Reaksiya tezligiga bosimning tasiri

Reaksiya tezligiga bosimning ta’siri
Gomogen gaz sistemalarda reaksiya tezligi sistemadagi bosim o‘zganshiga sezilarli bo'ladi. O'quvchilarga gaz qonunlaridan PV=Const ekanligi ma’lum. Agar biz reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillardan biri — konsentratsiya va hajm orasidagi nisbatning С = 1/V ( С — molyar konsentratsiya, V — sistema hajmi) PV= Constdan РV= 1 va undan V = 1/P bo‘ladi; unda С = P, ya’ni gaz sistemadagi bosim ortishi moddalar konsentratsiyasining ham ortishiga olib keladi.
Shu sababli, massalar ta’siri qonunidagi omillarning biri — konsentratsiya ta’sirini gaz sistemasidagi bosim bilan almashtirish o‘rinli bo‘ladi. Ammiak sintezi reaksiyasidag v = k[N2][H2]3 o‘rniga V = k•[PN2 • PH2]3 ni yozish mumkin.
Kimyoviy reaksiyalar tezligini tadqiqot etish natijasida murakkab reaksiyalaming mexanizmlarini aniqlash mumkin bo‘ladi. Bu muhim xossani bilgan holda kimyoviy jarayonlarni boshqarish imkoniyatlariga ega bo‘lamiz.