Klechkovskiy qoidasi haqida

Klechkovskiy qoidasi
Energetik pog‘onachalarning elektronlar bilan to‘lib borish tartibi bosh va orbital kvant sonlar yig‘indisi orqali ifodalanadi.
Elektron pog‘onachalarning elektronlar bilan to‘lib borish ketma-ketligi ularning bosh va orbital kvant sonlar yig ‘indisi (n+l) qiymati ortib borish tartibida bo‘ladi.
Agar bir necha pog'onacha uchun n va l qiymatlari yig‘indisi bir xil bo'lsa, bunday pog‘onachalar chegarasida elektronlar joylashishi bosh kvant sonining ortib borish tartibida bo'ladi.
Klechkovskiy qoidasiga ko‘ra qtiyidagi 6 ta energetik pog‘onaning pog'onachalarida n+l qiymatining o‘zgarib borishini aks ettiramiz:
| Pog‘ona va pog‘ona- chalar | 1s | 2s | 2p | 3s | 3p | 3d | 4s | 4p | 4d | 4f | 5s | 5p | 5d | 5f | 5g | 6s | 6p | 6d | 6f | 6g | 6h |
| (n +l) | 1 | 2 | 3 | 3 | 4 | 5 | 4 | 5 | 6 | 7 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 |
Pog‘onachalarda elektronlarning joylashish tartibi quyidagicha bo‘ladi (7-pog‘onani ham hisobga olgan holda):
1s 2s 2p 3s 3p 4s 3d 4p 5s 4d 5p 6s 4f 5d 6p 7s 5f 6d . .
Energetik pog‘onachalari to‘lib borish qatorining grafik ko‘rinishi rasmda aks ettirilgan.
Yuqorida keltirilgan qatorda 3d-pog‘onachadan oldin 4s-pog‘onacha elektronga to'lib borishi kerak va bunday vaziyatni 5s-, 6s- va 7s- pog‘onachalar ham takrorlaydi.
Klechkovskiy qoidasi jadvalda
| Davrlar | Pog'onachalar | Qobiqchalardagi orbilallar soni | Eleklronlarning maksimal soni Ne=2n3 |
| I | 1s | 1 | 2 |
| II | 2s, 2p | 1+3 | 8 |
| III | 3s, 3p | 1+3 | 8 |
| IV | 4s, 3d, 4p | 1+5+3 | 18 |
| V | 5s, 4d, 5p | 1 + 5+3 | I8 |
| VI | 6s, 4f, 5d, 6p | 1+7+5+3 | 32 |
| VII | 7s, 5f, 6d, 7p | 1+7+5+3 | Tugallanmagan davr |
Bu qatordan har bir davrni tashkil etuvchi elementlardagi elektron qobiqchalar tarkibi ko‘rinib turadi.
Keltirilgan davrlar tarkibiga kiruvchi pog‘onachalar davriy sistema strukturasini belgilaydi. 1-davrga o‘xshash boshqa o‘ta kichik davr sistemada yo‘q; 2- va 3-davrlar to‘rtta orbitalli bo‘lib, ularda ko‘pi bilan 8 tadan elektron joylashishi mumkin va bu jihatdan
ular o ‘zaro o‘xshash, ular kichik davrlar qatoriga kiradi.
4- va 5-davrlarda pog‘onachalar soni bir xil b o ‘lib, ular katta davrlar hisoblanadi, ulardagi elektronlar soni 18 tadan
bo‘ladi.
Qolgan 6- va 7- davrlar strukturasi haqidagi ma’lumotlarni yuqorida keltirilgan jadvaldan topish mumkin.
Elektron orbitallarida (s, px, py, pz va shularga o ‘xshashlarda) elektronlar joylashish tartibini Pauli prinsipi, ularning qobiqchalarda joylashish tartibini Klechkovskiy qoidasi, har bir ko‘p holatli pog‘onachalar (p-, d- va f- pog‘onachalari nazarda tutiladi)- ning o ‘zida joylashish tartibini Gund qoidasi asosida amalga oshirish kerak.
