📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Polikondensatlanish reaksiyalari

Polikondensatlanish reaksiyalari

Polimer moddalar olishda ayrim kichik molekulyar massali uchuvchan moddalar, masalan, suv, ammiak, HCl ajralib chiqishi natijasida polikondensatlanish reaksiyasi ketadi. Ko‘p marta takrorlangan kondensatlanish reaksiyasi polikondensatlanish deb ataladi. Kichik molekulyar massali moddalar ajralib chiqishi natijasida kimyoviy tarkib o‘zgaradi. Dastlabki monomer va hosil bo‘lgan polimerning tarkibi bir xil bo'luvchi odatdagi polimerlanish reaksiyalaridan polikondensatlanish reaksiyasining farqi ham ana shunda.

Polikondensatlanish jarayoniga fenol C6H5OH va formaldegid CH2O orasida boradigan reaksiyani misol qilib keltirish mumkin:

Polikondensatlanish jarayoniga fenol C6H5OH va formaldegid CH2O orasida boradigan reaksiya

Hosil bo'lgan fenolospirt, fenol va formaldegid bilan yana o'zaro ta’sirlashadi:

 fenolospirt, fenol va formaldegid bilan yana o'zaro ta’sirlashadi

Polikondensatlanish jarayonining keyingi bosqichlarida novolak smolasi hosil bo'ladi:

Polikondensatlanish reaksiyalari

Bu reaksiya kislotali muhitda sodir bo'ladi. Novolak smolasi yuqori temperaturada yumshaydi va sovitilganda qotadi, ammo bunda kimyoviy o'zgarishlar sodir bo'lmaydi. Bunday smolalar termoplastik smolalar deb ataladi.

Fenol va formaldegidning ishqoriy muhitdagi polikondensatlanishi natijasida rezol smolalar hosil bo'ladi. Rezol smolalar yuqori temperaturada kimyoviy o'zgarishga uchraydi. Bunda rezol smolalar uch o'lchamli tuzilishga ega bo'lib qoladi va qizdirganda yumshash xossasini yo'qotadi. Bu smolalar termoreaktiv smolalar deyiladi.

Fenolformaldegid smolalar keng ko'lamda ishlatiladi, ulardan fenoplastlar deb ataluvchi plastmassalar olinadi, elim va laklar olish uchun ishlatiladi.

🏷️ Teglar: #Polikondensatlanish reaksiyalari #polikondensatlanish reaksiyasi #polikondensatlanish turlari #Поликонденсатланиш реаксиялари