorining o'zaro nisbatlari 1:1 ga teng ekanligini to'g'ri aks ettiradi.

Grafik formula

3. Grafik formula molekuladagi atomlar orasida bog'lanish hosil qilishda qatnashgan elektron juftlarning har birini valent chiziqlar orqali ifodalash vositasidir. Bunday formulalar atomlar orasidagi bog'larni aks ettiradi, lekin molekulalarning geometrik shaklini, undagi atomlarning fazoviy holatlarini aks ettirmaydi. (H--CL)

Elektron formula

4. Elektron formula molekuladagi atomlar har birining tashqi valent
pog'onasidagi bog'lovchi (yadrolar oralig'ida taqsimlangan) va taqsimlanmagan elektronlari aks ettirgan tuzilish formulaga o'xshash ko'rinishga ega. (H:Cl)

Molekular struktur formula

5. Molekular struktur formula molekuladagi atomlar orasidagi masofalar, valent burchaklarning kattaligi haqidagi ma'lumotlarni aks ettiradi.

Kimyoviy ma'lumotlar manbalarida har qanday moddalar formulalari grafik ko'rinishda yoziladi, bunday formulalar o'quvchiga moddalarning kimyoviy xossalari haqida ma'lumot beradi. Shu bilan birga formulalarni shunday tarzda ifodalashda o'quvchilarning elementlar valentligini tushunish va undan to'la foydalanish imkoniyati ortadi.

Molekulalarning grafik va tuzilish formulalari orasida farq bor, ularning har birini o'z o'rnida qo'llash kerak. Ikki xil moddami olida bu farqni aniqlab olamiz.



Osh tuzi, kaliy xlorid kabi ion tabiatli moddalarda molekula yo'q, ularda kation va anionlar ma'lum miqdordagi teskari zaryadli ionlar bilan qurshalgan ion kristall panjara hosil qiladi. Osh tuzini NaCl tarzida yozish ionlarning molekuladagi holatini aks ettirmaydi, bu yozuv tuzilish formulasi emas. Bunday vaziyat boshqa ion tabiatli molekulalar (metall oksidlari, gidroksidlari, tuzlar)da ham kuzatiladi. Ko'pincha aluminiy oksidini O-Al-0-Al-O ko'rinishda yoziladi, haqiqatda bunday yaxlit molekula yo'q, modda ionlardan tashkil topgan. Ba'zi moddalar, hatto bug' holatda ham molekulalar holida bo'lishini inkor etib bo'lmaydi, lekin anorganik moddalarning ionli yoki metall kristall panjaralar hosil qiladigan birikmalarida ayrim olingan molekulalar yo'q, ulardagi markaziy atom atrofida joylashgan (koordina tsiyalangan) atom yoki jonlar bilan bir xil darajada ta'sirlashib turadi. Shu asosda koordinatsion son tushunchasi kelib chiqqan. Aluminiy oksidida metall atomi atrofida 6 ta kislorod atomi joylashgan (koordinatsion son 6 ga teng), har bir kislorod atomi atrofida 4 ta aluminiy atomi joylashgan. Kristall holatda bu modda tarkibi AlO6, oktaedrlari bilan va OAl4, tetraedrlaridan iborat. Al2O3, faqat molekuladagi elementlarning stexiometrik nisbatlarinigina aks ettiradi.

Molekular tabiatli moddalarning tuzilish formulalari molekular kristall panjara tugunlarida kovalent yoki qutbli bog'ga ega bo'lgan molekulalardagi atomlarning ma'lum tartibda joylashganini aks ettiradi. Bunday moddalar molekulalari erkin holatda ham, kristall panjarada ham o'z holatlarini saqlab qoladi.

🏷️ Teglar: #Elektron formula #Empirik formula #Grafik formula #kimyoni o'rganish #Kimyoviy formulalar haqida #Molekular formula #Molekular struktur formula