📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Reaksiya tezligiga konsentratsiya ta'siri

Reaksiya tezligiga konsentratsiya ta'siri

Reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog‘liqligi

Moddalar orasida reaksiya sodir bo'lishi uchun ularning zarrachalari o‘zaro to‘qnashuvi zarur, shundagina ularning biri ikkinchi turdagi moddalar atomlarining elektr maydonlari ta’siriga duchor bo'lishi kerak.
Faqat shunday vaziyatdagina elektronlaming yangi holatga olishi yangi moddalar hosil bo'lishi amalga oshadi. Shu sababli kimyoviy reaksiya tezligi zarrachalarning o'zaro to'qnashuvi soniga proporsional bo'ladi, degan xulosaga kelish to‘glri bo'ladi.

Bunday to‘qnashuvlar soni har bir modda konsentratsiyasiga, aniqrog'i moddalar kоnsentratsiyalarining ko'paytmasiga to‘g‘ri proporsional bo'lishi 1867-yilda ta‘sir etuvchi massalar qonunini kashf etishga olib keldi:

Doimiy temperaturada kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyalari ko‘paytmasiga to'g'ri proportsional bo'ladi.

Tenglamasi аА + Ь В - c C + dD bo‘lgan reaksiyaning tezlik ifodasi v = k[A]a[B]b bo‘ladi.

k — reaksiyaning tezlik konstantasi, reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tabiatiga va temperaturaga bog'liq. Reaksiya tenglam asidagi moddalarning stexiometrik koeffitsientlari tezlik ifodasidagi moddalar konsentratsiyalarining darajalariga aylanadi. Agar reaksiyada qattiq modda qatnashsa, vaqt davomida uning konsentratsiyasi deyarli o'zgarmaydi va shu sababli uning qiymati tezlik ifodasiga kirmaydi. Masalan, grafitning yonish reaksiyasi C(k)+ O2(g)= CO2(g) uchun tezlik ifodasi v = k [O2] bo'ladi.

Shunga ko'ra, kimyoviy reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog'liqligi gazlar va eritmalarda sodir bo'ladigan reaksiyalar bilan cheklanadi. Reaksiyada qatnashuvchi moddalar konsentratsiyalarining ko‘paytmasi birga teng bo'lganda, reaksiyaning tezligi uning konstantasi qiymatiga teng bo'ladi. Odatda, turli reaksiyalarning tezliklarini taqqoslash uchun ularning tezliklari o‘rniga tezlik konstantalaridan foydalanish qulay bo'ladi.

Shu sababli, yagona molekula ishtirok etgan reaksiya tezligi k = Δc/Δτ ifodasi ko'pgina hollarda konsentratsiya va vaqt o‘zgarishining hosilasi orqali ifodalangan formula k = dc/dτ - qo'lanadi.(Δc/Δτ ning hosilasi Δt cheksiz kichik qiymatiga intilgan vaziyatni anglatadi). Bu ifodani ma’lum vaqt davomida modda konsentratsiyasi C0 dan С gacha o‘zgarishini ifodalovchi munosabat ko‘rinishida yoziladi: C = C0e-kτ yoki ln(C/C0) = -kτ. Bu ifodada τ → H bo'lganda С → О ga intiladi.

🏷️ Teglar: #kimyoni o'rganish #reaksiya tezligi konstantasi #Reaksiya tezligiga konsentratsiya ta'siri #Reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog‘liqligi