📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Sopolimerlanish reaksiyalari

Sopolimerlanish reaksiyalari

Sopolimerlanish reaksiyalari muhim xossalarga ega bo'lgan yangi polimer moddalar olish uchun imkoniyat beradi. Polimer­lanish reaksiyasiga alohida holda kirishmaydigan monomerlar ham (masalan, malein angidrid) sopolimerlanish reaksiyasiga kirishadi.
Misol tariqasida xlorvinil CH2=CHCl va vinilatsetat CH2=CHOCOCH3 ning sopolimerlanishidan vinilit nomli sopolimer olinadi:

Sopolimerlanish reaksiyalari

Payvand sopolitnerlar. Payvandlangan sopolimerlar olishda bir polimer zanjiriga boshqa bir polimer zanjiri yon tomonidan payvandlanadi. Buni umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:

Payvand sopolitnerlar

Masalan, yuqori molekulyar polietilen (A) plyonkasi yuzasigapolistirol (B) ning yon butoqlarini payvandlab, xossalari o‘zgargan polimer olish mumkin. Hosil bodganvangi polimerda yuqori temperaturaga va γ-nurlari ta’siriga chidamlilikxossalari kuzatiladi. Yon zanjirlar sonini va uzunligini о ‘zgartirish уо ‘li bilan polimerlaming xossalarini turlicha о ‘zgartirish mumkin.

Ba’zan polimerlaming sinishini kamaytirish va egiluvchanligini oshirish maqsadida bir polimer ikkinchisiga payvandlanadi. Polistirol va polivinilxlorid qattiq va tez sinadigan materiallardir. Ammo ulami payvandlash natijasida egiluvchan va zarbga chidamli polimer olish mumkin. Shuni aytib o‘tishjoizki, polimer materiallaming chidamliligini bir necha o‘n barobar oshirish uchun ularga juda oz miqdorda boshqa monomemi payvandlash kifoyadir.

Blok sopolimerlar. Blok sopolimerlar hosil bo'lishida, masalan, A va В monomerlaming har qaysisi bir necha marotabatakrorlanadi. Bu umurniy tarzda quyidagicha ifodalanadi:

А—А—А—А—А—В—В—В—B—A—A—A—A—
—В—В—В—В—А—А—А—А—А—В—В—В—B—

🏷️ Teglar: #Blok sopolimerlar #organik kimyo #Payvand sopolitnerlar #Sopolimerlanish haqida #Sopolimerlanish nima #Sopolimerlanish reaksiyalari