📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Kimyoviy reaksiya tezligi haqida

Kimyoviy reaksiya tezligi haqida

Kimyoviy reaksiya tezligi nima

Kimyoviy jarayonlarning sodir bo'lishi yoki bo‘lmasligi reaksiyada qatnashuvchi moddalaming bir-biriga bo‘lgan kimyoviy mosligiga bog'liq. Har qanday reaksiyaning sodir bo'lishi uchun ma’lum sharoitlar yaratilishi kerak.

Masalan, Н2(g) + 0,5O2(g) = H2O(g), ΔH = —241,84 kJ reaksiya uy sharoitida bir necha yillar davomida oz miqdorda bo‘lsa ham, amalga oshishini aniqlab bo'lmaydi. Shu reaksiyaning 500 °C dan yuqorida reaksiya tezligi sezilarli boladi, 700 °C dan yuqorida yoki uchqun ta’sirida portlash bilan juda qisqa vaqt davomida tugaydi. Bu reaksiyaning entalpiya qiymati katta bo'lishi H2O ning H2 + O2, aralashmasiga qaraganda turg‘un ekanligini bildiradi. Bu reaksiyaga har tomonlama teskari xususiyatga ega bo'lgan

NO(k) + 0,5O2(g) = NO2(g), ΔH = -3 3 ,8 9 kJ

jarayon uchun hech qanday qo‘shimcha sharoit yaratish kerak emas, u o‘z-o ‘zidan sodir bo'ladi, lekin mahsulot turg‘unligi boshlang'ich moddalarnikidan kam bo'lishi, reaksiya entalpiyasi qiymatidan va ishorasidan ko‘rinib turibdi.

Reaksiyalaming borish qonuniyatlarini bilgan holda jarayonni boshqarish imkoniyatlariga ega bo'lish va reaksiya tezligiga ta’sir qiluvchi omillardan to‘g‘ri foydalana bilish kimyogarlar uchun muhim imkoniyatlardan biri bo'ladi.

Kimyoviy reaksiya tezligi

Kimyoviy reaksiya tezligi, ma'lum vaqt davomida hajm birligida (gomogen reaksiyalar uchun) yoki fazalar chegarasida (geterogen reaksiyalar uchun) sodir bo'lgan kimyoviy jarayon tezligi bilan о‘lchanadi. Ko‘pincha, kimyoviy reaksiya
tezligini o'lchash uchun vaqt birligida reaksiyaga kirishgan yoki unda hosil bo'lgan moddalardan birining konsentratsiyasini o‘zgarishi qayd etiladi. Ba’zi hollarda, reaksiya tezligi haqidagi ma’lumotni reaksiya sodir bo'layotgan sistema­ning biror xususiyati (bosimi, rangning ravshanligi yoki elektr o'tkazuvchanligi)ni o'lchash ham kifoya qiladi.

Reaksiya davomida hajm o‘zgarmas (izoxorik) sistemalar uchun τ1, va τ2 vaqtlar oralig‘ida reaksiyada qatnashuvchi moddalardan birining konsentratsiyasi C1 bilan C2 oralig‘ida o‘zgargan bo‘lsa, shu vaqt oralig‘ida o‘lchangan reaksiya tezligini quyidagicha ifodalanadi:

\[{V} = {{(C_2 – C_1)}\over {(τ_2 – τ_1)}} = ±{∆C\over ∆τ}\]

Bu ifodadagi «+» va «—» ishoralar modda konsentratsiyasi ning ortib borishi (mahsulotlar uchun) yoki boshlang‘ich moddalardan birining konsentratsiyasi kamayib borishini anglatadi.
Bu formuladagi konsentratsiya o‘zgarishini o'lchash oralig‘idagi vaqt farqi qancha qisqa bo‘lsa, hisoblangan tezlik qiymati reaksiyaning haqiqiy tezligiga yaqin bo'ladi.

https://cheminfo.uz/kimyoviy-kinetika-va-muvozanat/
🏷️ Teglar: #kimyoni o'rganish #Kimyoviy reaksiya tezligi haqida #kimyoviy reaksiya tezligi qoidasi